Jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik


bildiradi. «Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O'zbekiston xalqi



Yüklə 343,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix05.05.2023
ölçüsü343,29 Kb.
#108251
növüПрезентация
1   2   3   4   5   6   7
bildiradi. «Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O'zbekiston xalqi
avloddan avlodga o'tib kelgan o'z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o'ziga xos
an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi». Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab milliy
qadriyatlarni tiklash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarildi. Bu sohadagi dolzarb
vazifalarni Prezident I.A.Karimov quyidagicha ifodalagan edi: «Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni
milliy o'zlikni anglashning o'sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga
qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz».


Markaziy Osiyo xalqlari o'z tarixiy taraqqiyoti jarayonida mintaqada yashagan barcha
xalqlarga mansub bo'lgan ularni birlashtirib turishga qobil bo'lgan milliy qadriyatlarni yaratdi:
tug'ilgan ota makon va ona yurtga ehtirom his-tuyg'ularining kuchli bo'lishi;
ajdodlarni xotirlash, ular qoldirgan qadriyatlarga sadoqat tuyg'ularining mavjudligi;
yoshi ulug', mo'ysafidlarning obro'-e'tiborini joyiga qo'yish, yoshlarga g'amxo'rlik qilish va
ularga izzat ko'rsatish;
insoniy muomala va munosabatlarda ma'naviy qadriyatlarga qat'iy amal qilish;
ajdodlardan meros bo'lib qolgan hayo, andisha, og'ir vazminlik, sabr-toqat kabi qadriyatlarni
saqlash, rivojlantirish va ularga amal qilish.
Demokratik qadriyatlarning rivojlanishi faqat zamonga emas, balki makon va kengliklar,
ulardagi taraqqiyot bosqichlariga ham bog'liqdir. Ular shakliyjihatdan muayyan kengliklarda
rivojlanadi. Masalan, ularning rivojlanishi uchun muayyan kengliklarga zarurat tug'iladi:
mahalliy;
milliy;
mintaqaviy.
Ularda shakllangan mahalliy, milliy va mintaqaviy qadriyatlar rivojlanib borgani sari
umuminsoniy ahamiyat kasb etib boradi.


O'zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan keng foydalanishdan tashqari
diniy qadriyatlarni tiklanishiga ham muhim ahamiyat berilmoqda. Chunki, aksariyat diniy
qadriyatlar milliy qadriyatlar sifatida namoyon bo'lishi tabiiy bir holdir. Milliy qadriyatlar ham,
diniy qadriyatlar ham fozil jamiyat qurishni, farovonlikni, komil insonni shakllantirishni, ijtimoiy
adolat o'matishni, tinchlikni, millatlararo ahillikni oliy qadriyatlar sifatida e'tirof etadi.
Demokratik qadriyatlaming shakllanishi bir necha pog'onalar va ularning o'zaro aloqadorligi,
o'zaro uyg'unlashuvi natijasida sodir bo'ladi. Tarixiy jarayonlar bu qadriyatlaming mahalliy, milliy,
mintaqaviy va umuminsoniy shakllarda namoyon bo'lishini ko'rsatdi.
Tarixiy rivojlanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, demokratik jamiyatni umuminsoniy va milliy
qadriyatlar uyg'unligisiz barpo etib bo'lmaydi. Umuminsoniy qadriyatlaming asosiy vazifasi olamni
bilish va uni amaliy o'zgartirishning muhim omili sifatida rivojlandi. Umuminsoniy va milliy
qadriyatlar uyg'unligi inson ma'naviy kamolatining eng muhim omili sifatida e'tirof etildi.

Document Outline

  • Слайд номер 1
  • Слайд номер 2
  • Слайд номер 3
  • Слайд номер
    Yüklə 343,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin