Jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik



Yüklə 343,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix05.05.2023
ölçüsü343,29 Kb.
#108251
növüПрезентация
  1   2   3   4   5   6   7
Презентация PowerPoint

3-mavzu: O'ZBEKISTONDA DEMOKRATIK 
JAMIYAT QURISHNING MILLIY VA 
UMUMINSONIY DEMOKRATIK 
TAMOYILLARI
Reja:
1. Demokratik tamoyillar va qadriyatlar.
2. Qadriyatlar va ularning jamiyat hayotidagi o'rni. Milliy qadriyatlar tushunchasi.
3. O'zbekistonda milliy qadriyatlarning tiklanishi va ularning demokratik jarayonlar
bilan uyg'unlashuvi.
4. Milliy, umumbashariy va demokratik qadriyatlar sintezi – demokratik jamiyat
qurish sharti sifatida.


Demokratik 
tamoyillar
va qadriyatlar
Hozirgi davrdagi zamonaviy nazariy qarashlarga muvofiq demokratiya – bu ma'lum davlat institutlari
to'plami mavjud bo'lishining o'zi emas. Demokratiya butun dunyo bo'ylab turli madaniy birliklar o'rtasida
turli shakllarda gavdalansa-da, u aniq va mavjud qadriyatlar, qarashlar va jarayonlar guruhiga tayangan
holda yashay oladi. Lekin, shu bilan birga, demokratiya amaliy hal qilishning bir xilligiga emas, balki bir
necha asosiy negiz bo'ladigan prinsiplarga tayanadi. Demokratiya o'ziga xos qadriyat-lar tizimi sifatida
milliy qadriyatlar bilan uyg'unlasha oladi.
Demokratiyaning asosiy xususiyatlari:
Demokratiya – bu hokimiyat va fuqarolik mas'uliyati barcha fuqarolarning to'g'ridan to'g'ri yoki
o'zlarining erkin saylagan vakillari vositasida amalga oshiradigan boshqarish tizimidir;
Demokratiya ko'pchilik hokimiyati va shaxsiy huquq prinsiplariga tayanadi. Demokratik davlat
markaziy hokimiyat organlari kuch-qudratining oshib ketishiga yo'l qo'ymaydi, barcha darajadagi
hokimiyatlarni fuqarolar uchun ochiqligini ta'minlash, barcha kishilar chtiyojlariga aks sado bera olishi
uchun mintaqaviy va mahalliy darajalardagi hokimiyatlarni nomarkazlashtiradi;


Demokratik davlat quyidagi mas'uliyat hissini doimo sezib turadi: fuqarolarning so'z erkinligi,
vijdon erkinligi, qonun asosida tcng himoyalanish huquqi, tashkilotlar tuzish imkoniyatiga ega
ekanligi, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida to'la qonli ishtirok etishi kabi
huquqlarini himoya qilish;
Demokratik davlat fuqarolar uchun ochiq bo'lgan, saylov huquqi beriladigan yoshga yetgan
fuqarolarning ovoz berishiga shart-sharoitlar yaratadi, shu maqsadda muntazam ravishda erkin va
adolatli saylovlarni o'tkazib boradi;
Demokratiya sharoitida fuqarolar nafaqat huquqlaiga ega bo'ladi, balki siyosiy tizimda ishtirok
etish burchini ham o'zida his etadi. Bu jarayonda ular o'z erkinliklari va huquqlarini himoya qiladi.
Demokratik jamiyat bag'rikenglik, hamkorlik va o'zaro murosasozlik qadriyatlariga berilgan
bo'ladi. Maxatma Gandi iborasi bilan aytganda, «murosasizlik o'zini o'zi jabrlashdan tashqari
chinakam demokratik ruhning shakllanishi uchun g'ovdir».
Shuningdek, barcha rivojlangan mamlakatlarda e'tirof etilgan demokratiyaning ustunlari mavjud 
bo'lib, ularning birortasi ishlamay qolsa, demokratiya mexanizmlarining barchasiga putur yetadi.



Yüklə 343,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin