Rostlagichlarning sinflanishi. Rostlash usullari



Yüklə 59,79 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü59,79 Kb.
#201557
1   2   3   4   5
6 maruza

Rostlanuvchi miqdorning o`zgarishi va rostlovchi ta’sir urtasidagi bog’lanish (yeki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifnomasiga ko`ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial (oldindan ta’sir etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo`ladi.


Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga bo`linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi.
Programmali rostlagichlar maxsus programmali topshiriq bergich yerdamida rostlanuvchi miqdorning vaqt bo`yicha avvaldan ma’lum bo`lgan programma (qonun) bo`yicha o`zgarishini ta’minlaydi. Bu programma texnologik reglament talablariga muvofik tuzilgan bo`ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi miqdorning vaqt bo`yicha o`zgarishi rostlagich topshiriq bergichga bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o`zgarishiga mos bo`ladi.Proporsional rostlagichlar

Proporsional rostlagichlar deganda rostlovchi organning rostlanuvchi parametri va topshirilgan miqdor orasidagi farkka nisbatan proporsional siljishi tushuniladi. Rostlanuvchi parametrning vaqt bo`yicha o`zgarishi va rostlovchi organning silji-shi bir qonun bo`yicha amalga oshadi. Rostlanuvchi parametrning har bir miqdoriga rostlovchi organning ma’lum bir holatiga mos keladi.

1. –rasm. Avvaldan ta’sir rostlagichi sxemasi – PF-2.1


Тaqqoslash elementi 1 ning R1 chiqish bosim o‘tkazuvchanligi  bo‘lgan drosselli summator 2 ning rostlanuvchi drosseli orqali taqqoslash elementi 3 ning a kamerasiga boradi, xuddi shu kameraga o‘tkazuvchanligi  bo‘lgan drosselli summator 2 ning o‘zgarmas drosseli orqali Rchiq=RIV chiqish bosimi ham keladi. Тaqqoslash elementi 3 ning chiqish bosimi quvvat kuchaytirgichi yordamida kuchaytiriladi hamda ikkinchi taqqoslash elementi bilan manfiy teskari aloqada bo‘ladi. Sistemada hosil bo‘ladigan avtotebranishlarni yo‘qotish maqsadida taqqoslash elementi 3 ga ikkita teskari aloqa kiritilgan: V kameraga manfiy va B kameraga musbat. Sistema muvozanati buzilgan hollarda ro‘y beradigan avtotebranishlar musbat teskari aloqa yo‘liga o‘rnatilgan o‘zgarmas drossel bilan to‘xtatiladi. Qo‘l bilan boshqarishga o‘tish maqsadida rostlagichni uzish uchun o‘chiruvchi rele 5 dan foydalaniladi. PR2.5 rostlagich PV10.1E, PV10.1P, PV10.2E, PV.2P, PV3.2 tipidagi ikkilamchi asboblar bilan birgalikda ishlaydi.

Yüklə 59,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin