Kitob tuman xalq ta’limi bo‘limi



Yüklə 42,85 Kb.
səhifə1/2
tarix06.06.2023
ölçüsü42,85 Kb.
#126050
  1   2
Ichki va tashqi monitoring o\'tkazish 2022 noyabr



KITOB TUMAN XALQ TA’LIMI BO‘LIMI MUDIRINING BUYRUG‘I

22«11»2022 yil. 352-4-62-XT/2022-son




Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 11-oktabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringi tizimini yanada takomillashtirish va tashkil etish to‘g‘risida”gi 104-son buyrug‘i haqida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026- yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF- 134-son Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 146-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 11-oktabrdagi 313-son hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 11-oktabrdagi 104-sonli buyruqlarining ijrosini ta’minlash shuningdek, o‘quv tarbiya jarayonida ta’lim- tarbiyaning samarali usullari hamda umumta’lim fanlar bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishini doimiy nazorat qilish davlat ta’lim standartlari talablarini bajarilishi, o‘quvchilarning bilimi va ta’lim sifatiga ta’sir qiladigan omillarni aniqlash maqsadida


buyuraman:


  1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 11-oktabrdagi 313-son hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 11-oktabrdagi 104-sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilnsin.

  2. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining mazkur buyrug‘i bilan Kitob tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab Milliy o‘quv dasturi asosida axborоt texnоlogiyalardan foydalangan holda, standartlashtirilgan nazorat materiallari asosida tashqi va ichki monitoring jarayonlarini o‘tkazishi inobatga olinsin.

  3. Quydagilar:

umumta’lim maktablarda ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish bo‘yicha viloyat xalq ta’limi boshqarmasining ishchi guruh tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
umumta’lim maktablarda ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
umumta’lim maktablarda ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Umumta’lim maktablarda ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish bo‘yicha tuman xalq talimi bo’limining ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  2. Ta’lim sifati monitoringi bosh inspektor metodisti (A.Norov), bosh metodist (Z.Rahmonova)ga:

har chorak Milliy o‘quv dasturi asosida umumta’lim maktablarda davlat ta’lim standartlari va talablarining bajarilishi, o‘quvchilarning bilimi va ta’lim sifatiga ta’sir

qiladigan omillarni aniqlash maqsadida fanlardan standartlashtirilgan nazorat savollari bankini shakllantirish;
zarur hollarda ta’lim sifati monitoringini o‘tkazish uchun tayyorlangan materiallarni tajriba-sinov, validlik hamda ishonchliligini aniqlash uchun aprobatsiyadan o‘tkazish;
pedagoglarning kasbiy rivojlanishi hamda o‘quv metodik materiallardan foydalanish darajasining ta’lim sifatiga ta’sirini tahlil qilish;
xalqaro tajribalar asosida axborot texnologiyalardan foydalangan holda monitoring natijalariga ko‘ra ta’lim jarayonidagi bo‘shliqlarni aniqlash, metodik tavsiyalar ishlab chiqish va o‘quv jarayonini rivojlantirish;
ta’lim sifati monitoringi jarayonini sifatli, xolisona va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash choralarini ko‘rish vazifalari yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Ta’lim sifati jarayonlarini muvofiqlashtirish departamenti (L.Xo‘jaqulov), Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi(S.Sirojov) USAID xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda 2022-2023-o‘quv yili davomida 1-4 sinflar uchun o‘qish savodxonligi va matematik ko‘nikmalarni o‘rganishga oid tadqiqotlarni amalga oshirishi inobatga olinsin.

  2. Tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan o’tkazilgan monitoring natijalari qoniqarsiz bo‘lganda umumta’lim maktab rahbarlari va pedagoglariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash sifatida foydalanish qat’iy ravishda taqiqlansin.

  3. Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi (I.Ochilova) ushbu buyruqni bo’lim hodimlari va barcha ta’lim muassasalariga yetkazsin.

  4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish mudir o‘rinbosari Y.Muhammadiyev zimmasiga yuklatilsin.




Yüklə 42,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin