Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94
oila

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


233 
15-MAVZU. O„ZBEKISTONDA OILALARNI IJTIMOIY 
XIMOYALASHDA INNOVATSION TENDENSIYALAR 
1. 
O‗zbekistonda ijtimoiy soxa isloxotlari.
2. 
Oilalar va bolalarni ijtimoiy ximoyalash tizimi dinamikasi.
3. 
Oilalarni 
ijtimoiy 
himoyalash 
tizimini 
takomillashtirishda 
innovatsion tendensiyalar.
4. 
Oila-nikoh munosabatlari barqarorligini ta‘minlashda sotsiap 
innovatsiyalar. 
Modernlashgan postindustrial jamiyatlarda oila va oilaviy 
munosabatlar ma‘lum transformatsiyalarni boshidan kechirar ekan 
avvalo bunday holat xotin-qizlar teng huquqligi g‗oyalari ularga 
nisbatan diskriminatsiyaning har qanday shakllariga barham berilishi 
g‗oyalaridan kelib chiqib ular ijtimoiy faolligini qo‗llab quvvatlash 
shart-sharoitlarini yaratilishiga turtki bo‗ldi. Xususan, zamonaviy 
oilalarda shaxsiy salohiyatning roli va ahamiyatini o‗sib borarkan, oila 
a‘zolarining har biri, jumladan, xotin-qizlarning ijodiy salohiyatini 
yanada 
ochilishi, 
ularning 
ijtimoiy 
sotsial 
moslashuvchanlik 
imkoniyatlarini o‗sishi kuzatilmoqda. Natijada oilaning ana‘naviy 
funksiyalari qatoridan yangi – personalitar (lotinchadan, persona – 
shaxs) funksiya o‗rin oldi. Ushbu funksiyaga binoan, shaxsning 
individualligi, huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olindi. 
Oilaning har bir a‘zosi, jumladan, ayollarning kasbiy-ijodiy rivojlanishi 
va o‗zligini namoyon etishda shart-sharoit yaratildi.
XXI asrdagi ilg‗or ayollarning o‗ziga xos sotsial qiyofasini 
shakllantirgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan modernizatsiyalashuv jarayoni 
aksariyat davlatlarda oilaviy turmush tarzi ijtimoiy-psixologik asoslarini 
qayta qurilishiga olib keldi. An‘anaviy oilaviy qadriyatlar tizimi 
transformatsiyasi oqibatida ayollarning hayotiy qadriyatlari ham 
o‗zgardi.
Bizga ma‘lumki, mehnatga layoqatlilik va reproduktiv yoshi xotin-
qizlarda aynan bir paytda kechishi bois, ularda ma‘lum mutaxassislikni 
egallab kasbiy mahoratga erishish hamda oila qurib farzandlarni 


234 
dunyoga keltirib ular tarbiyasi bilan shug‗ullanish o‗rtasidagi ziddiyatli 
vaziyatlarni shakllantiradi. Sotsiologik nuqtai nazardan bu davr asosan 
individ yoshining ijtimoiy konstruksiyasidan kelib chiqib «yoshlik» va 
«o‗rta yoshlilar» bosqichiga to‗g‗ri keladi. Bu borada o‗z tadqiqotlarini 
olib borgan E.Erikson insonning sakkiz bosqichli hayotiy siklni ishlab 
chiqar ekan, uningcha, beshinchi (yoshlik) va oltinchi (etuklik) 
bosqichida inson kasb tanlash, mos ish qidirish, hayotdagi yo‗ldoshni 
tanlash, oila qurish, farzandlarni dunyoga keltirib, voyaga etkazish bilan 
shug‗ullanadi. Bu davrda erkaklar oilaviy hayoti kasbiy faoliyatiga 
to‗siq bo‗lmasdan davom etsa, ayollarda aksincha, ―oila yoki ish‖ 
tanlovi, yoki ―qo‗sh mas‘uliyat‖ muammolari ko‗ndalang turib qoladi.
A.van Gennepning zamonaviy jamiyatlarda inson hayoti siklik 
rivojlanishi modeliga ko‗ra ijtimoiy etuklik, er-xotinlik va ota-onalik, 
ijtimoiy maqomning oshishi, kasbiy ixtisoslashish kabi ierarxik 
bosqichlarni qamrab oluvchi pillapoyalardan ko‗tirilib borishda ayollar 
erkaklar qatorida ijtimoiy-siyosiy faolligini namoyon etmoqdalar.
SHu bois, modernizatsiyalash sharoitida inson uchun yaratilgan 
moddiy-ma‘naviy ne‘matlar taqsimotida o‗zning munosib ulushiga ega 
bo‗lib istagi gender nomutanosiblik g‗oyalarini chetlab o‗tib iqtisodiy-
moliyaviy mezonlar asosida ayol va erkak zimmasidagi mas‘uliyatni 
teng taqsimlaydi. SHu asnoda oilaviy hayot siklining to‗rt asosiy 
bosqichi davomida ayolning erkak bilan teng shartlar va imkoniyatlar 
asosida zaruriy daromadni birgalikda ishlab topish dolzarblashtiradi. 
Ushbu zaruriyat esa o‗z o‗rnida zamonaviy ijtimoiy-siyosiy faol ayollar 
ijtimoiy mobilligini o‗sishiga turtki beradi. Agarda oila avvallari erning 
maoshi hisobiga kun kechirgan va aynan erkak uchun xordiq 
imkoniyatlari yaratilgan bo‗lsa endilikda, er va xotin ikkisi ham karera 
qiladilar va kun kechirish uchun zaruriy mablag‗ni ishlab topadilar. Ish 
bilan band ayollar uyiga kech kirib keladi, ularni magazinda, qo‗ni-
qo‗shnilar bilan birga yurganini deyarli uchratish mushkul. Istiqbolda 
kunduz kuni do‗konda keksalar yoki go‗dak bolalari bilan yurgan 
ayollarnigina uchratish ehtimoli baland.
An‘anaviy nikoh qaydi o‗zgarmoqda, nikoh uchun juftlikni yopiq 
tizimidan ochiq shakliga o‗tish sodir bo‗lmoqda; ikkinchidan, hukmron 


235 
jinsiy ma‘naviyat va ahloq tizimi qayta ko‗rib chiqilmoqda. Natijada 
aksariyat g‗arb davlatlarida oila-nikoh munosabatlari tanazzulga 
uchramoqda. Ayollarning an‘anaviy maqomi va roli to‗g‗risidagi turg‗un 
tushunchalar dolzarbligini yo‗qotib, uning o‗rnini personalitar funksiyasi 
yaqqol bo‗lgan egalitar munosabatlarga tayanadigan nuklear oila yoki 
nikohning legallashmagan erkin turlari ommalashmoqda.
Takidlash joizki, butunjahon iqtisodiyot forumi ekspertlari oxirgi 
besh yilda yuqorida ta‘kidlangan holatlar bo‗yicha reytingni tuzib 
keladilar. Bunda ular quyidagi mezonlarni hisobga oladilar:
1
1) 
mehnatga haq to‗lashdagi farq; 2) erkaklar va ayollar daromadlarining 
nisbati; 3) boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi hamda mehnat bilan mashg‗ul 
bo‗lgan yuqori malakali ayollar soni; 4) ayollarning ma‘lumotlilik 
darajasi; 5) tug‗ilish, oiladagi hayot sharoitlari va uzoq hayot kechirish 
bo‗yicha farqlar; 6) parlament a‘zolari bo‗lgan ayollar va vazir ayollar 
soni va boshqalar.
Vaholanki, jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida erkak va 
ayollar 
o‗rtasidagi 
kasbiy-professional 
va 
oilaviy-nikoh 
munosabatlaridagi tenglik g‗oyalarini zo‗r berib targ‗ib qilinsada rasmiy 
ma‘lumotlarga ko‗ra ko‗p jabhalarda gender tafovut hamon 
saqlanmoqda. Birgina bo‗sh vaqt taqsimotiga ko‗ra ayol uy ishlariga 
33,6 foiz, erkaklar 11,3 foiz vaqt sarflaydi. Ayollar sutkada uy ishiga 3 
soat, erkaklar esa 0,65 soat sarflaydilar. Bundan tashqari, ayol ham 8 
soat mehnat qilib, oilada erkak kabi hordiq chiqarish, madaniy dam olish 
orzusi bilan yashaydi
1
. 
Xullas, modernizatsiyalashayotgan jamiyatda ayolning o‗rni va roli 
haqida gap ketar ekan, bu ijtimoiy voqelik sifatida nazariy va amaliy 
ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlash zarur. Hozirda ushbu masalaga oid 
bahs-munozaralarda bir-biriga zid ikki xil qarash shakllanib ulgurdi: 
Birinchi yondashuvga binoan ayollar ijtimoiy hayotning barcha 
sohalarida faol ishtirok etishlari zarurligi ta‘kidlanadi. Bunday 
1
В борьбе за равноправие женщины побеждают. Правда, не везде //Мир новостей. 2010, №42. 
1
Шайхова Х.А. .Аѐл мавқеи ва унинг муҳим муаммолари. // Хотин-қизлар камситилишига қарши 
курашнинг сиѐсий-ҳуқуқий, маънавий-психологик муаммолари. Республика илмий-амалий 
конференцияси материаллари. 2008 йил 12 июнь // Фалсафа ва ҳуқуқ институти нашриѐти. – 14 б. 


236 
pozitsiyada turuvchilar aksariyat hollarda ayollar va erkaklarning 
xuquqiy tengligini ularning amaliy tengligi ma‘nosida talqin etadilar. 
Ikkinchi yondashuv vakillari esa mohiyat-e‘tibori bilan ayollar 
faoliyatini asosan oilaviy turmush doirasi bilan cheklab qo‗yish 
g‗oyasini ilgari suradilar. Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‗llab-
quvvatlash, ularni innovatsion faoliyatga undash davr talabi bo‗lib, bu 
borada nozik muvozanatni ushlab turish murakkabligicha qolmoqda. 
Dunyo 
mamlakatlari 
aholisining 
turmush 
tarzi, 
milliy-etnik 
xususiyatlari, globallashish, modernizatsiya jarayonlari bilan to‗qnash 
kelgan bir davrda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligi jamiyat va shaxs 
hayoti barqarorligini ta‘minlash omili sifatida yuqori intellektual 
yondashuvlar asosida qo‗llab-quvvatlanishi esa davr talabi bo‗lib 
qolmoqda.
Respublikamizda 
doimiy 
aholi 
sonining 
jinsi 
bo‗yicha 
taqsimlanishi bo‗yicha ayollar 49,8% (15736,4 nafar), erkaklar 50,2% 
(15838,9 nafar)ni tashkil qilmoqda
2
. Jinoyatchilikning jinsiy kesimdagi 
tahliliga ko‗ra 90-95% jinoyatchilik asosan erkaklar zimmasida bo‗lsa, 
5-10% xotin-qiz jinoyatchiligini tashkil etadi. Xotin-qizlar tomonidan 
sodir etilgan jinoyatlarning salmoqli qismi asosan mulkka qarshi sodir 
etilgan jinoyatlardan iborat. Ammo, ozodlikdan mahrum etish 
muassasalaridagi xotin-qizlar orasida shaxsiyatga nisbatan sodir etilgan 
jinoyatlar ko‗pchilikni tashkil etishi. Xotin-qizlar orasidagi jinoyatchilik 
2014 yilga nisbatan 2017 yilda 4.6% ga kamaygan bo‗lsa-da viloyatlar 
kesimida Farg‗onada 8,9%, Surxondaryoda 2,7% Buxoroda 0,3% ga 
o‗sgan. Jinoyatlar turi bo‗yicha ayollar orasida bezorlik 16,7%, 
firibgarlik 13,1%, qasddan tan jarohati etkazish 10,7%, tovlamachilik 
8,8% ga oshgan
3
. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, 
shuningdek, o‗tgan yili maxsus ro‗yxatdan chiqarilgan 2 587 nafar diniy 
2
Аѐллар ва эркаклар. – Тошкент: Ўзбекистон Республикаси давлат статистика қўмитаси, 2016. – Б. 
19-20. 
3
http://kamolot.uz 


237 
oqim a‘zosi bo‗lgan ayollarning hayotda o‗z o‗rnini topishi, ijtimoiy 
muammolarini hal etishga alohida e‘tibor qaratildi
1
.
Oxirgi yillarda ajrashishlar soni har yili 10-11 foizga oshib borgani 
tashvishlanarlidir. 2017 yilda 31 mingdan ziyod ajralish holati qayd 
etilgan. Buning oqibatida, asosan, ayollar va bolalar jabr ko‗rmoqda. 
Ayollar o‗rtasida jinoyatga qo‗l urish hollari ko‗p uchramoqda. 
Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan farmonida shu kabi masalalarni 
hal etish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash maqsadida 
respubllika miqyosida xotin-qizlar qo‗mitalari tuzilmasini tubdan 
takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalaga aylandi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin