Shaxs egallashi shart hisoblangan faoliyat, u xohta`lim, xoh meh-nat, xoh o`yin, xoh sport bo`lishidan qat`i nazar, uning bilish jara-yonlariga, aqliy xislatlariga, hissiy-irodaviy jabhalariga, senso-motor sohasiga, xarakterologik xususiyatlariga muayyan talablar qo`yadi va ularning hamkorlikdagi sa`y-harakati tufayli muvaffaqiyatlar-ga erishiladi. Psixologik ma`lumotlarga qaraganda, insondagi yuk-sak ko`rsatkichga erishgan sifat harchand ustuvorlikka ega bo`lmasin, u talablarni qondirish imkoniyatiga ega bo`lmaydi. Ayrim hollarda alohida namoyon bo`lgan psixik xususiyat (xislat) faoliyatining yuk-sak mahsuldorligi va samaradorligini ta`minlash qurbiga ega, u qobiliyatlar uddalay oladigan imkoniyat bilan bab-baravar kuch quv-vat tariqasida vujudga keladi, degan faraz o`zini oqlamaydi. Shu-ning uchun qobiliyatlar murakkab tuzilishga ega bo`lgan psixik si-fatlar (xislatlar) majmuasidir deyish juda o`rinlidir.
Qobiliyatlar sifatida ro`yobga chiqadigan psixik xislatlar maj-muasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgi-langanligi tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o`ziga xos tarzda qo`yilishi turgan gap. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib o`tamiz:
matematik qobiliyat: matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish-amallar-ni kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o`rtasida aloqa o`rnatish, to`g`ri va teskari fikr yuritishdan yengil o`tishlik, masala yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilar;
Talantning ijtimoiy-tarixiy, tabiiy nuqtai nazardan talqini Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Talant (yunoncha 1a1ap1op - qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat degan ma`no anglatadi) muayyan faoliyatning muvaf-faqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini ta`minlaydigan qobi-liyat hamda iste`dodlar majmuasidan (yig`indisidan) iborat indi-vidual xususiyatdir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha ta`rif berishiga qaramay, ularda asosiy belgilar ta`kidlab o`tiladi, chu-nonchi, shaxsga qandaydir murakkab mehnat faoliyatining muvaffa-qiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasiga talant deyiladi. Talantning asosiy belgi-lari: a) muvaffaqiyatni ta`minlash; b) faoliyatni mustaqil baja-rish; v) originallik unsurining mavjudligi; g) qobiliyat hamda is-te`dodlar yig`indisidan iborat ekanligi; d) individual-psixolo-gik xislatligi; ye) ijtimoiy turmushni o`zgartiruvchi, yaratuvchi im-koniyatligi kabilar.