Da xotin qizlarga munosabat



Yüklə 324,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix17.06.2023
ölçüsü324,71 Kb.
#131939
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
boburnomada xotin qizlarga munosabat

Bu olam aro ajab alamlar ko'rdim, 
Olam eliding turfa sitamlar ko'rdim. 
 
Har kim bu "Vaqoye"ni o'qur bilgaykim, 
 Ne ranj-u, ne mehnat-u, ne g'amlar ko'rdim  (III, 49, 18). 
"Boburnoma ", avvalo, yetuk badiiy asar. Badiiy tasvirga xos talqinlar, 
voqea-hodisalarni butun voqeiyligi bilan kitobxon ko'z oldida gavdalantira olish, 
so'z ustida san'atkorona ishlash, uslub baquvvatligi – bu uslubning bir xususiyati 
fikran saxiylig-u ixcham bayon bo'lsa, ikkinchi xususiyati – o'zigagina xosligi va, 
eng muhimi, ta'sirchanlik ustuvorligidir. Bu asarning qimmati uning ko'p tillarga 
tarjimasi bilan bog'liq. Xususan, XVI asrdan boshlab hozirgacha dunyoning ko'p 
tillariga – ingliz, golland, fransuz, fors, nemis, italyan, rus, hind, urdu va boshqa 
tillarga tarjima qilindi. Sharh, izohlar bilan nashr etildi. Angliya, Amerika, 
Fransiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Afg'oniston, Turkiya, Yaponiya kabi 
o'nlab mamlakat olimlarining ilmiy tadqiqotlarida "Boburnoma"ning insoniyat 
yaratgan o'lmas obidalar qatorida alohida o'rinda turishi ta'kidlanadi. Shundan 
so'ng bu memuar asarni mufassal o'rganish ishlari boshlandi. Dastavval, Yevropa 
mamlakatlari bu asarni o'rganishda jonbozlik ko'rsatishdi. Sharq mamlakatlaridagi 
ijtimoiy tuzum va siyosiy ahvol "Boburnoma"ni o'rganishda biroz to'sqinlik qildi. 
"Asarning jahonga mashhur bo'lishida, asosan ingliz sharqshunoslarining xizmati 
katta bo'ldi. Yevropadagina emas, balki jahonda birinchi to'liq nashri (ingliz tilida) 
1826-yili J. Leyden va V. Erskinlar tomonidan amalga oshirildi. F. Talbot esa 
mazkur nashr asosida 2 marta (1878-1909) uning qisqartirilgan nashrini chop etdi.
1921 yilda ingliz sharqshunosi Anetta Beverij "Boburnoma"ni mustaqil suratda asl 
nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina, Angliyaning o'zida "Boburnoma" tarjimalari 
9 marta nashr etildi.
Yevropa ilmi ahliga “Boburnoma”ni birinchi marta 
tanishtirgan olim Vitsen bo`ldi. U 1705 yilda asardagi Farg`ona vodiysi 
geografiyasiga oid tasvirlarni tarjima qilib, Amsterdamda nashr ettirdi" (II, 43, 68).
Biroq Boburning Yevropadagi chinakam shuhrati roppa –rosa yuz yildan 
keyin XIX asr boshlarida qaror topdi. Bu ishda ingliz sharqshunoslarining xizmati 
katta bo`ldi. Ular asarni tarjima qilib, nashr ettirishdan tashqari, uni tadqiq etish, 


Bobur hayotini, shaxsiy qobiliyatlari Yevropa tadqiqotchilarini hayratda qoldirgan 
edi. Bobur siymosida ular ulkan sarkarda, mohir davlat arbobi, dilbar va dilkash 
insonni ko`rdilar. 
Tarixshunos Elfinston Boburni “Sharqning Yuliy Sezari” deb ataydi. 
Leyn Puul bo`lsa: “o`z portretini chizishdagi samimiylik, fazilat va 
kamchiliklarini haqqoniy tasvirlash, ochiq ko`ngillilik va rostgo`ylik ”ni 
Boburning ajoyib xislati deb tariflaydi. “Boburnoma” tarjimoni Erskin esa bunday 
deb yozadi, “Bobur xarakterining mislsiz belgisi uning boshqa muldorliklarnikiga
o`xshamasligidir. Osiyo tojdorlaridagi dabdaba , sun`iy xarakter o`rniga bizning 
ko`z oldimizda Boburning xarakteri tabiiy, hayotni sevuvchi, samimiy bo`lib
gavdalanadi" (II, 41, 8-9). 
Bobur taxtda o`tirishiga qaramay, oddiy turmushning eng yaxshi tuyg`ularini 
va ishtiyoqini o`zida saqlab qoldi. Osiyo hukmdorlari orasida Bobur singari genial 
va talantli kishilar kamdan-kam uchraydi. Uni aqlning aktiv faoliyati, 
xushchaqchaq sovuqqonlik va bevafo taqdirning nayranglariga qaramay ruhining 
tetikligi…saxovati, mardligi…fanga , san`atga muhabbati va ular bilan 
muvaffaqiyatli shug`ullanishi kishini hayratda qoldiradi. 
Boburdagi bunday fazilatlar avvalambor uning genial asari “Boburnoma”da 
aks etgandir. “Boburnoma” Osiyoda yagona, chinakam tarixiy tasvir namunasidir. 
Bobur har bir odamning tashqi ko`rinishi, kiyimi, ta`bi-odatini ifoda etadi va
mamlakatlarni ularning iqlimi, peyzajini, xo`jaligini, san`at va hunarmandchilik 
asarlarini tasvirlab beradi. Lekin asarga muallif xarakterining o`zi eng ko`p joziba 
baxsh etgan”, deb yozadilar I. K. Singh va U.Benderdji (II, 42, 137). 
“Boburnoma”ni ingliz tiliga tarjima qilgan Jon Leyden va Vilyam Erskinlar 
bir-biridan bexabar holda ish boshlagan edilar. B. Erskin fors adabiyoti bo`yicha 
bir qancha tadqiqotlar muallifi , Britaniya muzeyidagi ko`pgina qo`lyozmalarini 
to`plagan va o`rgangan atoqli sharqshunos edi, doktor Leyden esa fors tildan 
tashqari yana eski o`zbek tilini va hind tilini o`zlashtirgan bilimdon shaxs bo`lgan. 
Har ikki tarjimon ham “Boburnoma” bilan Hindistonda tanishganlar va uni o`sha 
yerda tarjima qilishga kirishganlar. 


B.Erskin Abdurahimxon ibn Bayramxonning forsiy nusxasi asosida tarjimani 
1811 yildan boshlab, 1817 yilda oxiriga yetkazdi. A. S. Bevirij xonim aytganidek, 
Erskin “yevropalik boburshunoslar ichida pioner edi”, u “dunyo kitobxonlari” 
oldida katta xizmatni ado etdi (II, 44, 312). Biroq Erskin tarjimani nashr ettirishga 
shoshilmaydi, bu orada u doktor J. Leyden ham “Boburnoma”ni inglizchaga 
o`girganini eshitib qoladi va bu tarjima bilan tanishishga oshiqadi . 
J.Leyden bevaqt vafot etib, tarjima oxiriga yetkazilmay qolgan. Erskin 
Leyden tarjimasini qo`lga kiritib, o`ziniki bilan solishtirib chiqish maqsadida, 
Londonga xat yozadi. Leyden tarjimasining o`zinikidan katta farqi borligini 
ko`rgan Erskin hayron qoladi; nima qilganda ham, Leyden originaldan o`girgan 
edi-da! Erskin tarjimalarni batafsil solishtirib, ish davomida konstekstga mos 
kelmaydigan joylarni tuzatib, puxtalab boradi.
Shu orada u “Boburnoma”ning turkiy originalini Elfinstondan so`rab oladi va 
ishning hammasini solishtirib chiqishni niyat qiladi, chunki Leyden chig`atoy 
turkiy tilini yaqin orada o`rganganligi sababli tarjimaning ko`p joylarida sahv 
joylari bor edi. Shuning uchun ham Erskin diqqat va ehtiyotkorlik bilan turkiy va 
forsiy variantlarni solishtirib chiqadi. “Shunday qilib,”Boburnoma”ning qolgan 
qismini turkiy original, forsiy tarjima va Elfinston orqali janob Metkalfdan olgan 
nusxalar bilan solishtirib, ishni oxiriga yetkazdim” , deydi (II, 44, 313).
V.Erskinning aytishicha, Metkalf nusxasi eng ishonchli manba bo`lib 
hisoblanadi. “Mening chig`atoyi turkiydan olgan bilimim “Boburnoma”ni 
originalidan o`girishga yetarli emas edi,-deb yozadi tarjimon, - shuning uchun 
forscha manbaga ko`proq tayanib ish ko`rdim. Baxtga qarshi Leydenga yordam 
bergan turk, ”o`zbek tili” mutaxassisi Ganj Elfinstondan turkiy originalni 
olgunumcha , Bombeydan ketib qolibdi, shu tufayli sodiq do`stim Mulla 
Feruzning yordamiga tayanib, turkiy tekstni ko`rib, tarjima bilan solishtirib 
chiqishga muyassar bo`ldim. O`ylaymanki, tarjima kamchiliklardan xoli bo`ldi” 
(II, 44, 314).
Bu faktlar tarjimonning o`z ishiga qanchalik mas’uliyat bilan qaraganligi, 
“tarjimonning ilmiy aniqlikni ta`minlash uchun nechog`lik ko`p mehnat 


sarflaganligini ko`rsatadi. V. Erskinning niyati faqat “Boburnoma”ni ingliz 
kitobxoniga tanishtirishgina emas, u asl nusxa o`rnini bosadigan darajada puxta, 
ishonchli inglizcha variantni yaratishni ko`zlab, ish ko`rgan. Chuqur ilmiy ijodiy 
mehnat mevasi bo`lgan bu tarjima haqiqatan muvaffaqiyat qozondi va 
mutaxassislarning tahsiniga sazovor bo`ldi. Chunonchi, sharqshunos Lord Jefrey 
deydi: “Erskin o`z tarjimasiga ajoyib hoshiyalar ilova qilgan, tekst ostidagi 
tushuntirishlarni ham mohirona ham shoirona bajargan” (II, 43, 66). Elfinston esa 
tarjimaning puxtaligi haqida to’lqinlanib bunday yozgan edi: ”Tarjima xuddi 
originaldagi singari uslubi jozibador, xuddi asliga qarab rasm olganday”. Shunday 
qilib, V. Erskin J.Leyden tarjimasini qayta ishlab chiqib, ishni oxiriga etkazadi va 
“Boburnoma” Leyden-Erskin tarjimasi nomi bilan 1926 yilda Londonda chop 
etiladi. Ayniqsa, tarjimaga yozilgan kirish so`z va muqaddima qismlari juda katta 
ilmiy qiymatga molikdir. Bundan kitobxon “Boburnoma”ga oid qiziqarli 
materiallar, tanqidiy tekst tuzish uchun olib boriladigan izlanishlar, qadimiy 
ishonchli nusxalar, “Boburnoma” bilan shug`ullangan sharqshunos olimlar 
to`g`risida keng ma`lumot olish mumkin. Erskin bu nodir asarni tiklashda ko`p 
manbalarga suyangan. Hofizxon Muhammad Hoshim, Henri Rassel, Vilyam Mayl
kabi sharqshunos olimlarning kitoblaridan, ayniqsa, E. Davning “Boburning 
hayoti” va sharqshunos Jon Brig bergan maslahatlaridan unumli foydalanilgan. 
Lekin asosiy yordamni u tarixchi Elfinstondan olgan. Shu tariqa u katta 
qiyinchiliklarni yengib, butun aqlu-zakovatiini ishga solib, “Boburnoma”ning 
inglizcha variantini vujudga keltirdi.
O`zbek nasrining XVI asrdagi betakror go`zal namunasi bo`lgan 
“Boburnoma” ko`plab sohalarga doir bilimlarni qamrab olgani bilan shu turda 
yozilgan boshqa asarlardan ajralib turadi. Unda muallif o`z ko`zi bilan ko`rgan, 
eshitgan real voqea va hodisalarni ishonchli manbalarga asoslangan holda 
keltirgan. Bu haqda Bobur mirzoning o`zi bunday deydi: "Bu bitilganlardin g`araz 
shikoyat emas, rost hikoyatturkim, bitibturmen. Bu mastur bo`lg`onlardin maqsad 
o`zning ta’rifi emas, bayoni voqei bu edikim, tahrir etibturmen. Chun bu tarixda 


andoq iltizom qilibturkim, har so`zning rostini bitilg`ay va har ishning bayoni 
voqeini tahrir etilgan" (III, 48, 303). 
“Boburnoma”dagi ma’lumotlar shu qadar ishonchliki, undan keyin yaratilgan 
mashhur “Haft iqlim” va Ravzatul-jannat”dagi butun-butun boblar (masalan, 
Qobul va Qandahorga bag`ishlangan) “Boburnoma”ga to`liq mos keladi, ya’ni 
undan olinganligi aniq. Mirzo Bobur keltirgan ma’lumotlarning aniq va 
ishonchliligini XX asr boshida Afg`oniston haqida tadqiqot olib borgan rus 
olimlarining axborotlari ham tasdiqlaydi" (II, 36, 34).
V.V.Bartold o`zining mashhur “
Иран. Исторический обзор” nomli asarida 
“Boburnoma”dagi ma’lumotlarga yuksak baho berib yozadi: “…jug`rofiy tasvirlar, 
masalan, Farg`ona hamda Samarqand va uning tevarak-atroflari tasviri haqli 
ravishda qadimiy deb tan olinadi” . XVI asr tarixi, madaniyatini, o`rganishda 
“Boburnoma”ning ishonchli manba ekanligini yana bir qator mutaxassis ham 
ta’kidlagan (II, 21, 3). 
Asarda Hindiston chuqur bilimdonlik bilan shu qadar aniq tasvirlanganki, 
“Hindiston haqida Abu Rayhon Beruniydan keyin hech bir o`zbek olimi bunday 
mukammal asar yaratmagan edi”. “Hindiston” asaridagi ma’lumotlarni faqatgina 
“Boburnoma”dagi ma’lumotlar bilan solishtirish mumkin, xolos. 
Shu aytilganlarning o`zidanoq “Boburnoma”ning mislsiz qomusiy asar 
ekanligi ayon bo`ladi. Yuz yillar davomida turli xalq va elatlar tomonidan mazkur 
kitobning atroflicha va chuqur tadqiq etilishi, tarjima qilinishi hamda qayta-qayta 
nashr etilishi, jahon xalqlarining bu asarga qiziqishining tobora ortib borayotganini 
bildiradi. “Boburiylar o`zlarini Temuriylar davri madaniyatining merosxo`ri, 
davomchilaridan deb bildilar. Movaraunnahr va Xurosonda Temuriylar davlatini 
taraqqiyparvar mohiyatini birinchi bo`lib ochib bergan I. M. Mo`minov 
boburiyzodalar haqida bunday deb yozgan:“…ayniqsa, Hindistondagi Bobur va 
Akbarshohlar O`rta Osiyoda Temur davrida qaror topgan ekonomika va 
madaniyatni rivojlantirish bilan bog`liq eng yaxshi an'analarni davom ettirdilar” 
(II, 38, 34).


Yevropa tarixiy manbalarida va uning ta’sirida Sharq mamlakatlari, xususan 
Hindiston va Pokistonda hamda Rossiyada Boburiylar saltanatini “Buyuk 
Mo`g`ullar imperiyasi “deb atash bir udumga aylangan. Boburiylarga nisbatan 
ushbu nomning xato ekanligini olimlar allaqachon isbotlab berganlar. “Buyuk 
mo`g`ullar” degan ibora Chingizxon va undan keyingi mo`g`ul qoon (xoqon)lari 
(Uktoy qoon, Guyuk qoon, Munka qoon)ga taalluqli bo`lib, Boburiylar aslida 
Zahiriddin Muhammad Bobur avlodlaridir” (II, 38, 35). 
V.V.Bartold ham mazkur nom haqida bunday degan: "Yevropaliklar 
Temurni va uning o`g`illari hamda nabiralarini mo`g`uldan tarqalgan deb hisoblab, 
Bobur saltanati uchun “Buyuk mo`g`ullar” degan nom to'qidilar" (II, 38, 35).
Samoylovich esa Bobur Mirzoni "buyuk turkiy" deb atagan. Boburiylar 
sulolasi haqida risola muallifi J.Yusuf ham "Boburiylarning mo'g'ul deb atalishi 
ajib bir tasodifdir" deydi. Taniqli adabiyotshunos Ibrohim G'afur esa boburiylar 
mo`g`ul emaslar, bu "…tarixiy anglashilmovchiliklardan bittasi" deb aytgan edi 
(II, 38, 35). Hozir olim va adiblarning sa’y-harakatlari tufayli tarixiy haqiqat 
tiklandi, deb aytish mumkin hamda buyuk ajdodlarimiz endi "Boburiylar" deb, ular 
asos solgan saltanat esa "Boburiylar saltanati" deb atalmoqda.
"Boburnoma"ning yozilgan davridan uning shuhrati yanada oshdi. Chunki bu 
asar turli tillarga shu davrning o'zidayoq tarjima qilindi. Xususan, asarning fors 
tiliga tarjima qilinishida muallifning o'zi bosh-qosh bo'ldi.
"Boburnoma"ni fors 
tiliga tarjima qilishning birinchi tashabbuskori Boburning o`zi bo`lib,u hayot 
vaqtidayoq o`z asarini fors tiliga tarjima qilishlarini so`ragan edi.
Bu orzu amalga oshirildi. Hozir "Boburnoma" ning to'rtta forsiy tarjimasi 
ma'lum. Bu ishga birinchi bo`lib qo`l o`rgan kishi “Shayx Zaynuddin“/Shayx
Zayndir.
Shayx Zayn Boburning mirzasi bo`lgani uchun, uning farmonlarini
o`z tarjimasiga ilova qilgan.
Shayx Zayn tarjimasi 932-933/1525-1526/ yillar orasidagi o`n bir oylik 
voqealarni qarab oladi. Bu tarjimaning ikkita nusxasi Britaniya muzeyida
saqlanmoqda. Ikkinchi forsiy tarjima Hasan Poyandaxon degan kishi tomonidan 


boshlangan bo'lib, Muhammadquli Hisoriy uni davom ettirgan va 1585 yilda 
oxiriga yetkazgan.
Biroq tarjimaning Bodleyn fondida va Hindiston tashqi ishlar ministirligi 
qo'lyozmalari fondida saqlanayotgan mavjud nusxalari asarni to'la qamrab 
olmaydi. Akbarshoh zamonida uning topshirig'i bilan "Boburnoma"ni Mirza 
Abdurahimxon ibn Bayramxon fors tiliga to'la tarjima qilgan bu tarjima ancha 
mukammal bo`lib, uslubi tarzi ,jihatidan asl nusxaga yaqin edi. 
Shuning uchun ham asarning bu tarjimasi ”ikkinchi original” sifatida tan 
olinadi va unga ko`proq etibor beriladi. Agar Shayx Zayn va Hasan Poyanda
tarjimalarida rasmiy adabiy forsiy til talablariga amal qilingan Boburning o`ziga 
xos tili bir muncha o`zgartirilib, mavjud tarixiy memuarlar uslubiga 
moslashtirilgan bo`lsa, Abdurahimxon sodda, turkona adabiy tilning 
xususiyatlarini saqlashga intiladi. 
Shuning uchun bo`lsa kerak , “Boburnoma”ning fransuz tarjimoni Pave de 
Kurteyl Abdurahimxon ishi haqida bunday yozgan edi: “Fors tiliga qilingan 
tarjima ko`pincha kitobxonga katta qiyinchilik tug`diradi. Uning uslubi, ayniqsa, 
turkiy so`zlarning ko`pligi, gohida to`lig`icha keltirilgan turkiy she`rlar, 
e`tiborsizlik fors kitobxonini qiyin ahvolga solib qo`yadi” (II, 24, 608). Aslini 
olganda, talay terminlar, harbiy so`zlarni sal turkcha holida berishga tarjimon 
majbur bo`lgan edi, negaki “Boburnoma” dagi ko`pgina so`zlar, iboralar, 
istilohlarning sof forsiy muqobilini topish mushkuldir. Abdurahimxon tarjimasi 
asarnig Sharqda keng tarqalishiga yo`l ochdi va Yevropa sharqshunoslarining
diqqatini jalb etdi. Mazkur tarjimaning chiroyli ,miniatyuralar bilan bezatilgan 
nusxalari London, Parij, Leningrad, Kalkutta kutubxonalarida saqlanmoqda. 
"Boburnoma" 1912 yilda Tog`aymurod Qarluqiy tomonidan to`rtinchi 
marta fors tiliga o`girildi. Bu tarjimaning bir nusxasi Abu Rayhon Beruniy 
nomidagi O`zbekiston FA Sharqshunoslik instituti qo`lyozmalar fondida 
saqlanmoqda. O'zbekistonlik va jahon olimlari sa'y-harakatlari, zahmatli ko'p asrlik 
mehnatlari tufayli Z. M. Bobur shaxsi butun barkamolligi bilan tarixiy va adabiy 
siymo sifatida baralla qad ko'tardi. Fanda boburshunoslik va 


"Boburnoma"shunoslik yo'nalishlari yaqqol sezilib qoldi. Buyuk istiqlol shoh va 
shoir Bobur bo'y-bastini, uning oltinga teng nodir qo'lyozmalarini o'z eliga baralla 
namoyish qilishning yangi-yangi imkoniyatlarini yaratdi. Mustaqillik va milliy 
g'oya olimlarga boburshunoslikda o'ziga xos qanot berdi. Bobur ijodiga xos ilmiy 
yangiliklar, qomusiy asar "Boburnoma"ni o'rganish dastavval Yevropalik olimlar 
tomonidan o'rganilgan bo'lsa, keyinchalik O'rta Osiyolik olimlar ham Bobur 
ijodidagi o'zgachalikni aniqlashda sezilarli hissa qo'shdilar.
Boburning O'zbekistonda tanilishi, "Boburnoma"ning o'rganilishida 
olimlardan: Abdurauf Fitrat, Maqsud Shayxzoda, Homil Yoqubov, Oybek, Olim 
Sharofiddinov, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, Aziz Qayumov, Vohid 
Abdullayev, Natan Mallayev, Botirxon Valixo'jayev, Xosiyat Nazarova, Hamidulla 
Hasanov, Said Aliyev, Aleksandr Samoylovich, Iya Stebleva, Mixail Salye, 
Sabohat Azimjonova, Saidbek Hasanov, Abdurashid Abdug'afurov, Yoqubjon 
Is'hoqov, Ibrohim Haqqul, Turg'un Fayziyev, Fozila Sulaymonova, Fathiddin 
Is'hoqov, Hasanjon Qudratillayev, Ismoil Bekjon, G'aybulla Salomov, Ne'matulla 
Otajonov, Ansoriddin Ibrohimov, Rahim Vohidov, Hamidulla Boltaboyev, Iqboloy 
Adizova, G'afurjon Sotimov, Zokirjon Mashrabov, Sayfiddin Jalilov, adiblardan 
Pirimqul Qodirov, Xayriddin Sultonov, Qamchibek Kenjaning xizmatlari qayd 
etgulikdir.
Boburning she'riy merosini o'rganishda O'zbekistonlik olim, Professor Fitrat 
tomonidan tuzilgan "O'zbek adabiyoti namunalari" xrestomatiyasida 
"Boburnoma"dan parchalar, Boburning 31 g'azali, 2 masnaviy 28 ruboiysi o'rin 
oldi. Filologiya fanlari nomzodi M. Salye "Boburnoma" ni rus tiliga to'la tarjima 
qilinishi, 3 marta nashr ettirilishi (S. Azimjonovaning kirish so'zi va tahriri ostida), 
P. Shamsiyev va S. Mirzayevlar tomonidan "Boburnoma"ning ikki jildli va bir 
jildli nashri chop etilishi, bundan tashqari, "Boburnoma"ning o'zbekcha tabdilini 
yaratishda salmoqli hissa qo'shgan Vahob Rahmonov va Karomat 
Mullaxo'jayevalarning boburshunoslikda qilgan xizmatlarini alohida e'tirof etish 
ayni maqsadga muddaodir. Yana bu sohadagi bir qator ilmiy izlanishlar natijalarini 
qayd etsak, jumladan, Sabohat Azimjonova va Aziz Qayumov Bobur asarlarining 


uch jildligini e'lon qilganliklari; Porso Shamsiyev va Sodiq Mirzayev 
"Boburnoma" ning ilmiy-tanqidiy matnga yaqinlashtirilgan mukammal nusxasini 
nashr etganliklari, Saidbek Hasanov Boburning "Mufassal" nomli yirik aruz 
tadqiqotini "Muxtasar" nomi ostida aslining fotofaksimil nusxasini va matnini kirill 
harflarida nashrga tayyorlab chop ettirgani, Iya Steblevaning "Bobur g'azallari 
semantikasi" tadqiqotining yaratilgani, Salohiddin Jamolovning "Boburnoma"ning 
badiiy xususiyatlari, Xosiyat Nazarovaning "Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari 
uchun qisqacha lug'at", Sabohat Azimjonovaning “Boburning Kobul va 
Hindistondagi davlati", G'aybulla Salomov va Ne'matulloh Otajonovning 
"Boburnoma jahon kezdi" kitoblarining olam yuzini ko'rgani boburshunoslikda 
qo'shilgan ilmiy hissalardan bo'ldi. 
Buyuk Istiqlol shabadalari esgan bir davrda Bobur ijodiga va "Boburnoma" 
ga xos ilmiy yangiliklar, ilmiy kitoblar, badiiy asarlar, yuzlab maqola, o'nlab risola, 
monografiyalarning chop etilishini alohida qayd etishga to'g'ri keladi (III, 49, 52) .
Hasanjon Qudratillayevning "Bobur armoni", "Boburning davlatchilik siyosati va 
diplamatiyasi", Rahim Vohidovning "Biz bilgan va bilmagan Bobur", Iqboloy 
Adizovaning "So'zimni ko'rub anglag'aysen o'zumni…", Ansoriddin Ibrohimov- 
ning "Boburnoma" – buyuk asar", "Boburnoma"dagi hindcha so'zlar", G'ofurjon 
Sotimovning "Boburiyzodalar", "Markaziy Osiyo va Hinduston tarixida 
Boburiylarning o'rni", "Boburiylar saltanatida davlat boshqaruvi", Sayfiddin 
Jalilovning "Bobur va Yuliy Sezar", "Bobur haqida o'ylar", Fathiddin Is'hoqovning 
"Boburnoma" uchun qisqacha izohli lug'at", Shokirjon Rustamxo'jayev va Zuhra 
Berdiyevalar tuzgan "Bobur va boburiylar bibliografiyasi", Ziyodaxon 
Teshaboyevaning "Boburnoma"dagi frazeologik birikmalar va paremiyalarning 
inglizcha tarjimalari lug'ati", Zokirjon Mashrabov va S. Shokarimovning "Asrlarni 
bo'ylagan Bobur", Aziz Qayumov va Saidbek Hasanovning "Bobur ijodiyoti", 
Dildora Hoshimovaning "Boburning qiyoslash mahorati", Qamar Raisning " Bobur 
shaxsi va she'riyati", Shafiqa Yorqinning "Bobur devoni. Takmila"; Komron 
"Devon" I (ilmiy-tanqidiy matn), Gulbadanbegimning "Humoyunnoma", Harol 
Lambning "Bobur – Yo'lbars", Xondamirning "Habib us – siyar fi axbori afrodi 


bashar", Muhammad Haydar Mirzoning "Tarixi Rashidiy" asarining o'zbek (2010) 
va rus (2013) tilidagi to'liq nusxalari nashri, Rumer Godenning "Gulbadan" 
romani, Pirimqul Qodirovning "Bobur, Avlodlar dovoni" romanlari, Xayriddin 
Sultonovning "Boburning tushlari", "Saodat sohili", "Boburiynoma" qissalari va 
ma'rifiy romani, Qamchibek Kenjaning "Hind sorig'a", "Buyuklar izidan", 
"Andijondan Dakkagacha", " Andijondandan Bag'dodgacha" safarnomalari, 
Durbek Qo'ldoshevning "Imperatorning tug'ilishi", "Shaxrisabz xayoli" shular 
jumlasidandir. Ushbu boburshunoslikdagi ilmiy-ma'rifiy yutuqlarning so'nggi 
haddi a'losi "Zahiriddin Muhammad Bobur" ensiklopediyasi bo'ldi (III, 49, 33-37). 
Qancha yillar o'tsada "Boburnoma" o'zining ilmiy-amaliy ahamiyatini 
yo'qotmaydi. Aksincha, har bir ilmiy izlanishlar natijasida yangi bilimlar, 
yangicha yo'nalishlar vujudga kelaveradi. Shuning uchun ham, "Boburnoma" tarix 
saltanatidagi gavhar tojdir. Ingliz tarixchisi Elfinston ta'biri bilan aytganda: " 
Bobur xotiralarda buyuk turkiy podsholarning hayoti batafsil tasvirlangan, uning 
shaxsiy his-tuyg'ulari har qanday mubolag'a va pardalashlardan xoli. Uning uslubi 
oddiy va mardona, jonli va obrazli. U o'z zamondoshlarining qiyofalari, urf-
odatlari va intilishlarini, qiliqlarini oynadek ravshan tasvirlaydi. Shu jihatidan 
"Boburnoma" chinakam tarixiy tasvir namunasidir." (II, 35, 8-9). 
 

Yüklə 324,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin