Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Tushuncha – narsa va hodisalarning umumiy muhim belgilarini aks  ettiruvchi tafakkur shakli.  Umumlashtirish



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
oila

Tushuncha – narsa va hodisalarning umumiy muhim belgilarini aks 
ettiruvchi tafakkur shakli. 
Umumlashtirish – narsa va hodisalarning o‗xshash hamda muhim 
belgi va xususiyatlarini, bog‘lanishlarini fikran muayyan tushunishga 
birlashtirish jarayoni va uning natijasi. 
Faraz – empirik tadqiqotning asosi sifatida olg‘a surilayotgan g‘oya 
yoki taxmin. 
Fenomen (yun. phainomenon – yuz beruvchi) – 1) ko‗zga ko‗rinib 
turgan hol; 2) noyob, kam uchraydigan hol, yoki buyuk, yagona bo‗lgan 
inson; 3) hissiy bilish, tajribada berilgan ma‘lum bmr holni anglatuvchi 
atama. 
Formal munosabatlar – guruh va tashkilotlarda ―rasmiy‖ hokimiyat 
tizimi me‘yor va qoidalariga mos ravishda o‗rnatilgan munosabatlar. 
Funksiya (lot. functia – amalga oshirish, bajarish) – faoliyat, ba‘zi 
sistemalar doirasidagi obyektning unga mansubligi va roli; obyektlar 
o‗rtasidagi aloqalar ko‗rinishi bo‗lib birining o‗zgarishi ikkinchisining ham 
o‗zgarishiga olib keladi, bunda ikkinchi obyekt dastlabkisining funksiyasi 
deyiladi. 
Fuqarolik jamiyati – mazkur mamlakatning har bir fuqarosiga 
iqtisodiy va siyosiy turmushini o‗z ixtiyori asosida qurishga to‗la 
erkinlikni kafolatlovchi ma‘lum ijtimoiy tizim. 
Xalq – lug‘aviy ma‘noda el, elat, millat, aholi, xaloyiq, bir guruh 
kishilar ma‘nolarini anglatish uchun qo‗llaniladigan tushuncha. 
Xususiyat – predmet va hodisalarning boshqa predmet va 
hodisalardan farqini yoki ular bilan umumiylikni ifodalovchi kategoriya. 
Shaxs – alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‗zida 
mujassamlashtirgan individ. 
Evolyusiya – biologik organizmlarning atrof-muhit sharoitiga 
moslashish yo‗li bilan rivojlanishi. 


251 
Eklektik guruhlash – funksional va sababiy izohlash mumkmn 
bo‗lmagan guruhlash turi. 
Elita (fr. elite – eng sara) – har qanday ijtimoiy tuzilmaning 
boshqaruv, madaniyat va fanni rivojlantirish funksiyalarini amalga 
oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlami. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin