Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Skrining – (ing. – saralash) maxsus usullar yordamida kasallikni erta va tez aniqlash uchun aholini ommaviy tekshirishdan o‘tkazish. Infratuzilma



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə16/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Skrining – (ing. – saralash) maxsus usullar yordamida kasallikni erta va tez aniqlash uchun aholini ommaviy tekshirishdan o‘tkazish.
Infratuzilma – ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat qiladigan turli-tuman yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi sohalar majmui.
Savol va topshiriqlar:
1. 2017-yil mamlakatimizda valuta sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?
2. O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlari va mulkdorlar sinfining shakllanishi borasida davlat tomonidan amalga oshirilgan siyosatga baho bering.
3. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga oid islohotlardagi muvaffaqiyatlar va muammolar nimalardan iborat?
4. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida transport tizimi, temir yo‘llar va havo yo‘llarining ahamiyati haqida fikr bildiring.
5. Iqtisodiy taraqqiyotda xorij investitsiyasini jalb etish siyosatining ahamiyatini tushuntiring.
6. Erkin iqtisodiy zona deganda nimani tushunasiz?
7. “Bolalarni asraylik” tashkiloti reytingida O‘zbekiston qanday o‘ringa ega bo‘ldi?
8. Internet ma’lumotlaridan foydalangan holda bugungi kunda turarjoylarning qanday turlari mavjudligini ayting.
9. Keksalarni qadrlash borasida 2017-yilning o‘zida amalga oshirilgan 3 ta asosiy tadbirni sanab bering.

6-MAVZU: O’ZBEKISTONDA ETNIK VA KONFESSIYALARARO MUNOSABATLAR
REJA:
1. O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabatlar.
2. Islom dini va diniy ta’limga e’tibor
Tayanch atama va iboralar :bag’rigenglik, tolerantlik, konfessiya.
Millatlararo totuvlik g‘oyasi. Millatlararo totuvlik g‘oyasi Yer yuzida yashayotgan barcha etnik guruhlarning teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va hamkorlik asosida tinch-totuv yashash g‘oyasidir. Millatlararo totuvlik g‘oyasi tinchlik va barqarorlik g‘oyasidir. U barcha millat va elatlarning tili, urf-odati, an’analari, bayramlari rivojlanishini talab etadi. Millatchilik, fashizm, milliy va etnik ko‘rinishdagi urushlarga qarshi turadigan yagona ma’rifi y g‘oyadir. Ayniqsa, bugun neofashizm bosh ko‘tarayotgan sivilizatsiyalararo to‘qnashuvlar sodir bo‘layotgan sharoitda millatlararo totuvlik g‘oyasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolari tashkil etadi» degan muhim qoida belgilab qo‘yilgan.
Bugun O‘zbekistonda 138 ta milliy-madaniy markazlar millatlararo totuvlik g‘oyasini hayotga tatbiq etmoqda.
Ruslarning “Maslennitsa”, tatarlarning “Sabanto‘y”, uyg‘urlarning “Sayil” bayramlari, xitoylarning “Chunuze” yangi yili, koreys-larning “Soller” va “Ovol – tano” bayramlari nishonlanmoqda. Har yili respublikamiz miqyosida “Biz yagona oila farzandlarimiz”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostidagi festivallar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar. O‘zbekiston hududida
o‘z madaniyati va o‘z an’analariga ega bo‘lgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi. Ular ham mamlakatning barcha fuqarolari qatori
bir xil huquq va majburiyatlarga ega.
Ko‘pmillatli mamlakat siyosatining asosiy maqsadi millatlararo totuvlik
va diniy bag‘rikenglikni shakllantirish bo‘lishi zarur. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq milliy siyosatning o‘ziga xos yo‘li ishlab chiqildiki, ayni shu siyosat milliy bag‘rikenglikning barqaror rivojlanishiga zamin yaratdi.
O‘zbekistonda yashovchi turli millat vakillarining madaniy ehtiyojlarini
qondirish uchun milliy-madaniy markazlar (MMM) faoliyat yuritadi.
Dastlabki milliy-madaniy markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, ar-
manlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989-yilda tashkil etilgan.
Bu markazlarning chinakam rivojlanishi va ravnaq topishi O‘zbekiston
mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. Bu davrda ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada ularning soni yil sayin ortib bordi.
Agar 1992-yilda 10 ta milliy-madaniy markazlar ish olib borgan bo‘lsa, hozirga kelib esa mamlakatda 138 ta milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat vakillarini respublika ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifi y hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash milliy- madaniy markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuningdek,
xorijiy mamlakatlardagi turdosh tashkilotlar bilan do‘stlik, hamkorlik,
madaniy-ma’rifi y aloqalar o‘rnatish va hamdo‘stlik aloqalarini rivojlantirish, turli davlat va jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar bilan hamkorlikda mamlakatda fuqarolar hamjihatligi va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga ko‘maklashish milliy madaniy markazlar, xususan, Respublika Baynalmilal madaniyat markazining asosiy vazifalaridir. 1992-yil tashkil etilgan Respublika Baynalmilal madaniyat markazi esa ushbu milliy madaniy markazlar faoliyatini muvofi qlashtirib, ularga tashkiliy va uslubiy yordam ko‘rsatib keldi.
Baynalmilal markaz tomonidan har yili ikki marta til bayrami o‘tkazilib kelinadi. Bular – YuNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasida (1999-yil) 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb e’lon qilingan va 2000-yildan 195 ta
a’zo davlatlarda nishonlanib kelinayotgan “Xalqaro ona tili kuni” hamda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun hisoblanadi. Ayni munosabat bilan har yili an’anaviy tarzda o‘zbek tili bo‘yicha notiqlik san’ati tanlovi tashkil etib kelinadi.
O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor. Tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi boshidan kechirgan og‘ir qatag‘on yillari va ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘p sitamlarga yuzma-yuz bo‘lgan koreyslar, nemislar, turklar, polyaklar, greklar, qrim-tatar va boshqa millat vakillari O‘zbekistonni Vatan tutdilar. Ularning hozirgi avlodlari uchun esa O‘zbekiston ona Vatanga aylandi. Chunki ular shu yerda tug‘ilib kamolga yetdilar, hayotda o‘z o‘rinlarini topdilar. O‘zbekistonda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadigan “Mus-taqillik” va “Navro‘z” bayramlari, 8-dekabr – Konstitutsiya qabul qilingan kun, 8-mart – Xotin-qizlar kuni, 9-may – Xotira va qadrlash kuni kabi bayram tadbirlarida turli millat va elat vakillari ham faol qatnashadilar.
Bugungi kunda ham millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi dunyoda eng dolzarb muammolardan biridir. Shu munosabat bilan YuNESKO 1995-yil Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa har yilning 16-noyabrini «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qildi.
Hozirgi O‘zbekiston hududida qadimdan Sharq ma’naviyatiga tayanib yashash, hamjihatlikka intilish, har tomonlama barkamollik oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, millatidan, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, yagona o‘lchov – insonni insonligi uchun ulug‘lash bosh mezon qilib olingan.
Bugungi kunda respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlarida turli millatga mansub talabalar tahsil oladi. Dunyoning kamdan-kam mamlakatlarida kuzatiladigan yana bir holat shuki, O‘zbekistonda ta’lim 7 tilda olib boriladi. Bular sirasiga o‘zbek va qoraqalpoq tillaridan tashqari rus, qozoq, turkman, tojik va qirg‘iz tillarini kiritish mumkin. Teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tillarda chop etilmoqda. Bu O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin