246
Ijtimoiy stratifikasiya – moddiy va boshqa ne‘matlarga erishish
imkoniyati bilan bog‘liq bo‗lgan jamiyatdagi guruhlar o‗rtasidagi
tuzilmalashgan tengsizlikning mavjudligi.
Ijtimoiy fikr – taraqqiyotning
turli muammolari, xususiyatlari
to‗g‘risida turli xil ijtimoiy guruh yoki qatlamlarga
mansub kishilarning
munosabatini o‗rganish natijasida hosil qilingan tasavvurlar yig‘indisi.
Ijtimoiy o„zgarishlar – ijtimoiy guruh yoki jamiyatning tayanch
tuzilmalaridagi o‗zgarishlar.
Ijtimoiy qatlam – ijtimoiy jihatdan bir xil bo‗lmagan,
jamiyatda
alohida ijtimoiy guruhlar, ularning belgilanishi, sinfiy bo‗linish ifodasi.
Ijtimoiy harakat – ijtimoiy o‗zgarishlarni amalga oshirish yoki
to‗sqinlik qilish uchun jalb etilgan odamlarning katta guruhi.
Ijtimoiylashuv – individning ijtimoiy me‘yorlar
va qadriyatlarni
o‗zlashtirish jarayoni bo‗lib, bu jarayonda u shaxs sifatida shakllanadi.
Ijtimoiylashuv agentlari – ijtimoiylashuvning eng muhim
jarayonlari yuz beradigan guruhlar yoki ijtimoiy kontekstlar.
Dostları ilə paylaş: