Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar


Demokratik jamiyatga o’tishning uchinchisi - evolyutsion yoki bosqichma-bosqich yo’l



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə33/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

3. Demokratik jamiyatga o’tishning uchinchisi - evolyutsion yoki bosqichma-bosqich yo’l hisoblanadi. Uning xarakterli xususiyati shundaki, mamlakatda amaldagi siyosiy hokimiyat tugatilib, uning o’rniga yangi hokimiyat vujudga kelishi bilan, eskini keskin, bir «zarb» bilan tugatmasdan, bosqichma-bosqich, vazminlik bilan tugatilib boriladi. Hatto, ularning ayrim imkoniyatlaridan ham foydalanib boriladi. Xuddi ana shu jarayonda iqtisodiy islohotlarni olib borishda va bu yo’nalishda yangi munosabatlar shakllantiriladi. Bu yo’lning o’ziga xosligi siyosiy va iqtisodiy hayotda o’tkazilayotgan islohotlar bilan hamohang ravishda ma’naviy-mahrifiy sohalarni ham yangi ehtiyojlar asosida rivojlantirilib borilishidir.
2-slayd

Demokratik jamiyatga o’tish yo’llarining shakllari
Xo’sh nima uchun asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tish zaruriyati tug’iladiq Agar asta-sekin o’tiladigan bo’lsa, uning klassik yo’ldan farqli tomoni nimadaq Unda ham asta-sekinlik bilan demokratik jamiyatga o’tilgan-kuq Albatta, evolyutsion yo’lning klassik (anhanaviy) yo’ldan farqli tomonlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:


Birinchidan, klassik yo’lda demokratik qadriyatlar mavjud jamiyat ichida yuzaga keladi. Bunda faoliyat ko’rsatayotgan tuzumning taraqqiy qilishi, mulk egalarining oddiy xalqning ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilib boriladi. Uning o’ziga xos xususiyati, har ikki tomonning ham manfaatdorligidadir. Bunday sharoitda demokratik qadriyatlar taraqqiyotning ijtimoiy-siyosiy munosabatlarining «mahrifatlashib», xalq farovonligini ta’minlash omili bo’lib qoladi. Hozirgi davrda ko’pchilik mamlakatlar evolyutsion yo’l totalitarizm yoki diktaturalar xukmronligini barbod etilishining birdan-bir to’g’ri yo’l ekanligini tasdiqlamoqda. Ayniqsa, o’rtacha rivojlangan mamlakatlarning demokratiyaga o’tishi uchun xos bo’lgan bu yo’l mamlakatlar hayotida keskin o’zgarishlarni amalga oshirishning imkoniyatlari bo’lmaganligi bilan ham bog’liqdir.

Ikkinchidan, klassik o’tish yo’lida aholining dunyoqarashi o’zgarib borishini taqozo qilgan bo’lsa, totalitarizm – ommaning ongini to’laligicha o’z manfaatlariga bo’ysundirgan jamiyat bo’lganligi uchun ham uni bir «zarb» bilan demokratiyaga «moslashtirish» nihoyatda murakkab edi. CHunki ongni o’zgartirish qisqa vaqtda amalga oshadigan jarayon emas, u jamiyat hayotida bo’ladigan o’zgarishlarga mos ravishda sodir bo’ladi.
Ayniqsa, bu jarayon sanoat ishlab chiqarishi kam taraqqiy qilgan agrar sektor yetakchilik qiladigan mamlakatlarda asta-sekinlik bilan amalga oshishi ham umumqonuniyatdir. CHunki bunday mamlakatlarda aholining siyosiy madaniyati keskin o’zgartirishlar ehtiyojlaridan orqada qolgan bo’ladi.



Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin