Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94
oila

2 trillion 490 mlrd. so‗m mablag‗ yo‗naltirildi.


229 
Bu esa, o‗z navbatida, mamlakatimizdagi minglab ayollarning o‗z 
mustaqil faoliyatiga, daromad manbaiga ega bo‗lishlarini, oilalarning 
byudjeti yanada shakllanishiga va turmushi farovonlashishiga xizmat 
qilishi, shubhasiz. 
SHu o‗rinda ta‘kidlash joizki, ayollarda tadbirkorlik ko‗nikmalarini 
shakllantirish, biznes g‗oyalarini qo‗llab-quvvatlash hamda imtiyozli 
kreditlar bilan ta‘minlashga ko‗maklashish, ularni tadbirkorlik 
faoliyatiga keng jalb etish O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasining 
asosiy dasturiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Bu borada O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasi tomonidan ham qator 
loyihalar, ko‗plab seminar va konfirensiya, forumlar o‗tkazilib 
kelinmoqda, 
bundan 
oqilona 
foydalanayotgan 
opa-singillarimiz 
tadbirkorlikda ham samarali faoliyat ko‗rsatib, nafaqat oilasiga naf 
keltirayapti, balki iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‗shmoqdalar.
Jumladan, ayollar tadbirkorligini qo‗llab-quvvatlash, ularning 
bandligini ta‘minlash, yangi ish o‗rinlarini yaratish sohasida ish olib 
borayotgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy 
hamkorlik aloqalarini yo‗lga qo‗yish orqali respublikamizda ayollar 
tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilash maqsadida joriy 
yilining 28 iyun kuni O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasi tashabbusi 
bilan 
ilk 
bora 
“Jamiyatning 
rivojlanishida 
Xotin-qizlar 
tadbirkorligining o„rni” shiori ostidagi I Respublika tadbirkor 
ayollar forumi o‗tkazildi. Unda 138 nafar tadbirkor ayollar bevosita 
ishtirok etdi va o‗zaro tajriba almashdi. 
Albatta, yuqoridagi ko‗rsatkichlar bilan cheklanib qolmaslik lozim. 
Kelgusida qilinadigan ishlar nafaqat amaliy choralar ko‗rish bilan, balki 
uning tadrijiyligiga erish maqsadida quyidagi bir qancha zaruriy 
choralarga e‘tibor qaratish ehtiyojini ko‗rsatadi: 
Oilalardagi ijtimoiy-ma‘naviy muhitni o‗rganish davomida 
50 ming nafarga yaqin fuqaroning kredit olish istagini bildirganligi 
ularning ushbu imkoniyatdan foydalanishga intilayotganligini ko‗rsatib 
turibdi. 


230 
Ammo, afsuski, o‗rganishlar jarayonida imtiyozli kreditlar ajratish 
masalasida tijorat banklarining ayrim mas‘ul xodimlari tomonidan 
ko‗zbo‗yamachilikka yo‗l qo‗yilayotganligi ham kuzatildi. 
YA‘ni, tijorat banklari va mahalla faollari kredit olish istagida 
bo‗lgan fuqarolarga yordam berish o‗rniga, fuqarodan kredit olishdan 
bosh tortishi haqida tushuntirish xati olayotganligining guvohi bo‗ldik.
Ayrim tijorat banklari aholiga kredit ajratish masalasini paysalga 
solib kelayotganligi sababli aksariyat murojaatchilar kredit olishdan 
butunlay umidini uzib qo‗ymoqda. 
Respublikamizda har yili o‗rtacha 450-500 ming yoshlar kasb-
hunar kolleji va litseylarni bitirishadi. Ularning ma‘lum qismi (atigi 4%) 
oliy o‗quv yurtlarida ta‘lim olishni davom ettirsa, qolgan qismi mehnat 
bozoriga kirib keladi. Kollej bitiruvchilarining deyarli 50% ni qizlar 
tashkil qiladi va ko‗p xollarda, kollejda egallagan kasbi bo‗yicha ish 
o‗rnini topa olmaganligi sababli ishlamasdan uyda o‗tirib qolayapti. 
Ma‘lumki, aholi o‗zining bandligini ta‘minlashi hamda yangi 
ishchi o‗rinlar yaratish maqsadida qo‗llaniladigan strategiyalardan biri – 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ekanligi bugun har 
daqiqada o‗z isbotini topmoqda.
Oila, ro‗zg‗or va biznesni baravar yuritish, vaqtni to‗g‗ri 
taqsimlash asoslari, oilada muloqotni to‗g‗ri olib borish, tadbirkorlik 
faoliyatining oilaviy munosabatlarga salbiy ta‘sir qilmasligi uchun nima 
qilish kerak, oilaviy biznesni yuritish afzalliklari, aynan genderlik 
yondashuvlarga asoslangan xolda, shu va shu kabi mavzular doirasida 
o‗quv dasturlarini amalga oshirish zarurati kelib chiqdi. 
Ushbu masalani hal etish maqsadida O‗zbekiston Xotin-qizlar 
qo‗mitasi qoshida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, o‗z hayoti 
uchun mas‘uliyatini oshirish orqali iqtisodiy imkoniyatlarini 
kengaytirish va tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta‘minlash 
maqsadida “O„z biznesingni boshla” shiori ostida qizlar biznes-klubi 
tashkil etildi. 
Bu kabi tadbirlar va amaliy ishlar doirasida biz nafaqat tadbirkor 
ayollarni o‗quv-seminarlar asosida bilimini oshiramiz, balki o‗zaro 
tajriba almashish muhitini shakllantirishga erishamiz. Istagimiz 


231 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin