Samarqand davlat tibbiyot universiteti



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə4/56
tarix26.09.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#149058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Укув кулланма 2023 Лицие

MS EXCEL dasturi
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo`lib, u WINDOWS OT boshqaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli electron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo`ljallangan amaliy dasturdir.
Excel da tayyorlangan har bir hujjat ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excel da, odatda, bunday fayl “Ish kitobi” deb yuritiladi.
Excel ning asosiy ish sohasi – bu “Ish kitobi” bo`lib, u bir yoki bir necha ish varag`idan iborat. Ish varag`ida hisobchi kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo`ladi. Excel ning hisobchi kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o`zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.
Excel electron jadvali 16384 qator va 256 ustundan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida electron jadvalning asosiy tarkibiy elementi – yacheyka (katakcha) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish ham mumkin.
Jadvalning tanlangan yacheykasiga o`tish uchun aniq manzil ko`rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan, A1, B6, AA4, ZD5 kabi ko`rsatiladi.
MS Excel ni yuklash va ishini yakunlash
Excel dasturi Windows OT standart dasturlaridanbiri hisoblanib, uni yuklash va ishini yakunlash ham standart holda amalga oshiriladi.
Excel ni yuklash
Excel ni yuklash uchun masalalar panelidagi [Пуск] tugmasi bosiladi, hosil bo`lgan menyudan Программы bandiga kelinadi, so`ngra hosil bo`lgan ikkilamchi menyudan Microsoft Office tanlanadi, undan hosil bo`lgan menyudan esa Microsoft Excel tanlanib sichqonchaning chap tugmasi bir marta bosiladi yoki [Enter] tugmasi bosiladi. Yoki agar ishchi stolida dasturning piktogrammasi mavjud bo`lsa, o`shni ishga tushirish ham mumkin (1.1-rasm). Dastur yuklanishi bilan ekranda Excel ning bo`sh ishchi kitobi hosil bo`ladi.




Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin