1.2 ASARDA ILMIY VA BADIIY TALQIN UYG'UNLIGI
Boburning avlodlarga qoldirgan boy va bebaho ilmiy-adabiy
merosida
buyuk ajdodimizga jahoniy shuhrat keltirgan asari, shubhasiz, "Boburnoma"dir.
Bunday asar, odatda, muallifning davr-zamonga, o‘tmishga oid xotiralarini,
ko‘rgan va eshitganlarini ma’lum tartibga solib ifoda etishi natijasida
vujudga
keladi. Bu janrga xos asarlarda, ayniqsa, bo‘lib o‘tgan voqealarni birmuncha keyin
tasvirlovchi memuarlarda muayyan darajadagi badiiy chizgilarni, tarixiy
voqealarni bevosita aks ettirish bilan birga, umumlashtirib tasvirlash xususiyatini
ham ko‘rish mumkin. “Boburnoma” ana shunday murakkab tarkibli
memuar
asarlar qatoriga kiradi. Muallif uzoq muddat orasida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy
va tarixiy voqealarga ma’lum bir nuqtayi nazardan qaraydi va baho beradi. U
tasodifiy hodisalar, ikir-chikirlarni mumkin qadar qalamga olmaslikka, asosiy
voqealarni tanlash, saralashga katta ahamiyat beradi,
asarning badiiy ifoda
kuchini oshirishga harakat qiladi. Lekin asarda voqealar xronologik tartibda
bayon qilingani va unda XV asr oxiri –XVI asr boshlaridagi O‘rta Osiyo, Xuroson,
Afg‘oniston va Hindistonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy hodisalar tasvirlangani
uchun u boshdan-oyoq tarixiy xususiyat kasb etadi. Shu bilan birga, Bobur o'ziga
xos yo'nalishdan boradi. Bu boburona yo'nalishdir. Asarda tarixiylik, ilmiylik bir
xil chizgilarda borsa, badiiylik ham ulardan chetda
qolmagan holatda hamohang
yuradi. Biror-bir tarixiy voqeani asoslashda ,asosan, ilmiylikka murojaat etsa, shu
keltirgan tarixiy haqiqatning yanada ishonchli chiqishida badiiy unsurlardan
mohirona foydalanadi. Asarning boshlanishida sof tarixiy voqealarni yodga oladi.
O'sha davr ijtimoiy muhiti, toj-u taxt uchun kurashlar birma-bir bayon qilinadi.
Jumladan, asarda temuriy hukmdorlarning o‘zaro urush-talashlar oqibatida birin-
ketin mag‘lubiyatga uchrashi, shuningdek, Abusaid mirzo vafotidan keyin uning
o‘g‘illari (Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud va boshqalar) o‘rtasida
chiqqan janjallar, Bobur va uning amakivachchalari, beklarning o‘g‘illari
orasidagi nizolar, temuriylar bilan Shayboniyxon o‘rtasida Movarounnahr uchun
olib
borilgan qonli kurashlar, ayrim noqobil hukmdorlar saroyidagi aysh-ishrat,
fitnalar, shuningdek, buyuk sarkardaning o'zi tomonidan Afg‘oniston va
Hindistonning egallanishi, hind, afg‘on qabilalarining qarshiligi va ularning
bostirilishi-barchasi haqqoniy tarzda, o‘sha zamonga xos jimjimador va
balandparvoz tasvir uslubidan farqli o‘laroq, g‘oyat go‘zal, jonli yo‘sinda hikoya
qilinadi. Muallifning o‘zi bu haqda shunday deydi: “Chun bu tarixda andoq
iltizom qilibturkim, har so‘zning rostini bitilgay va har ishning bayoni voqeini
tahrir etilgay” (III, 48, 331).
Ma’lumotlarning ko‘pligi, aniq va to‘laligi, tarixiy voqealarning rostgo‘ylik
bilan bayon etilishi, xronologik
izchillik, ifodaning soddaligi va ravonligi
”Boburnoma”ning tarixiy va adabiy manba sifatidagi afzalliklari va jozibasini
yanada oshiradi. Bu jihatdan u ko‘pgina Sharq tarixchilarining kitoblaridan ustun
turadi.
Ma’lumki, Sharq muarrixlarining aksariyat kitoblarida tarixiy dalillar afsona
va rivoyatlar bilan bog‘lanib ketadi, qalamga olinayotgan
voqealar muallifning
podsho va hukmdorlarga bo‘lgan munosabatidan kelib chiqib tasvirlanadi,
birovlarni ataylab maqtab ko‘kka ko‘tarish, boshqa birovlarni esa kamsitib yerga
urish tamoyili ham ustunlik qiladi. ”Boburnoma”da esa bunday biryoqlama
qarashlarni ko‘rmaymiz, aksincha, unda ijtimoiy-siyosiy voqealar holis va izchil
tasvirlangani tufayli o‘sha davrdagi hukmron
tabaqalarning fazilat va
kamchiliklari ham aniq-ravshan aks etadi va o'rta asrlarning o‘ziga xos ayrim
xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Bularning barchasi ”Boburnoma”ni aniq
tarixiy dalillarga boy bo‘lgan beqiyos bir tarixiy asar deb aytishga asos beradi,
uning muallifi esa, avvalo, bilim va tafakkur doirasi juda keng bo‘lgan alloma
shaxs sifatida gavdalanadi.
Bobur "Boburnoma"dagi ba'zi voqealarni tasvirlar ekan, albatta, biror misra
g'azal yoki o'sha ta'riflanayotgan
kishining ijodidan bir misra, yoki biror xalq
og'zaki ijodining nodir namunalarini, yoinki o'sha muhitda yashayotgan xalqning
biror udumlarini misol keltiradi. Bu bilan yozilajak asarning badiiy qimmatini
oshirishga urinadi. Vatandan ayrilgandan so'ng chekkan iztiroblari, yor-u do'stlar
xiyonatlari aks etgan sahnalarda o'z ijodidan namunalar keltiradi. Jumladan,
"Boburnoma"da keltirilgan 1500-1501-yil voqealarida Samarqandning qo'ldan
ketishi bilan bog'liq voqealar , beklarning xiyonati quyidagi misrada o’z ifodasini
topadi:
"
Kim ko'rubtur, ey ko'ngul, ahli jahondin yaxshiliq,
Dostları ilə paylaş: