O'xshatilayotgan qip-qizil qon yanglig' g'unchani ijodkor o'z ko'ngliga o'xshatadi.
Sababi, ijodkor o'zini g'arib sezadi. Tug'ilib o'sgan ona tuprog'ini tashlab, o'zga
ellarda firoq
chekib yurishi, yaqinlarining xiyonati, musofirlik, muhojirlik shoir
Bobur qaddini bukadi. Uni ich-ichidan g'am chekishga mahkum etadi. Butun umr
Vatan sog'inchi bilan yashash kabi qismat uni aslo tark etmaydi. Ikkinchi misraga
e'tibor bersak, shoh va shoir Bobur nima deyayotganini tezda anglaymiz. Agar yuz
ming bahorlar qaytib kelsada ochilmog'i gumondir, chunki u yurtidan olisda.
Taqdirida yana Andijonga borish
nasib qiladimi, yo'qmi?, buni bilmaydi.
Kitobxonga shu narsa ayon bo'ladiki, ko'ngil qachon xotirjam bo'ladi? Inson
ko'ngli Vatanida tinch-xotirjamlikda, yaqinlari bag'rida, tani-joni sog'-salomatlikda
yashasagina shunda baxtiyor bo'ladi. Ammo bu kabi tuyg'u Boburga bir umrlik
armon bo'ldi. Chorasizlik dardiga mubtalo bo'ldi. Boburning vataniga qaytish
orzusi ushalmadi. Davlati va saltanati uni umr bo'yi chet elga bog'lab qo'ydi.
Binobarin u quyidagi misralarda yurt sog'inchi, Andijonga qaytib
bora olmaslik
armonini yurak qoni ila qog'ozga tushiradi.
Keldim bu sori o'z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo'qdur (III, 46, 32).
Ushbu misrada shohning yurtida mustahkam davlati yo'qligi, katta, mustahkam
davlatga ega bo'lganda esa yurti yo'qligini o'zining ixtiyori va ixtiyorsizligiga
buradi, shu sababli uni qayg'u va hasrat chulg'ab oladi. O'z orzusidagi
buyuk
davlatni o'z yurtida emas, begona yurtlarda qurganining alam nadomatlari uning
qator mungli she'rlarida, ruboiylarida o'z ifodasini topadi. Yaxshiyamki, Boburga
taskin beradigan ijodi va doimiy suyanadigan yaqinlari uning g'arib ko'nglini biroz
bo'lsada ko'tarishadi.
O'zga yurtda hukmdorlik qilganida ham doimo o'z yaqinlari: volidasi Qutlug'
Nigorxonim va sadoqatli navkari Qosimbekning foydali maslahatlariga quloq tutib
yurtni boshqardi. Mamlakatda adolat tamal-toshini o'rnatdi. Har ishni qilishda
bobosi Temur singari yo'l tutdi. Zero Temur o'z tuzuklarida shunday degan edi:
"Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu-sitam yo'lini to'sdim" (III, 53, 5).
Mirzo Bobur ham doimo bobosi pand-nasihatlariga amal qildi. Har bir ishni
qilishdan oldin ishonchli navkarlari bilan mashvarat qildi. Yoshi ulug' vazir-u
navkarlarining gaplariga quloq tutdi. O'zining "Vaqoe"sida har bir navkarining fe'l-
atvori, sadoqati, alohida xislati haqida to'xtalib o'tdi. 1507-1508-yil
voqealarini
tasvirlar ekan , tadbirli va siyosatli kishilar haqida o'z fikrlarini bayon etadi. Ya'ni
Samarqanddan Boburning iziga tushib, Hirotdan uni ta'qib etib, Qandahorda fath
etmoqchi bo'lgan
Shayboniyxon istagini, uzoqni ko'ra biladigan, ko'p yillik
tajribaga ega Qosimbek tezda fahmlaydi. Natijada hukmdori
Boburni zudlik bilan
bu xavfli yerdan ko'chirtiradi. Bu haqida muarrix quyidagi tarixiy faktlarni
keltiradi: ".... Shayboqxon Hiriydin tog' yo'li bila meni
Qandahorda xayol qilib,
Qandahor ustiga ilg'ar (yuradi), ushmuni (shuni) mulohaza qilib, Qosimbek
tajribaliq kishi muhassilliqlar (o'ljalar) bila Qandahordin bizni ko'churdi" (III, 48,
362). Yana yaxshi tadbirli Qosimbekka Boburning quyidagicha ta'rifi keltirilgan:
"Qosimbek chun hisob bilur (uzoqni ko'ra oladigan, ehtiyotkor) kishi erdi.
Qandahor navohisida ko'p turarimizni saloh (ma'qul) ko'rmay, ayta-ayta
muhassilliqlari bila ko'chturdi" (III, 48, 362). Buyuk muarrix Qosimbek haqida
tarixiy faktlarni keltirish bilan birga ozgina badiiylikka ham urg'u berib o'tgan.
Ehtiyotkor Qosimbek haqida bildirgan fikrlaridan
tashqari xalq tomonidan
bildirilgan quyidagi baytni ham keltiradi:
Dostları ilə paylaş: