Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94
oila

Hayotiy tajriba. Inson tajribasi va uning boshqaruv faoliyatida 
namoyon bo‗lishi ikki asosiy masala orqali tahlil qilinadi. Birinchidan, 
yuqori bo‗g‗in rahbari uchun boshqaruv tajribasi zarur, shuningdek, 
ulardan hayotiy tajribaga ega bo‗lish ham talab qilinadi. Ikkinchidan, 
o‗rta bo‗g‗in rahbarida esa o‗z sohasi bo‗yicha kamida uch yillik tajriba 
bo‗lishi lozim. Bu toifa rahbar tajribasini tahlil etar ekanmiz, asosiy 
e‘tibor kasb sohasiga qaratiladi. 
Rahbar jinsi. Inson jinsi, uning ayni bir rolga amal qilishini taqozo 
etadi. Ayniqsa, bu holat sharq mamlakatlari, hududimiz sharoitida 
yaqqol namoyon bo‗ladi. Bu hududda erkak va ayolga xos jinsiy 
ijtimoiy normalar aniq belgilangan. Modomiki shunday ekan, inson 
amalga oshirayotgan ko‗pgina hatti-harakat aynan shu jinsiy rol mezoni 
ta‘sirida idrok etiladi. Hozir, insonning jinsiy mansubligiga qaramay, 
kasb yoki lavozim pog‗onasida katta imkoniyatlar paydo bo‗layotganini 
ko‗ramiz. Mamlakatimizda tadbirkorlik va davlat boshqaruvi sohasida 
ayollarga katta yo‗l ochilgan. Ammo, shunga qaramay, rahbar so‗zi 
ko‗pincha erkak jinsi bilan ifodalanadi va negadir, ayol rahbar idora 
etadigan sohalar, jumladan, maorif, sog‗liqni saqlash, aholiga xizmat 
ko‗rsatishdan nariga o‗tilmaydi.
Haqiqatdan ham ayolning u yoki bu sohada boshqaruv lavozimini 
egallashi, ko‗p jihatdan, bu soha ayollarga mosmi yoki erkaklargami 
degan savolga bog‗liq bo‗lib qolgan. Bir qator tadqiqotlar orqali 
aniqlanishicha, erkak va ayol aralash ishlaydigan guruhda ko‗pincha 
erkaklar tashabbusni o‗z qo‗llariga olar emish. Tadqiqotchi E. Xollander 
tajribasiga ko‗ra, guruh doirasida hal etiladigan vazifani echishda 
erkaklar ko‗proq maqbul yo‗l topa olishadi, ayol va erkaklardan iborat 
aralash guruhda esa ustunlikka intilishadi. Olimning tushuntirishicha, 
erkaklarga xos bunday hatti-harakat, ko‗p jihatdan, jamiyatda 
o‗rnatilgan normalar va erkaklar xulqiga oid ustanovka, ya‘ni 
kutuvlardan kelib chiqadi. Bunday ustanovkalar asosidagi standartlar 


212 
atrofdagilarning bo‗layotgan voqea-hodisalarni idrok etishiga ham katta 
ta‘sir etadi
1
. Masalan, psixolog R. Rays o‗tkazgan tajribada quyidagi 
manzara kuzatiladi: tajriba davomida, harbiy o‗quv yurti kursantlarida 
ayollarga nisbatan ma‘lum (unchalik ijobiy bo‗lmagan) ustanovka 
shakllantirilgan. SHundan so‗ng, kursantlarni uchtadan qilib ikki 
guruhga bo‗lishgan va laboratoriya sharoitidagi tajribada qatnashishga 
taklif etishgan. Ikki guruh kursantga ikki rahbar – biri erkak, ikkinchisi 
ayol boshchilik qilgan. Guruhlar ma‘lum bir murakkab vazifalarni hal 
etishgan va echim davomida rahbar faol o‗rinni egallagan. 
Aniqlanishicha, ayol rahbarlik qilgan kursantlar guruh muvaffaqiyatini 
tasodifga yo‗yishgan, erkak rahbar bo‗lgan guruhdagi kursantlar esa 
muvaffaqiyatda 
aynan 
rahbarning 
qobiliyatini 
etakchi 
deb 
ko‗rsatishgan
1
. Mazkur tajriba shundan dalolat beradiki, atrofdagi 
voqealarni baholashimiz ko‗p jihatdan ayni jamiyatda qabul qilingan 
norma va me‘yorlarga bog‗liq.
Ayol 
rahbarning 
boshqaruv 
faoliyatiga 
oid 
bir 
nechta 
xususiyatlarini ko‗rsatib o‗tish mumkin.
Birinchidan, ayol rahbar o‗z jinsiy xususiyatiga ko‗ra oiladagi 
yumushlarning asosiy qismini o‗z zimmasiga oladi. Aynan shu ikki 
bandlik sohasi – boshqaruv va oilani uyg‗unlashtirish ayol rahbar oldida 
turuvchi asosiy muammolardandir. SHu borada ayol rahbarga uning oila 
a‘zolari, turmush o‗rtog‗ining yordam berishi juda muhimdir. Hozirga 
kelib, hayotning turli sohalariga zamonaviy texnik moslamalarning kirib 
kelishi bir tomondan uydagi yumushlarni engillashtirsa, ikkinchi 
tomondan ishxonadagi boshqaruv faoliyatiga ko‗mak beruvchi 
kompyuter jihozlaridan foydalanishda o‗z aksini topmoqda. 
Ikkinchi asosiy xususiyat, ayol rahbarning jamoatchilik tomonidan 
idrok etilishidir. Ayol rahbar o‗z qo‗l ostidagi xodimlarni boshqarar 
ekan, ko‗pchilik erkak xodimlar ayol rahbarga bo‗ysunishni o‗zlari 
uchun lozim topmaydilar. Erkak kishi uydagi u bu yumushlarni o‗z 
bo‗yniga olib, ayoldan biron xo‗jalik masalalarida maslahat so‗rashi 
1
Кричевский Р. Л., Дубовская Е. М. Социальная психология малой группы: Учебное пособие для 
вузов. — М.: Аспект Пресс, 2001.— 318 с) 
1
50 книг и великих идей, которые вам помогут изменить свою жизнь. 


213 
mumkin, lekin rasmiy hayotga oid ko‗p hollarda ayollarga nisbatan 
mensimaslik va ishchan masalalarda ishonchsizlik bilan qarash, afsuski 
hozirgacha saqlanib qolmoqda.
Uchinchi asosiy xususiyat, ayol kishi rahbarlik qilishi mumkin 
bo‗lgan kasblar sohasi anchagina cheklangandir. Xususan, texnikaga va 
ishlab chiqarish texnologiyalariga asoslangan jabhalarda ayollar ulushi 
kam va rahbarlik qilish imkoniyatlari ham anchagina cheklangan. SHu 
bilan birga, insoniy munosabatlarga asoslangan sohalarda, masalan 
huquq, pedagogik ta‘lim, meditsina kabi sohalarda ayollar 
muvaffaqiyatli boshqaruv olib boradilar
1
.
Ayollarning boshqaruv faoliyatini tahlil qilar ekanmiz, ayol 
rahbarlarga yordam beruvchi ayrim shaxs xislatlari ustida ham to‗xtalib 
o‗tishni lozim topamiz. Xususan, bunday xislatlar qatoriga quyidagilarni 
kiritish mumkin: 
1. Muloqotga kirishimlilik, muomalani yoqtirish. 
2. Hamma narsada tartib o‗rnatishga intilish. 
Ayol kishi xarakterining egiluvchanligi va ko‗ngilchanlikka oid 
xislatlar uning odamlar bilan bo‗lgan muloqot shakllariga, o‗zaro 
munosabatni ravon va mo‗‗tadil ushlab turishga katta yordam beradi.
Aynan sanab o‗tilgan jihatlar esa, muloqotdagi asosiy tarkibiy qismlar 
bo‗lib, boshqaruv faoliyatining negizlaridan biridir. Erkaklarning esa 
ko‗proq ishga va vazifaga yo‗nalganligi sababli xodimlar bilan bo‗lgan 
munosabatlarda ayrim paytda qaltisliklar ko‗proq uchrashi mumkin.
Boshqaruv amaliyotida va shuningdek, ba‘zi bir adabiyotlarda, 
erkak rahbar faoliyati ayol rahbarnikiga nisbatan anchagina samarali 
degan tasavvur mavjud. Odatda, bunday fikrga quyidagi dalillar 
keltiriladi: erkak yorqin ifodalangan mantiqiy fikrlash xususiyatiga ega 
emish, ayol esa ko‗pincha hissiyotga; erkak o‗z ishiga fidoyi desak, ayol 
qimmatli vaqtini oilaga sarflaydi. CHunonchi, erkak turli salbiy 
ta‘sirlarga, stresslarga chidamli bo‗lsa, ayol murakkab vaziyatda hatto 
aqlini «yo‗qotib» qo‗yishi mumkin ekan.
Ammo, hayot buning aksini ko‗rsatib turibdiki, ayni payt 
ishlab chiqarishni samarali boshqarayotgan ayollarni ko‗plab uchratish 
1
Хеннниг М., Жарден А. Леди-босс. –М.: Дело, 2001 


214 
mumkin. Jinsiy tafovutlarni tahlil etishda samaradan ko‗ra boshqaruv 
uslubi haqida gapirsa, o‗rinliroq bo‗ladi. Erkak rahbar asosiy diqqat-
e‘tiborini ishlab chiqarish muammolariga taalluqli vazifalarga qaratsa, 
ayol rahbar ko‗proq jamoaning ijtimoiy–psixologik jihatlariga, 
psixologik muhitni sog‗lomlashtirishga qaratadi, degan xulosalar ham 
kam emas. Albatta, bu fikr bir qancha bahs va munozaraga sabab bo‗lsa-
da, endilikda qo‗shimcha tadqiqotlar o‗tkazishni ham taqozo etayapti. 
Xo‗sh, aslida erkak va ayol rahbarlar muvaffaqiyatga erishishlarida 
ma‘lum farq, tafovut mavjudmi, degan savolga quyidagi javobni olamiz. 
Taniqli olima F. Denmark, katta hajmdagi tadqiqotlari asosida shunday 
xulosaga keldiki, boshqaruv sohalarida muvaffaqiyatga erishishda 
sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmas ekan
1
. Ayol va erkak 
menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki, 
ayollar jamoadagi insoniy munosabatlarga ko‗proq e‘tibor beradilar. 
Erkak va ayol menejerlarga xos jinsiy psixologik farqning bo‗lishi 
tabiiy, lekin jamoa oldida turgan vazifani bajarish, ko‗zlangan maqsadga 
erishish borasida jinsiy tafovut kuzatilmaydi. Nazarimizda, bu 
muvaffaqiyatlar sababi jinsga xos bo‗lmagan omillar bilan belgilanadi. 
Masalan, shaxsning ko‗pgina ishchanlik fazilatlari jinsiy moyilliklar 
bilan emas, balki ijtimoiy qadriyatlar, xarakterdagi xususiyatlarga 
asoslanadi. Xususan, insoniy munosabatlarga e‘tibor, ko‗ngilchanlik, 
boshqaruvda demokratik tamoyillarga suyanish, ayollarda ko‗proq 
uchraydi va bu ko‗rsatkichlar ma‘lum ma‘noda jamoa faolligiga ijobiy 
ta‘sir etuvchi omillardir.
Bir qator tajriba va kuzatish natijalari boshqa mazmundagi 
ma‘lumotlarni ham beradi. Rahbarlik darajasi qanchalik yuqori bo‗lsa, 
erkak va ayol rahbar o‗z uslublarida shunchalik qarama-qarshi jins 
xususiyatlarini namoyish etadilar. Erkak rahbar erkakka xos xislatdan 
tashqari ayolga xos ayrim fazilatlarni ham boshqaruv amaliyotida 
qo‗llashini ko‗ramiz: ko‗ngilchanlik, nozik didlik, intuitsiya... O‗z 
navbatida ayollar ham erkaklarga xos sifatlarni o‗z faoliyatlarida 
qo‗llaydilar: mustahkam iroda, qat‘iylik, faollik, tirishqoqlik... Demak, 
boshqaruv samarasini jinsiy mansublik bilan bog‗lash noto‗g‗ridir. Bu 
1
Виткин Дж. Правда о женщинах (14 мифов, сочиненных мужчинами). - СПб.: Питер Пресс, 1996 


215 
o‗rinda boshqa omillar ahamiyatliroq hisoblanadi. Misol uchun intellekt, 
qadriyatlar, shaxs xususiyatlari, ma‘lumot darajasi, boshqaruv 
sohasidagi tajriba kabi ko‗rsatkichlarni keltirish mumkin. 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin