2.BOB. "BOBURNOMA"DA AYOLLAR TASVIRI.
2. 1. ONA MEHRI VA VATAN MUHABBATI
Ona Vatan! Nima uchun Vatan so'zi ona so'zi bilan yonma-yon
ishlatiladi? Chunki, Vatan ham ona singari aziz, mehribon va qadrlidir. Inson
dunyoga kelmasidan avval onaning vujudida ulg'aysa, dunyoga kelganidan keyin
esa endi Ona Vatan quchog'ida unib o'sadi. Kishining tug'ilganda kindik qoni
to'kilgan yer uning Vatani hisoblanadi. Buyuk shoh, qalami o'tkir shoir Mirzo
Bobur ham bu ikki so'zni bir-biridan ayro ko'rmadi. Hamisha, har qadamda
volidasi Qutlug' Nigorxonim va Vatani Andijonning taqdirini bir deb bildi.
Oliyhimmat shoh qanchalik taqdir sinovlariga duch kelsa-da bir zum ham
Vatandan ayro xayolda yashamadi. Garchi o'zga yurtlarni fath etib, buyuk
boburiylar sulolasiga asos solgan bo'lsa-da, mo'’tabar yurti Andijon firoqida
yashadi. Boburning har bir kunida, harbiy yurishlarida, shodligida-yu musibatida
birga bo'lgan onasi Qutlug' Nigorxonim onalik muhabbati ila farzandining baxti-
kamoli uchun har jabhada qalqon bo'ldi. Farzandini chin dildan duo qilib, uning
baxt-u saodatini so’radi, bolasini barcha tashlab ketsa hamki, uni ham yomon, ham
yaxshi kunida qo’llab-quvvatladi. Bobur o'zining umr kitobi "Boburnoma"da ham
volidasi haqida o'z fikrlarini bayon etadi. Volidasining har qadamda unga yo'ldosh
ekanligini, taxtni boshqarishda ham buvisi va onasi unga davlat ishlarida bosh-
qosh bo’lganliklarini alohida e'tirof etadi. Qobulni egallaganga qadar qaysi
shaharlarda bo’lgan bo’lsa onasi Qutlug’ Nigorxonim uning yonida yurganini
quyidagi tarixiy haqiqatlarda bayon etadi: "... mening volidam-
Qutlug’Nigorxonim aksar qazoqliklarda va fatarotlarda mening bilan bir edilar.
Qobulni olg’ondin besh – olti oy so’ngra tarix to’qquz yuz o’n birida tengri
rahmatig’a bordilar" (III, 48, 241). Bundan ko'rinadiki, Qutlug' Nigorxonimda
onalik muhabbati har narsadan ustun. U hatto o'z tug'ishganlaridan yilar davomida
ayro yashasada, farzandi – jigargo'shasi Boburdan bir lahza ham bo'lak
yasholmaydi. Bobur onasi haqida yozar ekan, uning Toshkentda yurgan og'a-inilari
bilan uzoq judoliklarda yurgani, doim oilasi tinchligi uchun qayg'urganini, har
nafasda oila bag'ridan bir nafas bo'lsa ham chekinmaganini eslaydi. Qutlug'
Nigorxonimning turmush o'rtog'i Umarshayx Mirzoning sirli o'limidan so'ng
barcha qadrdon yor- birodarlarini ko'rolmagan edi. " Xonim xon bobom shunqor
bo'lg'oli onalari, inilari, singillarinikim, Shohbegim va Sulton Mahmudxon va
Nigorxonim va Davlat Sultonxonim bo'lg'aylar, ko'rmaydurlar edi. Muforaqat
imtidodi (judolik muddati) o'n uch-o'n to'rt yilga tortib edi, tuqqonlarini ko'rgani
Toshkandg'a mutavajjih bo'ldilar" (III, 48, 158). Demak bundan shunday xulosa
chiqarsak, Nigorxonim haqiqiy oqila ayol. Garchand farzandlarining otasi, turmush
o'rtog'i qazo qilsa ham, ayrim ayollardek ko'ngli o'zga yor-u do'stlar havasi bilan
yonmadi. Yurtning istiqboli, farzandlarining baxti-kamoli, onalik mehrining
ustunligi sababli, dilbandi Bobur Mirzoning kelajagi uchun har qancha
sargardonliklarni, firoq-u g'urbatni birga bosib o'tdi. Bobur umr kitobida
farzandlariga umrini baxshida qilgan oqila ayollarga, yurtiga, podshohiga sadoqat
saqlagan ayollarni alohida hurmat-e'tibor bilan tilga oladi. Vatanining tinchligini
zavol , farzandining jonini uvol , erga tegish havasi ustunlik qilgan Zuhrabegi og'a
singari ayollarni keskin qoralaydi. Bunday ayollarni ayol nomiga munosib
ko'rmaydi. Qandaydir bir havasni deb, yurtni g'animga berib qo'ygan bu kabi
ayollarni yana nima deb atash mumkin, axir? Zuhrabegi og'a asli Boburning
amakisi Sulton Mahmudning haramidagi ayollardan, Samarqand taxtidagi
shahzoda Sulton Ali Mirzoning onasi edi. Shayboniyxondek kuchli g'animning
Samarqanddek shahri azimning olishida shu beaql, kaltafahm ayolning "hissa"si
bor edi. Tafsiloti buki: "Sulton Ali Mirzoning onasi Zuhrabegi og'a bilmasligidin
va beaqllig'idin maxfiy Shayboniyxong'a kishi yiborur, bu mazmun bilakim,
Shayboniyxon ani olur bo'lsa, o'g'li Shayboniyxong'a Samarqandni berg'ay.
Otasining viloyatini olg'ondin so'ng Sulton Ali Mirzog'a berg'ay" (III, 48, 131).
Bunday xom xayolga berilgan ayolning qilmishidan nafaqat o'g'li balki, butun xalq
xarob bo'ldi. Temuriylarning Samarqandni tashlab, olis Kobul yurtlariga yo'l olishi,
umr bo'yi Hindiston tuproqlarida turib, Andijon firoqida yashashdek jabr-u sitamga
sababchi mana shu ayol bo'ldi. Mirzo Bobur bu haqda: "...bu bedavlat xotun chun
noqisi aql edi, erga tegar havosi bila o'g'lining xonumonin barbod berdi.
Shayboniyxon bir zarra parvo ham qilmadi, g'uma-g'unchachicha ham ko'rmadi"
(III, 48, 132). Shayboniyxondek zakovatli g'anim o'z jigargo'shasiga shunday
taqdirni ravo ko'rgan bu ayolni balki haram ayoli, cho'ri xizmatkorlaricha ham
ko'zga ilmaydi. Ya'ni Vataniga nisbatan qilingan xiyonat, oxir oqibat
Shayboniyxonga ham qilinajagini his etib, Zuhrabegini, Mansur Baxshi ismli bir
xizmatkoriga tortiq qiladi. Oqibat Zuhrabegi og'aning hayot kitobi Mansur Baxshi
qo'lida xotima topadi. Xo'sh, shu tobda haqli bir savol tug'iladi, bu ayolda onalik
mehri mujassam edimi, yoinki Vatanga sadoqat tuyg'usi ustun edimi?
Kishining yor-u do'stlariga qilgan xiyonatini kechirsa bo'lar, ammo tug'ilib
o'sgan Vataniga qilgan xiyonatini kechirib bo'ladimi? Axir Vatan muqaddasdir.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam aytganlaridek:
"Hubbul-vatani minal-imoni – Vatanni suymak imondandur" (III, 48, 43). Mirzo
Bobur ham butun umr shu Vatanni suydi, ardoqladi ammo, zolim falakning
gardishi bilan umr bo'yi shu Vatan firoqida yashadi. Andijonda dunyoga kelib,
taqdirning achchiq sinovlari tufayli hijron azobida umr kechirdi. Boburning
vatanga bo’lgan muhabbati cheksiz edi.. Bu muhabbatda iztirob, sog’inch, alam,
o’kinch, qaytish orzusi mujassam edi. Boburning vatanga bo’lgan muhabbati har
narsadan ustun edi. Otasidan ayrilgan kuni murg‘ak ko‘nglida kechganlarini
yuragining tubiga ko‘mib, birdan ulg‘aygan onlaridan, she’rga cho‘mgan armon
to‘la hayotidan hikoya qiluvchi "Boburnoma"da barcha dil tug'yonlarini bayon
qildi.
“…Farg‘ona viloyatiga o‘n ikki yoshda podshoh bo‘ldim”, deb boshlaydi kitobni
Bobur. Shu kundan qalbi gul Boburning boshi toshlarga urildi – u taqdir sinovlari
ichida sarson-sargardon yurdi: goh yengdi, goh yengildi, topganlarini yo‘qotdi,
izlaganini topdi va oxir-oqibat mungli bir haqiqatni anglab yetgach:
Dostları ilə paylaş: |