ilmiy jurnallarda
ham Bobur hayoti va ijodi, "Boburnoma" asarining tahlili,
amaliy ahamiyati yuzasidan turli xildagi maqolalar chop etilgan va etilmoqda.
Bitiruv malakaviy ish maqsadi. Mirzo Bobur ko'ngliga juda yaqin bo'lgan
tuyg'ular, ayolning go'zalligi va fazilatlari "Boburnoma" sahifalarida yorqin aks
etgan. Boburning ayol qahramonlari, chuqur tafakkur egalari, tashqi chiroy ruhiy
dunyosining go'zal husniga mutanosib bo'lgan siymolardir. "Boburnoma" dagi
Istiqlol davri farzandlariga ibrat bo'ladigan ayni jihatlarini o'rganishni
kichik
tadqiqotimizning asosiy maqsadi qilib oldik.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
—
"Boburnoma" asosida ishlangan turli ilmiy asarlarning qisqacha tavsifini
berish;
—
Boburning go'zallik va nafosat timsoli bo'lgan ayollarga munosabatini
oydinlashtirish;
—
Asarda nomlari tilga olingan xotin-qizlarni tasnif qilish. Ularni
qaysi
shajaraga mansub ekanliklarini ko'rsatish;
—
Oliyjanob va saxiy qalb sohibi, Mirzo
Boburning xotin-qizlarga
munosabatini o'rganish orqali Bobur shaxsiyatiga xos
xususiyatlarni tadqiq
qilish ;
—
Boburning badiiy tasvirdagi mahoratini ochib berish.
Bitiruv malakaviy ishning yangiligi: Ushbu tadqiqotning
ilmiy yangiligi
quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:
1. Boburnoma"da keltirilgan ayollar timsoli ilk
bor maxsus mavzu sifatida
o'rganiladi.
2. "Boburnoma"da nomlari zikr etilgan ayollar ijobiy va salbiy xususiyatlariga
ko'ra ajratilib, alohida-alohida sarlavhalar ostida tahlil qilinadi.
3. "Boburnoma" muallifi talqinlaridan kelib
chiqib asarda nomlari tilga
olingan ayollar tasnif qilinadi.