244
Gipoteza (
yun. hypothesis – asos) – o‗rganilayotgan hodisaning
sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli
taxmin tarzidagi bilim
shakli.
Gorizontal mobillik – individlarning mamlakat ichkarisidagi bir
mintaqadan ikkinchisiga yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatgao‗tishi.
Davlat – muayyan hududda
boshqaruvni amalga oshiradigan,
huquqlari va kuch ishlatish imkoniyati qonuniy mustahkamlangan siyosiy
apparat.
Dasturlangan so„rov – savol beruvchi tadqiqotchi va javob beruvchi
tadqiq qilinuvchi o‗rtasida tartibga solingan, dastur asosidagi intervyu yoki
anketali so‗rov turi.
Dasturlanmagan so„rov – taklif etilgan mavzu bo‗yicha suhbat,
og‘zaki yoki yozma bayonnoma
shaklida kishilarning fikrini, nuqtai-
nazarini, o‗yini, etiqod va qarashlarini o‗rganuvchi metod.
Demokratiya – fuqarolarga siyosiy qarorlar
qabul qilish jarayonida
ishtirok etish va boshqaruv organlariga o‗z vakillarini saylash imkonini
beradigan siyosiy tizim.
Deviasiya – guruh yoki jamiyatdagi ko‗pchilik
tomonidan qabul
qilingan me‘yorlar va qadriyatlargi bo‗ysunmaydigan xulq-atvor shakllari.
Din – muayyan hamjamiyat a‘zolarining e‘tiqodi bo‗lib, o‗z ichigv
sig‘inish va ehtirom bilan qaraladigan timsollar, shuningdek, marosimlarni
qamrab oladi.
Jamiyat – muayyan
hududda istiqomat qiluvchi, yagona siyosiy
hokimiyatga itoat qiladigan va o‗zlarini boshqa qo‗shni
guruhlardan
farqlaydigan odamlar guruhi.
Dostları ilə paylaş: