Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
oila

Organik guruhlash – asoslarini izohlash mumkin bo‗lgan 
guruhlashning kuzatuv birliklarini guruhlash turi. 
Patriarxat – erkaklarning ayollar ustidan hukmronligi. 
Postindustrial jamiyat – moddiy tovarlar ishlab chiqarishdan ko‗ra 
ko‗proq axborot ishlab chiqarishga tayanadigan jamiyat. 
Predmet – inson faoliyati va bilish jarayonida obyektlar dunyosidan 
ajratib qaralgan ma‘lum bir yaxlitlikni ifodalovchi tushuncha. 
Prestij – individ yoki guruhning mavqyeiga asosan ko‗rsatiladigan 
hurmat. 
Prinsip – turli ahamiyatga ega bo‗lgan faktlar va bilimlar 
majmuining asosi, poydevori, har qanday xatti-harakat, xulq-atvor va 
faoliyatning boshlang‘ich qoidalari. 
Prognoz – biror bir hodisaning kelajakdagi holati haqidagi ilmiy 
tadqiqotlarga asoslangan ehtimoliy mulohaza. 
Propaganda (lot. yoyish, tarqatish) – keng ma‘noda: ijtimoiy 
faoliyatning alohida turi bo‗lib, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini 
oshirish maqsadida ilmiy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy g‘oya va 
qadriyatlarni targ‘ib etishdir; tor ma‘noda: mafkura va siyosatni targ‘ib 
etishga qaratilgan faoliyatdir. 
Sanksiya – rag‘batlantirish yoki jazolash turlari bo‗lib, ular 
yordamida 
ijtimoiy 
maqbul 
bo‗lgan 
xulq-atvor 
me‘yorlari 
mustahkamlanadi. 
Sekulyarizasiya – jamiyat hayotiga diniy ta‘sirning kamayib borish 
jarayoni. 


249 
Siyosat – hokimiyat hukumat faoliyati mazmuni va mohiyatiga ta‘sir 
o‗tkazish uchun qo‗llaydigan vositalar. 
Siyosiy partiyalar – davlat hokimiyatiga erishish va bu 
hokimiyatdan muayyan dasturni bajarish uchun foydalanishni mausad qilib 
qo‗ygan tashkilot. 
Sotsial darvinizm – ijtimoiy evolyusiyaga qarash bo‗lib, guruhlar va 
jamiyatlar o‗rtasidagi kurash taraqqiyot manbai ekanini ta‘kidlaydi. 
Sotsiologiya jamyatning strukturasi, uning elementlari va mavjud 
bo‗lishi shart-sharoitlarini, shuningdek ushbu strukturada amalga 
oshadigan ijtimoiy jarayonlarni o‗rganuvchi fan. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin