Da xotin qizlarga munosabat



Yüklə 324,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix17.06.2023
ölçüsü324,71 Kb.
#131939
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
boburnomada xotin qizlarga munosabat



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 FILOLOGIYA FAKULTETI 
 
 O'ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI 
 
BITIRUVCHI KURS TALABASI 
 
BAROTOVA XURSHIDA JALOLOVNAning 
 
 
"BOBURNOMA"DA XOTIN – QIZLARGA MUNOSABAT" 
 
mavzusidagi 
 
 
5 120 100 – Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishida bakalavr 
 
akadem darajasini olish uchun yozgan 
 
 
 
(2017-2018-o'quv yili) 
 
 
 
 
 
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari nomzodi
dotsent 

HAYITOV SH. A 
 

 
 
Buxoro– 2018 


 
"BOBURNOMA"DA XOTIN-QIZLARGA MUNOSABAT 
REJA: 
 
KIRISH 
1.BOB. "BOBURNOMA"NING TARKIBI VA TUZILISHI 
I.1. Asarning o'rganilish tarixi 
I.2. Asarda badiiy va ilmiy talqin uyg'unligi 
2.BOB. "BOBURNOMA"DA AYOLLAR TASVIRI 
II.1.  Ona mehri va Vatan muhabbati 
II.2. Oqila ayol himmati 

 XULOSA 
 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI 
 
 


KIRISH 
 
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq 
ajdodlarimiz tomonidan ko'p asrlar mobaynida yaratilgan boy va rang-barang 
ma'naviy qadriyatlarimiz va madaniy merosimizni o'rganish va qayta tiklash, uning 
"insonparvarlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan sarchashmalaridan xalqimizni 
bahramand qilish mamlakatimiz davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri 
bo'lib qoldi" (I, 3, 24). Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. A. Karimov 
uqtirganlaridek, "Ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plagan hayotiy 
tajribalari, diniy-axloqiy, ilmiy qarashlarini o'zida mujassam etgan nodir 
qo'lyozmalarni jiddiy o'rganish davri keldi" (I, 7, 4). Mumtoz adabiyotimiz 
tarixiga sezilarli iz qoldirgan ijodkorlarning asarlarini har tomonlama o'rganishga 
bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Mustaqillik yillaridan boshlab, o'zbek xalqining 
buyuk farzandi, adolatli shoh, iste'dodli shoir, salohiyatli muarrix Zahiriddin 
Muhammad Bobur (1483-1530) ning ijodiy me'rosini katta qiziqish bilan o'rganish 
ishlari olib borildi. Z. M. Bobur qalamiga mansub "Boburnoma" asari – jahon 
adabiyoti va manbaashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik, o'zbek adabiyotida 
dastlabki nasriy memuar va tarixiy ilmiy asar. Asar eski o'zbek (chig'atoy) tilida 
yozilgan. "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", 
"Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" nomlari bilan ham ma'lum. Boburning o'zi 
esa "Vaqoe" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan (II, 13, 41). "Boburnoma"da
1494-1529-yillarda Markaziy Osiyo, Afg'oniston va Hindistonda sodir bo'lgan 
tarixiy, siyosiy voqealar yilma yil o'ta aniqlik bilan bayon qilingan bo'lib, ular 
muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bog'liqdir. Bobur ijodining 
o'zgachaligi , "Boburnomaning nechog'lik tarixiy ahamiyatga ega ekanligi bu 
asarni yanada chuqurroq o'rganish vazifasini tug'diradi. Bobur merosini xalq 
ommasiga yetkazish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Shoirning boy 
she'riy merosi kitobxonlar ommasiga taqdim etilgan. Boburning serqirra ijodi 
bo'yicha diqqatga sazovor bo'lgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilgan" (II, 15, 
149)."Boburnoma" XVI asrdan boshlab hozirgi kungacha dunyoning ko'pgina 


tillariga – ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu tillariga bir 
necha martalab tarjima qilindi. Sharh, izohlar bilan nashr etildi "Boburnoma"ning 
jahonga mashhur bo'lishida, asosan, ingliz sharqshunoslarining xizmati katta bo'ldi. 
Yevropagina emas, balki jahonda birinchi to'liq nashri (ingliz tilida) 1826-yilda J. 
Jeyden va V. Erskin amalga oshirdi. 1921-yilda ingliz sharqshunosi A. Beverij 
"Boburnoma"ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Boburning 
she'riy merosini o'rganishda o'zbek olimlari ham salmoqli hissa qo'shdi (II, 43, 66). 
Professor Fitrat tomonidan tuzilgan "O'zbek adabiyoti namunalari" 
xrestomatiyasida "Boburnoma"dan parchalar, Boburning 31 g'azali, 2 masnaviy va 
28 ruboiysi keltirildi. Yuqorida zikr qilinganlar garchi, Bobur merosini 
o'rganishda ma'lum yutuqlar va siljish borligini e'tirof qilsada, hali Bobur hayoti va 
ijodiy faoliyati , memuar as
аr – "Boburnoma" ni atroflicha, to'laligicha o'rganish 
davr talabidir. 
Bobur ijodidagi yuksak cho'qqi "Boburnoma" bir necha bor 
kitobxonlar hukmiga havola qilingan. "Boburnoma"ning o'zbek adabiyoti tarixida 
tutgan munosib o'rni allaqachon hal qilingan bo'lsada, lekin adabiyotshunoslik 
fanining so'nggi yutuqlari va Vatanimiz o'z istiqloliga erishgandan so'ng 
"Boburnoma" ning ilgari to'laligicha o'rganilmagan qirralarini tadqiq etish 
san'atkor ijodini bir butun holda anglash va baho berish uchun zarurdir(II, 42, 130).
Hozirgi davrda jamiyatning ma'naviy rivojlanishida ijtimoiy-ruhiy 
muhitning poklanishiga e'tibor har qachongidan ham kuchaydi. Mirzo Bobur 
ayollik latofatini nihoyatda qadrlagan. Ana shu tuyg'u unga yuksaklik va 
oliyjanoblik baxsh etgan, o'z qadr-qimmatini baland tutishga odatlantirgan Bobur 
shaxsiga xos ayni fazilatlar ushbu kichik ishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ishi uchun "Boburnoma" asari tadqiqot manbai qilib olindi.

Yüklə 324,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin