Jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik


nazardan orqaroqda bo'lsakda (bunga ko'pgina tarixiy obyektiv sabablar bor), ma'naviyat



Yüklə 343,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix05.05.2023
ölçüsü343,29 Kb.
#108251
növüПрезентация
1   2   3   4   5   6   7
nazardan orqaroqda bo'lsakda (bunga ko'pgina tarixiy obyektiv sabablar bor), ma'naviyat
nuqtayi nazaridan qaraganda ulkan g'urur bilan aytishimiz mumkin: buyuk ajdodlarimizdan
qolgan qadriyatlar va urf-odatlarga, nasl-nasabimiz va qonimizga singib ketgan buyuk
hayotbaxsh kuchga egamiz. Bu borada ustunligimiz butun ma'rifiy dunyoda e'tirof etilgan. Ana
shu qutlug' merosga munosib bo'lib yashash, bu beqiyos boylikni yanada boyitib rivojlantirish,
milliy o'zligimiz va umuminsoniy qadriyatlar asosida kelajak binosini barpo etish muqaddas
burchimizdir».


O'zbekistonda
milliy
qadriyatlaming
tiklanishi
va
ularni
demokratik
jarayonlar
bilan
uyg'unlashuvi
O'zbekistonda davlat mustaqilligi e'lon qilinganidan keyin islohotlar orqali kun tartibiga
demokratik jamiyat qurish masalasi qo'yildi. Mustaqillikning ilk davridan boshlab amalga oshirilgan
demokratik o'zgarishlar tabiiy ravishda milliy xarakterkasb eta boshladi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakat demokratik taraqqiyot yo'lini tanladi.
Bunda asosan, demokratik rivojlanish yo'lining faqat zamonaviyligi yoki boshqa jozibador jihatlari
uchun emas, balki bu yo'lning milliy manfaatlarga mosligi, ularning ifodalaganligi, demokratiyaga
erishish xalqimizning bir necha asrlardan buyon orzu-umidlari sifatida yashab kela- yotganligiga
muhim e'tibor berilgan edi. Lekin, rivojlangan mamlakatlardan demokratik turmush tarzini ko'chirib
olib, uni mamlakatdagi islohotlarda qo'llash kutilgan natijani bermasligi aniq edi. Chunki, demokratik
qadriyatlar va tamoyillar ma'lum bir mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyati, daviatchilik tarixi,
bozor iqtisodiyotiga o'tish darajasi, millatning mentaliteti, fuqarolarning siyosiy madaniyati darajasi
kabi qator omillarga bog'liq edi. Ayniqsa, g'arbdan o'zining dini, ma'naviyati va axloqiy me'yorlari
bilan ancha farq qiladigan Sharq olami uchun demokratik tamoyillar milliy xususiyatlar bilan
uyg'unlashgan tarzdagina muhim ahamiyat kasb etishi mumkin edi. Demokratik qadriyatlarni
o'zlashtirish g'arb uchun individualizm, ko'proq xususiy manfaatlarni qondirish, alohida olingan shaxs
dun- yoqarashi ustuvorligini ifodalash, shaxs erkinligini hayotda namoyon qilish uchun zarurat
sifatida ro'y bergan bo'lsa, Sharq uchun demokratiya ko'proq ma'naviy qadriyatlarni hayotda amal
qilishini ta'minlash, milliy an'analar va milliy meros asosida yashab kelayotgan jamiyatni milliy
qadriyatlar asosida moderni- /.atsiyalash uchun zarur edi.


Shuning uchun ham mamlakatda demokratik jamiyat qurish islohotlari milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni tiklash bilan uyg'un holda chuqurlashib bordi. Prezident I.A.Karimov 1992- yilda
o'zining «O’zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» asarida quyidagi vazifani qo'ygan edi:

Yüklə 343,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin