Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


O„zbekistonlik tadbirkor ayollarni dunyo tanisin, ular tomonidan



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94
oila

O„zbekistonlik tadbirkor ayollarni dunyo tanisin, ular tomonidan 
ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarga xavas qilsin! Zero, bugungi 
o‗zbek ayollarida nimaiki ezgu ishga qo‗l ursa ohiriga etkazib, ijobiy 
natijani bera oladigan darajada To‗marisning shijoati, Nodirabegim 
matonati, Zulfiyaning sadoqati kabi qon-qoniga singib ketgan tarixiy 
meros bor, har bir ilg‗or g‗oyasini qo‗llab-quvvatlovchi, imkoniyatlar 
eshigini keng ochib beruvchi adolatli davlat rahbari bor. Bu bizni eng 
katta yutug‗imiz hisoblanadi. 
YUqoridagilarni inobatga olgan holda, ayollar tadbirkorligini 
rivojlantirish 
sohasida 
kelgusidagi 
asosiy 
vazifalarimiz 
quyidagilardan iborat: 
Birinchidan, respublikamizda ayollar tadbirkorligining bugungi 
holatini tahlil qilish, muammolarni aniqlash, ularni hal qilish 
imkoniyatlarini o‗rganish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‗yicha 
taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda mutasaddi tashkilotlarga taqdim 
etish; 
Ikkinchidan, respublikamizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish 
bo‗yicha faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlari 
tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha hamda dasturlarni monitoring 
qilish, baholash tizimini samaradorligini o‗lchash uchun aniq 
ko‗rsatkichlar ishlab chiqish; 
Uchinchidan, davlat va jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat 
tashkilotlari bilan birgalikda ayollarni ijtimoiy – iqtisodiy qo‗llab-
quvvatlash, ayollar o‗rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda 
bandlikni ta‘minlash muammolarini hal etishga qaratilgan istiqbolli 
rejalar ishlab chiqish; 
To„rtinchidan, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchi 
qizlarini, shuningdek uyushmagan ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb 
etish bo‗yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
Beshinchidan, ayol tadbirkorlar o‗rtasida o‗zaro amaliy-ijodiy 
hamkorlik muhiti, o‗zaro tajriba almashish va hamkorlikda faoliyat olib 
borishda bir-biriga ko‗maklashish uchun shart-sharoitlar yaratib berish, 
ularni ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish, xalqaro darajada tajriba 
almashish yo‗nalishida birlashtirish. 


232 
- xotin-qizlarning tafakkur tarzida tub o‗zgarishlarni vujudga 
keltirish, yaratilayotgan iqtisodiy imkoniyatlardan oqilona foydalangan 
holda tadbirkorlikni erkin rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqa 
olish qobiliyatini shakllantirish
- ayol kishi – tabiatning ―nozik xilqati‖ naqli bilan cheklanib 
qolmasdan, uning shaxsiy imkoniyatlariga ishonch tuyg‗usini berish, 
ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishda rag‗batlantirish; 
- xotin-qizlarning sharqona fazilatlarini bozor iqtisodiyotining 
bugungi qonuniyatlari bilan uyg‗unlanlashtirish; 
- mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarga 
shaxsiy daxldorlik kayfiyatini rivojlantirish. 
Shuningdek, ularni kengroq fikrlashga, yaratuvchanlik qobiliyatini 
oshirishga, mamlakat ishlab chiqarish sohasida faol ishtirokini 
ta‘minlashga erisha olsak, o‗ylaymizki, mamlakatda birorta ham ijtimoiy 
himoyaga ehtiyojmand ayolni qolmaslikka erishishdek oliy maqsadimiz 
yo‗lida to‗g‗ri faoliyat olib borayotgan bo‗lamiz. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin