Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94
oila

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


216 
13-MAVZU. O„ZBEKISTONDA XOTIN-KIZLAR IJTIMOIY-
SIYOSIY FAOLLIGINI QO„LLAB-QUVVATLASH 
1. 
O‗zbekistonda gender tenglik tamoyillarining me‘yoriy asoslari. 
2. 
Siyosiy faoliyatda gender muvozanatni ta‘minlash yo‗nalishlari.
3. 
Ta‘lim va bandlik soxasida xotin-kizlar faolligini oshirish.
4. 
O‗zbekistonda xotin-kizlar ijtimoiy faolligini qo‗llab-quvvatlash.
5. 
Xotin-qizlar 
tadbirkorligini 
qo‗llab-kuvvatlash 
va 
ijtimoiy 
himoyalash.
Zamonaviy jamiyatlarda oila instituti ma‘lum transformatsiyalarni 
boshidan kechirmoqda. Ijobiy o‗zgarishlar, yangilanishlar xotin-
qizlarning oilaviy va kasbiy hayotda teng huquq va imtiyozlarini 
mustahkamladi. Hozirda aksariyat xotin-qizlar yuqori intellekt, nufuzli 
dunyoviy bilim va malakaga ega ijtimoiy faol qatlam sifatida jamiyat 
farovonligi yo‗lida xizmat qilmoqda. Oilaviy munosabatlarda ayol 
shaxsiyati salohiyatining oshib borishi, ularda sotsial mobillik va 
moslashuvchanlik imkoniyatlarini yanada kengayishiga turtki bo‗ldi.
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq xotin-qizlarga 
g‗amxo‗rlik ko‗rsatish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‗llab-
quvvatlash, siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma‘naviy 
hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish, qiz bolani zamonaviy kasb-
hunarga o‗rgatish, ularni sportga keng jalb etish, sog‗lom oilani 
shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‗tarildi. Asosiy qonunimiz – 
Konstitutsiyamizning 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar barcha 
sohalarda teng ekanligi belgilab qo‗yilgan. Ayollarning jamiyatdagi, 
davlat ishlari va oiladagi rolini yuksaltirish davlatimizning ustuvor 
siyosatidir. Hukumat tomonidan chiqarilayotgan Davlat dasturlari va 
qarorlarida ayol, oila, farzand manfaati hamisha ustuvor bo‗lib 
kelmoqda. Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari, saylovlarda ishtiroki, 
parlamentda o‗z o‗rniga ega bo‗lishi, boshqaruv va hokimiyat 
idoralarida xizmat qilishi to‗liq kafolatlangan. Xotin-qizlarning turli-
tuman ijtimoiy institutlar (ayollar kengashi, tadbirkor ayollar 
uyushmalari, partiyalardagi faoliyati, xayriya tashkilotlari va h.k)ning 


217 
mavjudligi turli manfaat va nuqtai nazarlarni ifodalash, ehtiyojlarni 
qondirish, muhofazalash imkonini beradi. 
O‗tgan yillarda bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan 
bo‗lsa-da, shu paytgacha xotin-qizlar manfaatlarini ro‗yobga chiqarish 
bo‗yicha samarali mexanizm yaratilmagan bo‗lib, buning oqibatida 
joylarda ko‗plab masalalar to‗planib qolgan, ularning echimi bo‗yicha 
aniq manzilli ishlar amalga oshirilmagan. O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidenti SHavkat Mirziyoev ta‘biri bilan aytganda:―... Ayollar uchun 
doimiy ish joylari yaratish borasidagi muhim masala bilan bir qatorda, 
oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilik, tomorqa xo‗jaligini keng 
rivojlantirish ishlari ham oqsamoqda‖
98
. SHu bois, O‗zbekiston 
Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‗yicha ―Harakatlar 
strategiyasi‖da aholini ijtimoiy himoya qilish va sog„liqni saqlash 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin