Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
oila

Vertikal mobillik – ijtimoiy stratifikasiya tizimi iyerarxiyasida 
yuqoriga va pastga qarab siljish. 
Gender – erkaklar va ayollar uchun xos hisoblangan jihatlarni xklq-
atvordan kutish. 
Globallashuv – dunyodagi turli odailar, mintaqalar va mamlakatlar 
o‗rtasidagi o‗zaro bog‘liqlikning o‗sishi. 


244 
Gipoteza (yun. hypothesis – asos) – o‗rganilayotgan hodisaning 
sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim 
shakli. 
Gorizontal mobillik – individlarning mamlakat ichkarisidagi bir 
mintaqadan ikkinchisiga yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatgao‗tishi. 
Davlat – muayyan hududda boshqaruvni amalga oshiradigan
huquqlari va kuch ishlatish imkoniyati qonuniy mustahkamlangan siyosiy 
apparat. 
Dasturlangan so„rov – savol beruvchi tadqiqotchi va javob beruvchi 
tadqiq qilinuvchi o‗rtasida tartibga solingan, dastur asosidagi intervyu yoki 
anketali so‗rov turi. 
Dasturlanmagan so„rov – taklif etilgan mavzu bo‗yicha suhbat, 
og‘zaki yoki yozma bayonnoma shaklida kishilarning fikrini, nuqtai-
nazarini, o‗yini, etiqod va qarashlarini o‗rganuvchi metod. 
Demokratiya – fuqarolarga siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida 
ishtirok etish va boshqaruv organlariga o‗z vakillarini saylash imkonini 
beradigan siyosiy tizim. 
Deviasiya – guruh yoki jamiyatdagi ko‗pchilik tomonidan qabul 
qilingan me‘yorlar va qadriyatlargi bo‗ysunmaydigan xulq-atvor shakllari. 
Din – muayyan hamjamiyat a‘zolarining e‘tiqodi bo‗lib, o‗z ichigv 
sig‘inish va ehtirom bilan qaraladigan timsollar, shuningdek, marosimlarni 
qamrab oladi. 
Jamiyat – muayyan hududda istiqomat qiluvchi, yagona siyosiy 
hokimiyatga itoat qiladigan va o‗zlarini boshqa qo‗shni guruhlardan 
farqlaydigan odamlar guruhi. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin