Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94
oila

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


221 
14-MAVZU. O„ZBEKISTONDA OILA-NIKOH INSTITUTINI 
MUSTAHKAMLASH MEXANIZMLARI 
1. 
O‗zbekistonda 
oilaparni 
qo‗llab-quvvatlashda 
differensial 
yondashuv. 
2. 
Ijtimoiy xatar guruxiga mansub oilalar.
3. 
Noqobil oila va deviantlik.
4. 
Ajrimlar va ularning ijtimoiy oqibatlari. 
5. 
Ajrimlar profilaktikasida ijtimoiy xamkorlik.
6. 
Oila va nikox munosabatlari barqarorligining ijtimoiy-iqtisodiy 
omillari.
Mamlakatimizda keyingi yillarda kichik biznes va tadbirkorlik 
sohasini qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish, yurtimizning iqtisodiy 
qudratini oshirish, tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni 
mustahkamlash kun tartibidagi birinchi dolzarb masala bo‗lib kelmoqda. 
Bu boradagi eng muhim vazifalardan biri – bu aholini, ayniqsa xotin-
qizlarni tadbirkorlikka jalb etish orqali ularning bandligini ta‘minlashdir.
Ushbu maqsadda xotin-qizlarning biznes g‗oyalarini qo‗llab-
quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar bilan ta‘minlash borasida qator 
ishlar amalga oshirilmoqda. SHunga qaramay, bu borada xotin-
qizlarning bilim va ko‗nikmalari etarli emasligi, ayrim hollarda huquqiy 
va iqtisodiy masalalarni mustaqil hal qila olmasliklari kabi muammoli 
holatlar ham kuzatilmoqda. Bu esa tadbirkorlikni yo‗lga qo‗yigan va 
ushbu jarayonni boshlash arafasida turgan xotin-qizlarga qulay va 
imtiyozli ishbilarmonlik muhitini yaratish, uning qonunchilik asoslarini 
yanada takomillashtirish ehtiyojini dolzarblashtiradi.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasining 2016 yil 5 oktyabrdagi 
PF-4848-son 
«Tadbirkorlik 
faoliyatining 
jadal 
rivojlanishini 
ta‘minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va 
ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‗shimcha 
chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi Farmoni va boshqa huquqiy xujjatlarda 
mamlakatda ishlab chiqarish sohasiga bo‗lgan rag‗batni yangi pallaga 
ko‗tardi. 


222 
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2016 yil 14 dekabrda Oliy 
Majlis palatalarining qo‗shma majlisidagi nutqida davlat banklari 
bundan keyin o‗z ish uslublarini tubdan o‗zgartirishi shartligini 
ta‘kidlab, bu borada aniq vazifa qo‗ydi: ―Ular har bir oila bilan muloqot 
tashkil qilish orqali fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‗ullanishi 
uchun qulay imkoniyatlar yaratishi kerak‖. 
2016 yil 29 dekabr kuni ―Tadbirkorlik faoliyatining jadal 
rivojlanishini ta‘minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya 
qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir 
qo‗shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan 
O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va 
qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi qonun imzolandi. Qonunga 
muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual 
kodeks, ―Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risida‖gi kodeks, Soliq kodeksi, 
Byudjet kodekslari hamda ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖, ―Fermer 
xo‗jaligi to‗g‗risida‖, ―Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatini davlat 
tomonidan 
nazorat 
qilish 
to‗g‗risida‖, 
―Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining kafolatlari to‗g‗risida‖, ―Faoliyatning ayrim turlarini 
litsenziyalash to‗g‗risida‖gi, ―Xususiy korxona to‗g‗risida‖, ―Oilaviy 
tadbirkolik to‗g‗risida‖, Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular 
faoliyatining kafolatlari to‗g‗risida‖gi qonunlarga ga o‗zgartish, 
qo‗shimcha va to‗ldirishlar kiritildi. 2017 yilning 1 yanvaridan 
tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishning 
(yuridik shaxs tugatilishi) barcha turlari bekor qilindi. 
2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan 
vazifalarni ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari hamda davlat 
organlari 
o‗rtasida samarali muloqot va foydali hamkorlik 
mexanizmlarini yo‗lga qo‗yish, xususiy mulk va tadbirkorlik huquqini 
muhofaza 
qilish, 
viloyatlar 
va 
tumanlarda 
biznes-muhitni 
takomillashtirish shuningdek, tadbirkorlik sub‘ektlariga viloyatlar
shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlarini taqdim etish samarali 
tizimini yaratishni taqozo etadi.


223 
Bunda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar, xususan, Amerika 
Qo‗shma shtatlari, Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy 
Xalq Respublikasi kabi davlan ikki tomonlama manfaatli ijtimoiy-
iqtisodiy aloqlarning yo‗lga qo‗yilganligini muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bunda, zamonaviy taraqqiyot taklif etayotgan imkoniyatlardan samarali 
foydalanish bilan bir qator milliy an‘analar va turmush tarzi 
xususiyatlari uyg‗unlashtirilgan holda ish yuritildi. Zero, Sohibqiron 
Amir Temur ta‘kidlanganlaridek: ―Aholisi boy mamlakat qudratli 
bo‗lar‖. Natijada bugungi kunda respublikamizda iqtisodiyot rivojlanishi 
sifat jihatdan yangi bosqichga ko‗tarildi. 
Ko‗p o‗tmay mamlakatimiz tijorat banklarida bu vazifani amalga 
oshirishga jiddiy kirishildi: aholi xonadonlarida o‗tkazilayotgan 
muloqotlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari to‗g‗risida 
batafsil tushuntirishlar berilmoqda, qisqa muddatda kredit mablag‗lari 
ajratish 
choralari 
ko‗rilmoqda. 
Bunda 
aholiga 
chorvachilik, 
parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, issiqxonalar qurish, maishiy 
xizmat kabi yigirmadan ziyod yo‗nalishda tadbirkorlik qilish uchun 
kreditlar taklif etilmoqda. 
―Mikrokreditbank‖ ATBdan ma‘lum qilishlaricha, joriy yilda 
bankning ―Oddiy aholini tadbirkorga aylantirish‖ loyihasi 698 mingdan 
ziyod xonadonni qamrab oladi. Maxsus jadval asosida joylarda aholi 
bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Ayni kungacha mamlakatimiz 
bo‗ylab 10 mingdan ziyod xonadonda suhbatlar o‗tkazilgan. Bunda aholi 
ko‗proq bog‗dorchilik, chorvachilik, ixcham issiqxona qurish, 
parrandachilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat ko‗rsatish kabi 
sohalar bilan shug‗ullanish istagini bildirgan. 
Joylardagi jamoatchilik nazorati guruhlari aholiga berilgan 
kreditlarning haqqoniyligini, ulardan maqsadli foydalanilishini atroflicha 
tahlil qilishi va natijalarini tegishli tijorat banklari bilan muhokama qilib 
borilishini yo‗lga qo‗yishi lozim. 
Odamlarning tadbirkor bo‗lishga intilishiga amaliy yordam berilsa, 
bunyodkorlik yanada keng quloch yozadi. Eng muhimi, bu bilan 
minglab oilalarga baraka kiradi, yuz minglab yangi ish o‗rinlari 
yaratiladi. 


224 
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 7 yanvar kuni mamlakatimiz 
prokuratura sohasining bir guruh xodimlari bilan uchrashuvda bu 
hayotiy haqiqatni barchamizga yana bir bor eslatib, ―Tadbirkor boy 
bo‗lsa, davlat ham, xalq ham boy bo‗ladi‖, deb ta‘kidladi. ―Tadbirkor 
bola-chaqasidan qiyib, to‗plagan mol-mulki, pulini yangi ish ochishga 
sarflaydi. Bankdan kredit olsa, uni foizi bilan o‗zi to‗laydi. SHunga 
qaramasdan tavakkal qilib, huzur-halovatdan kechib, bor imkoniyatini, 
mablag‗ini xavf-xatarga qo‗yib, o‗z ishi uchun kecha-kunduz jonini 
berib ishlaydi. SHu yo‗l bilan nafaqat o‗zini, oilasini, balki el-yurtini 
ham boqadi. SHu ma‘noda tadbirkor – bu haqiqiy fidoyi inson. Men 
bunday odamlarni, loaqal ikkita ish o‗rni yaratgan tadbirkorni boshimga 
ko‗tarishga tayyorman‖, dedi.
Mamlakatimiz ijtimoiy himoya siyosatini olib borar ekan, dastlab 
xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini yo‗lga qo‗yish va 
rag‗batlantirish, ularning bandligini ta‘minlashni barqaror iqtisodiyot 
garovi, deb baholandi. Xotin-qizlar orasidan tarbiyalanib, voyaga etgan
yangi mulkdorlar — kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
sub‘ektlarining 
rahbarlari 
qatlami 
vujudga 
kelib, 
rivojlanib 
borayotganligini esa tom ma‘noda bugungi kunning tarixiy voqeligi 
deyish mumkin.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin