Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə30/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

Demokratik jamiyatda esa, eng avvalo siyosiy tuzum tubdan o’zgarib, xalqning hokimiyati bevosita yoki bilvosita ishtirokida boshqaruvi amalga oshadi va omma davlat uchun emas, aksincha davlat omma uchun, degan tamoyilning ustuvorligi asosida davlat boshqaruvi amalga oshadi.
SHu mahnoda ham demokratik jamiyatga o’tish jarayoni davlatlarning barcha sohalarida tub o’zgarish ishlarining amalga oshirilishi natijasi sifatida sodir bo’ladi.
Demokratik jamiyatga o’tishda siyosiy sohada, davlatning amaldagi mexanizmlari tugatiladi. Uning o’rniga qurilayotgan jamiyat manfaatlariga javob beraoladigan mexanizmlari shakllantirilib boriladi. Iqtisodiy sohada esa, bozor munosabatlari qaror topadi. Taraqqiyotda ommaning o’z moddiy manfaatdorligini erkin qondira olishi asosida umumiy iqtisodiy rivojlanish sodir bo’ladi. Ma’naviy-mahrifiy sohada, inson omili, uning qadr-qimmati yuksak qadriyat darajasiga ko’tariladi. SHunday jarayonlar tufayli jamiyatning yuksak intelektual kuch asosida rivojlanishi reallikka aylanadi.
SHuning uchun ham bugungi kunda dunyo mamlakatlarining demokratik jamiyatga o’z ideali sifatida qaramoqda. Uni vujudga keltirish uchun faollik ko’rsatmoqda. Ammo demokratik jamiyatga o’tishning barcha mamlakatlar uchun yagona bo’lgan aniq andozalari, yana ham aniqrog’i «model»lari yo’q va u bo’lishi ham mumkin emas. CHunki har bir mamlakat na faqat o’zining tuzilishi, iqtisodiy taraqqiyot darajalari, imkoniyatlari, intelektual imkoniyatlaridan biri ikkinchisidan farqlanadi, balki o’z xalqining mentaliteti, turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlari bilan ham bir-biridan ajralib turadi. Ularni hech qachon bir qolipga solib bo’lmaydi. Unga harakat qilish nafaqat hech qanday samara beribgina qolmasdan, balki og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tarixiy tajriba tasdiqlagan. SHuning bilan birga demokratik jamiyatga o’tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan qonuniyatlari ham mavjud. Jumladan: 1) siyosiy tizimni isloh qilish, 2) bozor munosabatlarini shakllantirish, 3) insonning o’z ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish, 4) jamiyat taraqqiyotida yuksak intellektual salohiyat ustuvorligini ta’minlash va boshqa bir qator qonuniyatlar barcha demokratik jamiyat qurishga intilayotgan mamlakatlar uchun umumiy hisoblanadi. Ammo umumiy qonuniyatlar barcha mamlakatlarning o’ziga xosligini hisob olgan holda demokratik jamiyatga o’tishni inkor etmaydi. Aksincha, o’tish davrida mavjud bo’ladigan muammolarning mahno-mazmunini teran anglagan holda, ularni sobitqadamlik bilan hal qilish imkonini beradi.
2007 yilga kelib, o’tgan mustaqillikning 16 yili davomida demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini qurish jarayonlari va bozor islohotlarini chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash, ya’ni o’tish davri mamlakatimizda
2 muhim bosqichni o’z ichiga oladi:



Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin