Samarqand davlat tibbiyot universiteti


Печать maydonida quyidagilar amalga oshiriladi: Сетка



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə16/56
tarix26.09.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#149058
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Укув кулланма 2023 Лицие

Печать maydonida quyidagilar amalga oshiriladi:
Сеткаbelgi qoyilsa, u holda yacheykalar orasida to`rlar hosil qilinadi, aks holda to`rlar chop hosil qilinmaydi;
Черно-белая – belgi qo`yilsa, ishlatilayotgan printer rangsizligini ko`rsatish lozim;
Черновая – chop qilishni tezlashtirish uchun ish kitobini to`rlarsiz va grafik ob’ektlarsiz chop qilish;
Заголовки строк и столбцов – belgi qo`yilsa, u holda chop qilishga satr va ustunlar raqamlarini kiritish kerak;
Asosiy e’tiborni Последовательность вывода страниц almashtirgichga qaratish lozim. Gap shundaki, ish kitobining bir varag`iga bir necha sahifa joylashishi mumkin. Bu sahifalarning chegaralari ingichka kesik chiziqlar yordamida ajratilgan bo`ladi. Chop qilishda katta ish jadvallarini Вниз, а затем вправо - “Past va o`ng” yoki Вправо, а затем вниз – “O`ng va past” qoidalariga binoan bo`laklarga bo`lgan holda chop qilish mumkin.
Jadvalning tashkil etuvchilarini formatlash
Jadvalni qulay va ko`rkam qilish uchun uning elementlarini formatlash kerak bo`ladi.
Shriftni o`zgartirish

Shriftlarni sozlashda katakdagi barcha berilganlarning, ya’ni matn va sonlarning shrifti va ularning o`lchamlari o`zgaradi. Shriftni o`zgartirish uchun Форматирование uskunalar panelidan ochiluvchi [Шрифт] ro`yxatida joylashgan biror shriftni tanlash mumkin. Yoki menyular satridan Формат bo`limining Шрифт buyrug`ini ishga tushurish lozim. Shriftni o`zgatririshda avvalo, kerakli katakni ajratib olish lozim. Agar ishchi varag`i to`liq ajratilgan bo`lsa, u holda shriftni o`zgartirish undagi barcha kataklarga ta’sir qiladi. Agar hech qanday katak ajratilmagan bo`lsa, u holda faol katak shrifti o`zgaradi.
Shrift o`lchamini o`zgartirish

Xuddi shu yo`l bilan shrift o`lchamini o`zgartirish mumkin. Lekin buning uchun Форматирование uskunalar panelidan ochiluvchi [Размер] ro`yxatida joylashgan biror o`lcham tanlanadi. Yoki menyular satridan Формат bo`limining Шрифт buyrug`ini ishga tushurilib, hosil bo`lgan muloqot oynaning [Размер] satridan kerakli o`lcham tanlanadi.
Tekislash
Kataklarda joylashgan ma’lumotlarni katakning chapida, o`ngida va markazida joylashtirish mumkin.
Odatda Excel dasturida sonlar katakning o`ng cheti bo`yicha, matnlar esa chap cheti bo`yicha tekislanadi. Bunday holatni o`zgartirish ham mumkin. Buning uchun kerakli kataklar ajratiladi va Форматирование uskunalar panelida joylashgan quyidagi tugmalardan keraklisi:
[По левому краю] – katakdagi berilganlarni katakning chap cheti bo`yicha tekislash;
[По центру] – katakdagi berilganlarni katakning markaziga joylash;
[По правому краю] – katakdagi berilganlarni katakning o`ng cheti bo`yicha tekislash.
Bundan tashqari, matnni yoki ma’lumotni bir necha kataklarning markaziga joylash ham mumkin. Shu yo`l bilan jadvalning sarlavhasini hosil qilish mumkin. Buning uchun kerakli kataklar ajratilib Форматирование uskunalar panelidagi [Объединить и поместить в центре] tugmasi bosiladi.
Jadvalda ajratish chiziqlarini qo`yish

Odatda jadvalda ajratish chiziqlari bo`lmaydi (katak chegaralari). Jadvalni qulay va o`qishga oson qilish uchun bu chegaralarni, ya’ni ramkalar qo`yish lozim. Buning uchun Форматирование uskunalar panelidan [Границы] tugmasidan foydalaniladi. Bu tugma bosilganda, unda 12 ta piktogramma hosil bo`ladi. Belgilangan katak yoki kataklar guruhini “ramka” ga olish (chegaralash) uchun mos piktogrammani bosish lozim.

Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin