Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
oila

Ikkilamchi guruh – bir-birlari bilan shaxsan tanish bo‗lmagan 
individlar guruhi. 
Irqchilik – muayyan jismoniy xususiyatlarga ega bo‗lgan odamlarga 
afzallik yoki kamsitilish tavsiflarini tirkash. 
Islohot – mavjud ijtimoiy tuzum asoslariga putur yetkazmasdan 
ijtimoiy hayotning biron-bir sohasini o‗zgartirish, har qanday yangilikni 
joriy etish. 
Ichkaridan kuzatish – guruh yoki hamjamiyatlar faoliyatida 
sosiologning o‗zi ishtirok etishini nazarda tutuvchi tadqiqot usuli. 
Iqtisodiyot – muayyan jamiyatlardagi individlarning moddiy 
ehtiyojlarini qoniqtirishga yo‗naltirilgan ishlab chiqarish va ayirboshlash 
tizimi. 
Korellyasiya – ikki kattalik yoki o‗zgaruvchanlik orasidagi statistik 
shaklda ifodalanadigan barqaror munosabat.
Liderlik – individ tomonidan guruh liderligiga xos layoqat va 
sifatlarning namoyon etilishi. 
Madaniy takror ishlab chiqarishmadaniy qadriyatlarning 
avloddan avlodga o‗tishi. 


247 
Madaniyat – jamiyat uchun xos bo‗lgan qadriyatlar, me‘yorlar va 
moddiy ishlab chiqarish.
Makrosotsiologiya – katta ko‗lamdagi guruhlar, tashkilotlar yoki 
ijtimoiy tizimlarni o‗rganish. 
Manfaat – individ yoki ijtimoiy guruhning u yoki bu ehtiyojlarini 
qondirish bilan bog‘liq yo‗nalganligi. 
Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat 
manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-
nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. 
Mentalitet (lot. mens – aql, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki 
alohida shaxsning tarkib topgan tafakkur darajasi, ma‘naviy salohiyati
hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan, ijtimoiy sharoitlarda 
shakllangan aqliy qobiliyati. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin