Status – muayyan individlar guruhining jamiyatdagi boshqa
a‘zolarga nisbatan ko‗proq e‘tirofga yoki prestijga ega bo‗lishi.
Struktura (lot. structura – tuzilish) – sistemaning tuzilishi va ichki
formasi, mazkur sistema elementlari o‗rtasidagi barqaror o‗zaro
aloqalarning birligini ifodalovchi tushuncha.
Strukturalizm –tilni o‗rganishda vujudga kelgan, ijtimoiy va
madaniy tizimlarning tuzilmasini aniqlashga qaratilgan nazariy yondashuv.
Subyekt (lot. subjectus – asosiga qo‗ymoq) – amaliy faoliyat va
bilim bilan bog‘liq bo‗lgan, obyektni bilishga qaratilgan faollik manbai.
Tavsiflash –ifodalashning tanlangan tizimi yordamida tajribaga
asoslangan sosiologik tadqiqotlar natijalarini qayd etish va bu natijalarni
fan tushunchasida ifodalashdir.
Tashkilot – hokimiyat munosabatlarining alohida turkumiga jalb
etilgan individlarning katta guruhi.
Tafakkur – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari
aniqlaydigan, ular o‗rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya‘ni qonuniy
bog‘lanishlarni aks ettiradigan bilishning rasional bosqichi.
Tashqi kuzatish –tadqiqot obyektini o‗ziga xosligi jihatidan
sezdirmay anglangan va anglanmagan, tasodifiy yoki rejali shakllarda
amalga oshiriladagan kuzatish turi.
Tizim – o‗zaro munosabat va aloqada bo‗lgan, muayyan yaxlitlikni
hosil qiluvchi ko‗p qismlar majmui.
Totalitarizm – siyosiy boshqaruv shakli, unda butun hokimiyat
uning siyosatidan norozi bo‗lganlarni terror qiluvchi, o‗zining sodiq
odamlariga tayanuvchi diktator qo‗lida jamlanadi.
250
Turmush tarzi – ijtimoiy guruhlar, elat, halq, millatlarning kundalik
hayotini ifodalovchi tushuncha.
Tushunish – obyektiv olamdagi narsa va hodisalar haqida tasavvur,
tushuncha, hukmlar hosil qilish va ularni ongdagi mavjud bilimlar bilan
bog‘lashdan iborat aqliy jarayon.