Qobiliyatlar to`g`risida umumiy tushunchani vujudga keltirish uchun ularga aloqador omillar, tarkiblar bo`yicha ayrim ma`lumotlar kel-tirish maqsadga muvofiq: a) qobiliyatlar shaxsning psixologik xu-susiyatlari ekanligi; b) mazkur xususiyatlarga bilim, ko`nikma, ma-laka orttirish bog`liq; v) ushbu xususiyatlarning o`zi bilim, ko`nikma va malakalarga taallukli emasdir. Yuqoridagi voqeliklarning tah-lilidan kelib chiqilganida, tovarga berilgan baho, tanlovlardagi muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ishtirok etishga asoslanib, shaxslarning qobiliyatlari yuzasidan qat`iy qarorga kelinishi mum-kin edi. Psixologik tadqiqotlarning ko`rsatishicha, oliy ta`lim jarayonida o`zlashtirish ko`rsatkichi bo`yicha «o`rtamiyona» talaba ke-yinchalik ijobiy tomonga o`zgarishi, boshqa soha (tarmoq)da yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga yondosh ixtisoslikda o`zini ko`rsatishi mumkin. Ta`lim va ijtimoiy turmushda uquvsiz, «yaroqsiz» deb baholangan insonlar keyinchalik biron-bir sohaning yetakchi mutaxassisi sifatida elga tanilishi, yuqori lavozim egalla-shi, tadbirkor shaxs sifatida kamol topishi hodisasi tajribada ko`p uchraydi.
Shuning uchun bilim, ko`nikma va malakalarni egallash (o`zlashtirish) jarayonida qobiliyatlar namoyon bo`lsa-da, lekin ular bilim, ko`nikma, malakalarga bevosita taallukli emasdir. Xuddi shu boisdan, ular bir-biri bilan o`zaro munosabat va nisbatan nuqgai nazardan tahlil qilinganida qobiliyatlar bilan bilimlar, qobili-yatlar bilan ko`nikmalar mohiyat, mazmun, ma`no jihatidan bir-bi-Ridan tafovut qiladi. Ushbu psixologik hodisa obrazliroq qilib tushuntirilganida, bilim ko`nikma, malaka mashkdanish tufayli egal-laniladigan aniq voqelik deb tasavvur qilinsa, qobiliyatlar shaxs-ning ruhiy olamidagi hali ro`yobga chiqmagan imkoniyatidir. Masa-lan, talabaning o`qishga kirishi u mutaxassis sifatida kasbiy kamo-lot uchun imkoniyattarzida gavdalanishi kabi (uning intilishi, obyek-tiv va subyektiv muhit, salomatligi va boshqalar), shaxsning qobi-liyatlari kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarni egallash uchun im-koniyat tariqasida namoyon bo`ladi. Kasbiy bilim va ko`nikmalar egal-landimi yoki yo`qmi, imkoniyat ro`yobga chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida qolib ketdimi — bularning barchasi ko`pgina omillarga va sharoitlarga bog`liqdir. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar (oila, maktab, mehnat jamoasi a`zolari, jamoatchilik) shaxsning u yoki bu bilim hamda ko`nikmalarni egallashga manfaatdorligi, o`qish, o`rga-tishga munosabati, ularni tashkil qilish va mustahkamlashga nisba-tan mas`uliyat his qilish kabilarning barchasi — imkoniyatning ro`yobga chiqarish, uning voqelikka aylantirishning kafolatidir