Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Sharqiy Yevropa mamlakatlarida demokratik inqiloblar va sotsialistik lagerning parchalanishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə41/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Sharqiy Yevropa mamlakatlarida demokratik inqiloblar va sotsialistik lagerning parchalanishi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning ag‘darilishi turlicha ko‘rinishda amalga oshi rildi. Qayta qurish davrida faol islohotlar olib borgan, mafkuraviy plyuralizmni o‘rnata olgan va rahbarlari o‘zgarishlarning muqarrarligini his qilgan mamlakatlarda sotsializmning qulashi ancha silliq kechdi.
Polshada aholining mamlakatdagi sotsialistik tuzumdan norozilik namoyishlari 1988-yildan boshlab kuchayib bordi va ular siyosiy islohotlarni, Lex Valensa boshchiligidagi «Birdam lik» kasaba uyushmasining erkin faoliyat yuritish huquqini talab qildi.
1989-yili bo‘lib o‘tgan saylovlar hukmron Polsha birlashgan ishchi partiyasining (PBIP) obro‘yi tushib ketganligi, ayni paytda, muxolifatdagi «Bir damlik» kasaba uyush m a sining ommala shib borayotganini ko‘rsatdi. Yangi tarkibdagi parlament konstitutsiyaga o‘zgarish kiritib, Polshani demokratik huquqiy davlat deb e’lon qildi. PBIP o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1990-yili navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida Lex Valensa g‘alaba qozondi.
Ruminiyada kommunistik rejimning qulashi jiddiy harbiy to‘qnashuv oqibatida yuz berdi. 1989-yil dekabrda Timishoara shahrida aholi ning N. Chaushesku rejimiga qarshi tinch namoyishi Ruminiya maxfiy xizmati xodimlari tomo nidan o‘qqa tutilishi mamlakat bo‘ylab qo‘zg‘olonning boshlanishiga olib keldi. Armiya qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tdi. Bir necha ming kishilik olomon tank qismlari yordamida Davlat kengashini qamal qildi. Qo‘zg‘olon N. Chaushesku va uning rafiqasini sud qilish, sudning hukmiga ko‘ra otib tashlash jarayoni bilan tugadi. Qo‘zg‘olonda mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Hokimiyat qo‘zg‘olon kunlari tashkil qilingan Milliy qutqarish fronti qo‘liga o‘tdi. Qo‘mita raisi bo‘lgan Ion Iliyesku 1990-yilgi saylovlarda mamlakat prezidenti etib saylandi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng muhim voqealardan biri Germaniyaning birlashishi bo‘ldi. 1980-yillar oxirida Germaniya Demo kratik Respublikasida ijtimoy-iqtiso diy va siyosiy inqiroz avj olib, 1989-yil noyabrda ikki nemis davlatini ajratib turgan Berlin devorining qulashiga olib keldi. Bu amalda ikki Ger maniya o‘rtasidagi chegaraning ochilishi edi. 1990-yil sentabr oyida Moskvada ikki nemis
davlatini bitta – Germaniya Federativ Respublikasiga birlashtirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Asosan tinch yo‘l bilan amalga oshirilgan demokratik inqiloblar natijasida Sharqiy Yevropa davlatlari rivojlanishning iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishi qilib Yevropa Ittifoqini tanladi. Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik davlatlari NATOga a’zo bo‘ldi.
Bozor iqtisodiga jadal o‘tish bir qator jiddiy muammolarni keltirib chiqar di. Inflatsiya darajasi va ishsizlikning oshishi, turmush darajasining pasayishi, jamiyatning boylar va ko‘p sonli o‘ta kambag‘allarga ajralishi kuzatildi. Natijada, islohotlar uchun javobgar bo‘lgan hukumatlarni aholi qo‘llamay qo‘ydi. Polshada ijtimoiy muhitning o‘zgarishi natijasida 1990-yillarning eng mashhur siyosatchilaridan biri Lex Valensa pre zi dentlik saylovlarida mag‘lu biyatga uchradi.
Kuchli mafkuraviy bo simga qaramasdan, so‘llar Litvada, keyinchalik Albaniyada hokimiyatga keldi.
O‘zgarishlar boshqa Yevropa mamlakat lari dagiga nisbatan Yugoslaviyada biroz murakkab kechdi. Oltita respublikadan tashkil topgan Yugoslaviya Federativ Respublikasida sotsialistik tuzumning qulashi millatchi va ayirmachi kuchlarning faollashuvi uchun imkoniyat yaratdi. Oqibatda 1991 – 1992-yillari Yugoslaviya davlati tarqalib ketdi.
Faqat Serbiya va Chernogoriya federatsiyada qoldi. Slo veniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina hamda Makedoniya mustaqil davlatlarga aylandi. Biroq, mustaqil davlatlarga ajralish etnik ziddiyatlarni kes kinlashtirib yubordi.
1990-yildan keyin Serbiyada musulmon-albanlar o‘zlarining «Kosovo Respublikasi»ni e’lon qildi. Bu Serbiya bilan qurolli mojaroga olib keldi va unga NATO aralashdi. 1999-yili NATO qo‘shinlari Yugos laviyani bom bar dimon qildi. Mojaro Yevropa miqyosidagi inqirozga aylandi.
Yana bir og‘ir vaziyat Bosniya va Gersegovinada vujudga keldi. Bu yerda serblar, xorvatlar va musulmonlar tarixan qo‘shni yashashgan. Shu sababli etnik farqqa diniy ziddiyat ham qo‘shildi. Bosniya va Gersegovinada milliy ziddiyatlar alohida keskin tus oldi. Aholining yarmini tashkil qilgan serblar Yugoslaviya tarkibidan chiqishni istamadi va o‘zlarining Bosniya serb res publikasini e’lon qildi. 1992 – 1994-yillari serblar, musulmonlar va xorvatlar o‘rtasida harbiy mojaro boshlanib ketdi va bu tinch aholi orasida ham ko‘plab qurbonlarga olib keldi. Bosniyadagi etnik mojarolarni bartaraf qilish uchun bu yerga BMT tinchliksevar kuchlari kiritildi va urush harakatlari to‘xtatildi.
2006-yili o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, Chernogoriya Serbiyadan
ajralib chiqdi. Yugoslaviya Respublikasi barham topdi.
Chexoslovakiya milliy muammolarni hal qilishning tinch yo‘lini tanladi. 1992-yili o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, mamlakat aholisi bo‘linishga qaror qildi. Bo‘linish jarayoni jiddiy muhokama qilinib, puxta tayyorlandi. 1993-yil 1-yanvardan jahon xaritasida ikkita mustaqil davlat – Chexiya Respublikasi va Slovakiya Respublikasi paydo bo‘ldi.
Chexoslovakiyada milliy muammolarni hal qilish maqsadida 1992-yili referendum o‘tkazildi. 1999-yili NATO qo‘shinlari Yugoslaviyani bom bar dimon
qildi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida yuz bergan voqealar sezilarli xalqaro siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi. Bu mamlakatlarni endi G‘arbiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy va harbiy-siyosiy tashkilotlari – avvalo YI va NATO o‘ziga jalb qildi. Vengriya, Latviya, Litva, Estoniya, Polsha, Slove niya, Slovakiya va Chexiya, Ruminiya va Bolgariya YIga a’zo bo‘ldi. Bu mamlakatlarda demokratik an’analar
mavjud bo‘lganligi va G‘arbiy Yevropa bilan umumiy sivilizatsiyaga mansubligi ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida aholi yashash darajasining o‘sganligi jamiyatda demokratik islohotlarga ishonchni kuchaytirdi.
Ammo bu mamlakatlarning ko‘pchiligida ishsizlik ancha yuqori, bir qism aholi G‘arbiy Yevropaning rivojlangan davlatlariga chiqib, ish izlashga majbur bo‘lmoqda. Shunga qaramasdan, Markaziy va Sharqiy Yevropa G‘arbiy Yevropa bilan iqtisodiy va madaniy tenglik sari dadil qadam tashlamoqda. Bu davlatlarning eng katta muammolaridan biri jamiyatda korrupsiya darajasining yuqoriligi bo‘lib qolmoqda.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin