Da xotin qizlarga munosabat



Yüklə 324,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix17.06.2023
ölçüsü324,71 Kb.
#131939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
boburnomada xotin qizlarga munosabat

 
Kimki andin yaxshi yo'q, ko'z tutma ondin yaxshiliq" (III, 48, 135). 
Bu misradan ko'rininib turibdiki, o'z yurtidan, ona tuprog'idan ayrilgan shoh 
ishonchli beklar tomonidan qilingan xiyonatni aslo kechira olmaydi. Boshiga 
musibat tushganida hatto o'z ishonchli do'stlaridan ham yaxshilik kutmaslikni 
anglaydi. Xuddi shu yerda ilojsiz shoh Samarqandni tark etishi bilan, yaqin 
mulozim-do'stlarining o'g'ir damlarda unga qilgan muomalasidan ularning asl 
yuzini ko'radi. Yo'lda panoh istab borgan Fon begi haqida aytilgan quyidagi 
jumlalarda gap nima haqida borayotganligini fahmlaymiz: "...Fon maliki karam va 
saxovat va xizmatkorliq va insoniyat bila mashhur va ma'ruf edi... Bizg'a yetganda 
saxovat bila mashhur bo'lg'on malik xasis bo'lur, muruvvat bila mazkur bo'lg'on 
elning muruvvati unutular. Xisravshoh kim, saxovat va karam bila ma'ruf va 
mashhur edi. Badiuzzamon mirzog'a ne nav’ xizmatkorliqlar qilg'oni mazkur 
bo'ldi. Yana Boqi tarxong'a va o'zga beklarga asru ko'p insoniyat va baxshishlar 
ko'rsatti. Ikki navbat aning viloyatidin uburumiz (orqali o'tishga) voqe bo'ldi. 
Bizning abnoyi jinsimiz (xonadonimiz ahli) demayki, adno (eng past) 
navkarlarimizga qilg'on insoniyatni (odamgarchilikni) bizga qilmadi, balki 
navkarimizcha bizni ko'zga ilmadi" (III, 48, 135).
O'z yurtidan ayrilgan shoh endi Kobul sari yo'lga tushadi. Yo'lda uni 
qanchalik xavf-xatarlar kutishini bilib, tayyor turadi. Bobur mard. U ayni damda 
taqdirning berayotgan zarbalarini kulib qarshilaydi. Orqasidan ergashgan sodiq 
navkarlari bilan Qandahordan o'tib Kobul sari otlanadi. Bobur 1506-1507-yil 
voqealarini bayon qilar ekan, tarixiylik nuqtai nazaridan yondoshib, badiiylikka 
ham keng urg'u berib o'tadi. Qandahordan o'tish paytlarida kuchli qor yog'ib, yo'lni 
to'sganligi sababli yo'lboshlovchining yo'lni yo'qotib qo'yishi, havoning naqadar 
izg'irinligi, Boburning o'zi beligacha keladigan qorni tepib yo'l ochishida naqadar 
mashaqqatlar chekkanini o'ylab, "muddatul-umr muncha mashaqqat kamroq 


tortilib edi" (III, 48, 328), deya charx-u falakka murojaat etishi quyidagi o'tli 
misralar orqali tasvirlangan:
"Charxning men ko'rmagan javr-u jafosi qoldimu? 
 
 
 
Xasta ko'nglim chekmagan dard-u balosi qoldimi?" (III,48,329). 
Bundan ko'rinadiki, bir emas, ikki emas, uch marta Samarqandning qo'ldan 
ketishi, nafaqat Samarqand, balki Temur bunyod etgan Turon elidan batamom 
chiqib ketib, o'zga yurtlardan panoh topish o'g'irligi buyuk shohning qaddini 
bukadi. Bu holat "zolim" falakka qarab qilgan murojaatida aks etadi. 
Mirzo Bobur Kobulni fath etgandan so'ng, Kobulning jamiki geografik 
iqlimini, tog'u-adirlarini, viloyat-u tumanlarini, hayvonot-nabotot olamini o'zgacha 
chizgilarda batafsil bayon etadi. Mamlakatdagi aholining turmush tarzi haqida ham 
ma'lumot beradi. O'lkadagi Gulbahor, Boron, Choshtuba tog' etaklari haqida ilmiy 
faktlarni keltiradi. Bu geografik obyektning o'ziga xosligini alohida qayd etib 
o'tadi. Bahor oyida mulozimlari bilan shu hududlarga aylanishga chiqadi. Gulbahor 
tog'i etagida ochilgan qip-qizil lolalarni ko'rib hayratlanadi. Shu o'rinda bu lolalar 
haqida qisqacha ilmiy faktlar keltiradi: "... Bahorlar Boron yozisi va Choshtuba 
dashti va Gulbahor domanasi bisyor xo'b bo'lur. Sabzasi Kobul viloyatining o'zga 
yerlarig'a boqa, xeyli yaxshi bo'lur, turluk-turluk lolalar ochilur, bir qatla anvoyini 
buyurdimkim, sanadilar, o'ttiz to'rt nav’ lola chiqti" (III, 48, 343) hamda xalq 
tomonidan bu vodiy haqida berilgan ta'rifiy baytni keltiradi: 
Sabza-u gullar bila jannat bo'lur Kobul bahor, 
 
 
Xossa bu mavsumda Boron yozisi-yu Gulbahor (III, 48, 343). 
Bu turfa gullardan ilhomlangan nozik qalb egasi " ushbu sayr kelganda bu g'azalni 
tugatdim" (III, 48, 343) deya, o'z g'azalidan bir bayt keltiradi: 

Yüklə 324,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin