Режа: O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar


- MAVZU. O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYaT QURISHNING MILLIY VA UMUMINSONIY DEMOKRATIK TAMOYILLARI



Yüklə 381,93 Kb.
səhifə38/70
tarix25.12.2023
ölçüsü381,93 Kb.
#194044
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Режа O’zbekiston zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastla-fayllar.org

5 - MAVZU. O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYaT QURISHNING MILLIY VA UMUMINSONIY DEMOKRATIK TAMOYILLARI

REJA:

1. DEMOKRATIK JAMIYATNING MILLIY, UMUMBASHARIY TAMOYILLARI VA QADRIYATLAR TUSHUNCHASI.

2. MILLIY TAMOYILLAR VA QADRIYATLARNING DEMOKRATIK JAMIYAT QURISHDA AKS ETISHI.

3. O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYAT BARPO ETISHDA MILLIY VA UMUMBASHARIY QADRIYATLARNING UYG’UNLASHUVI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI.
1. Demokratik jamiyatning milliy, umumbashariy tamoyillari

va qadriyatlar tushunchasi.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillari va qadriyatlarining metodologik asoslari, ilmiy va amaliy jihatlari Prezident I.A.Karimov asarlari, nutqlarida keng hamda chuqur yoritilgan. Ma’lumki, «tamoyil» tushunchasi - yo’nalish, rus tilida qo’llaniladigan «tendentsiya» so’zi esa, asli lotinchadan kelib chiqqan bo’lib, «tamoyil» atamasining muqobolidir. Prezident I.A.Karimov asarlarida “tamoyil” va “yo’nalish” so’zlari sinonim sifatida qo’llanib kelinmoqda. Agar bu so’zlarning mahnosiga ehtibor qaratilsa, ular jamiyatning turli jabhalarida ob’ektiv, takrorlanuvchan, ustuvor hodisa sifatida ko’zga tashlanadi. Demak, jamiyat hayotida “tamoyil” yoki “yo’nalish” ma’lum bir jarayondagi qonuniyatni o’zida aks ettiradi.
Yurboshimiz I. Karimo’v o’zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida shunday yozadi: “Biz xalqimizning dunyoda hеch kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma'naviy tarbiya masalasi, hеch shubhasiz, bеqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sеzgirligimizni, qat'iyat va mas'uliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z yoliga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’qrilgan va ulardan oziqlangan ma'naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chеtga chiqib qolishimiz mumkin.”10
Mustaqillik yillarida mamlakatimizning yetakchi olimlari tomonidan ijtimoiy-siyosiy fanlarida demokratiyaning milliy, umumbashariy tamoyillarini har bir xalqning qadriyatlari bilan uyg’unlashtirish va to’ldirish borasida bir muncha ishlar qilindi. SHunga qaramay, mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo etish jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi va namoyon bo’lish xususiyatlari jiddiy o’rganishni talab etadi. Vaholanki, demokratiyaning muhim umumjahon ehtirof etgan asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:
1) erkin va adolatli saylovlar;
2) ochiq va hisobot beruvchi hukumat;
3) inson huquqlarining ustuvorligi;
4) hokimiyat organlarining saylanib qo’yilishi;
5) so’z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi;
6) qonun ustuvorligi;
7) fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi;
8) tayinlash yo’li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylab qo’yiladigan organlar oldida hisob berish burchliligi;
9) ko’ppartiyaviylik tizimining mavjudligi;
10) umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o’tkazilishi;
11) mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi;
12) siyosiy muxolifatning ochiq faoliyat ko’rsatishi;
13) jamiyatda plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, rang-barangligini kafolat-lovchi qonunlarning mavjudligi hamda ularni amaliy hayotga joriy etish masalalari samarasining ortishi.
Ma’lumki, O’zbekiston xalqi o’z mustaqilligiga erishgach, Yer sharining ko’pchilik aholisi kabi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni barpo etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. Tabiiyki, bunday jamiyatni shakllantirishda, avvalambor, O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos milliy tamoyillarini jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan uyg’unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak.
Demokratik jamiyat qurish albatta milliy va umumbashariy tamoyillar asosida rivojlanib boradi. Bu uzviylik jarayoni 2 ta muxim jihat bilan belgilanadi. Demak:



Yüklə 381,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin