Da xotin qizlarga munosabat



Yüklə 324,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix17.06.2023
ölçüsü324,71 Kb.
#131939
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
boburnomada xotin qizlarga munosabat

Zani bad dar saroyi mardi nako', 
Ham dar in olam ast do'zaxi o'. (Sa'diy)
Tangri hech musulmong'a bu baloni solmag'ay. Yomon xo'yluq (fe'lli), kajxulq 
xotun ilohiy olamda qolmag'ay" (III, 48, 284). Mirzo Bobur bu ayolning naqadar 


badxulqligini aytib, so'zining isboti sifatida Shayx Sa'diydan bir bayt misol 
keltiradi. Bizga Sa'diyning "Guliston"idan ayonki, muallifning o'zi ham bir necha 
yil umrini badfe'l ayol bilan o'tkazgan, ko'p aziyatlar chekkan. Fors tilida yozilgan 
bu baytning tarjimasiga e'tibor qaratsak, undagi hayotiy haqiqatni tezda anglaymiz. 
Yaxshi er uyida yaramas xotin, 
 
 
 
Shu dunyoda erning do'zaxi tayin. (III, 49, 171)
Buyuk muarrix so'zining oxirida Tangri hech musulmonga bunday baloni 
solmasin, yomon xotin ,iloho, olamda qolmasin deya o'z so'ziga yakun yasaydi. 
– Xotinlaridan yana biri, Cho'libegim bo'lib, u Ozod beklarining qizi edi. 
Husayn Boyqaroning Sultonimbegim ismli qizi undan tug'ilgan. Bobur bu qiz 
haqida quyidagicha yozadi: " Xeyli so'z bilur erdi. So'zga mungi yo'q (so'zga 
chechan ) erdi " (III, 48, 282).
Yana biri, Shahrbonubegim edi. Boburning bobosi Sulton Abu Said 
Mirzoning qizi bo'lib, Husayn Boyqaro taxtni olgandan so'ng bu ayolni olgan edi. 
Eriga itoatsiz, kalondimog' bu ayol xususida Bobur shunday deydi: " Chekmon 
urushida mirzoning jami haramlari mihaffadin (taxtiravondan) chiqib otqa 
minganlarida bu inisining e'timodig'a (ukasiga ishonib) mihaffadin chiqmagan va 
otqa minmagan. Muni Mirzog'a yetkururlar, bu jihatdin Shahrbonubegimni qo'ydi 
va singlisi Poyanda Sultonbegimni oldi " (III, 48, 284). Bundan chiqdiki, Sulton 
Husayn Boyqaroning uchinchi ayoli Poyanda Sultonbegim. Bu ayol Boyqarodan 
to'rt qiz farzand ko'rgan. Sultonbegimning ham taqdiri xuddi opasi singari baxtli 
lahzalardan mosuvo bo'ldi. Sababi opa-singil temuriylardagi kibr-havo, manmanlik 
hislarining ustunligi edi. Poyanda Sultonbegimning hayot yo'lini Bobur 
quyidagicha bayon etadi: "O'zbak Xurosonni olg'ondin so'ng, Poyanda 
Sultonbegim Iroqqa bordi. Iroqda g'aribliqda naql qildi (vafot etdi)" (III, 48, 284).
Mirzo Bobur Sulton Husayn Boyqaroning to'rtinchi ayoli borasida o'zining 
keskin fikrlarini bayon etadi. Chunki, muarrix tasvirlayotgan bu ayolda na ayollik 
nazokatini va na onalik nafosatini ko'ra oladi. Qalamga olinayotgan ayol 
Xadichabegim bo'lib, avval Sulton Abu Said Mirzoning g'unchachisi bo'lgan. 
Mirzodan Oqbegim ismli bir qizi ham bo'lgan. Iroqda Sulton Abu Said Mirzo 


yengilgandan so'ng Hirotga keladi. Bobur bu ayol hayotini quyidagicha tasvirlaydi: 
"…Hiriyga keldi. Hiriyda Sulton Husayn mirzo oldi va sevdi, g'unchachiliq 
martabasidin begimlik martabasig'a taraqqiy qildi. So'ngralar xud asru (bosh 
begim) ixtiyor bo'lub edi. Muhammad Mo'min Mirzoni aning sa'yi bila o'lturdilar. 
Sulton Husayn Mirzoning o'g'lonlari yog'liqtilar, ko'praki muning jihatidin edi. 
O'zini oqil tutar edi, vale beaql va purgo'y (vaysaqi) xotun edi, rofiziya ham 
ekandur" (III, 48, 285). Otani o'g'ildan, o'g'ilni otadan ayirishga uringan, 
Badiuzzamon Mirzoning suyukli farzandidan judo ettirgan bu kabi beaql ayolni 
yana nima deb atash mumkin? Sulton Husaynning g'unchachisidan begimlik 
martabasiga erishgan, keyinchalik saroyda bosh begim bo'lib olgan bu ayol o'z 
mansabidan foydalanib Sultonning nevarasi Mo'min Mirzoning bevaqt hayotdan 
ko'z yumishiga sababchi bo'lgan.
Mirzoning yana bir ayoli Opoqbegim edi. Undan hech o'g'il va qiz bo'lmadi. 
Mirzoning suyukli xotini Popo og'acha buning ko'kaldoshi edi. O'g'il-qizi 
bo'lmagani uchun Popo og'achaning o'g'illarini o'g'lidek asrardi. Mirzoning xastalik 
chog'larida ko'p yaxshi xizmat qilardi. "Ayollardan hech kim buncha xizmat qila 
olmasdi. Men Hindustonga keladigan yili Hirotdan keldi. Men ham qo'ldan 
kelgancha ta'zim va ehtirom qildim. Chanderiyni qamal qilganda xabar keldiki, 
Tangri rahmatiga boribdi" (III, 49, 172). Mirzo Bobur asarda bu ma'suma ayol 
xususida bir talay ijobiy so'zlarni aytadi. Bu kabi ayollarning eriga bo'lgan vafosini 
alohida sharaflaydi. Har to'kisda bir kamchilik bo'lganidek, taqdirida ona bo'lish 
baxti chopmagan Opoqbegim, qaynoq taftida onalik mehri jo'sh urganligi sababli 
ko'kaldoshi Popo og'achaning farzandlarini oq yuvib, oq taraydi.
Mirzoning suyukli ayollari qatorida yana bir ayol bu – Popo og'achadir. 
Husayn Mirzo uni ko'rib, sevib oldi. Bu ayol Mirzodan besh o'g'il, to'rt qiz ko'rdi. 
Yana bir ayoli Minglibiy og'acha bo'lib, u o'zbak edi. Shahrbonu begimga 
qarindoshligi bor edi. Abuturob mirzo, Muhammad Husayn mirzo, Faridun Husayn 
mirzo va yana ikki qizning onasi edi.
Husayn Boyqaroning haramidagi ayollardan tashqari unga tortiq qilingan 
cho'rilari ham bor edi. Cho'rilaridan biri Latif Sulton og'achadir. Mirzoning 


o'g'illari Abulmuhsin mirzo va Kepak mirzo shu ayoldan tug'ilgan edi ,– deya izoh 
beradi buyuk muarrix. 
Husayn Mirzoning yana bir ayoli Begisulton og'acha bo'lib, undan o'g'il-qiz 
bo'lmadi. Bundan tashqari, Mirzo Bobur Husayn Boyqaro ahli ayollarini tasvirlar 
ekan, so'zi oxirida quyidagilarni qayd qiladi: "Yana kichik-kirim cho'ri, g'unchachi 
ko'p edi. Xotinlari va cho'rilaridan mo'tabarlarini zikr etdik.
Buni qarangki, Sulton Husayn Mirzodek ulug' podshoh, Hirotdek islom 
shahri podshohining bu o'n to'rt o'g'lidan uchtasi nikohdagi ayollaridan tug'ilgan 
edi. Fisq-u fujur o'zida, o'g'illarida va el-ulusi orasida juda keng tarqalgandi. 
Ushbularning kasofatidan, shunday ulug' xonadondan yetti-sakkiz yilda bir 
Muhammad Zamon mirzodan o'zga nom va nishon qolmadi" (III, 49, 172). Mirzo 
Bobur temuriylarning eng e'tiborli vakili Sulton Husayn Boyqaroning butun 
saltanati fahsh, aysh-ishratga nihoyatda mukkasidan ketganligi va shunday ulug' 
xonadondan deyarli hech zot qolmaganligini aytadi. Asar bilan to'liq tanishib 
chiqqan har bir kitobxonga shu narsa ayon bo'ladiki, muallif nihoyatda chinchkov. 
Taqdirdan kelayotgan har bir zarbalarning yuzaga kelish tub mohiyatini to’zg'i 
anglaydi va kitobxonga har bir bosilayotgan egri qadamning javobi albatta 
berilajagini tarixiy voqealarga tayanib, isbotlab o'tadi. 
Mirzo Bobur o'z asarida ayollar dunyosiga, ularning mamlakatda tutgan 
mavqeyiga hamda bu nozik xilqat egalarining mislsiz talofatlar, urush va 
to'qnashuvlarning oldini oluvchi buyuk timsol sifatida qaraydi. Sababi, asrning bir 
necha o'rinlarida tarixiy haqiqatlar ochil berilgan. Asarning 1495-1496-yil 
voqealarida Sulton Mahmud mirzoning Xonzodabegimdan bo'lgan katta qizini, 
Abu Said mirzoning Poyanda sulton begimdan bo'lgan Haydar Mirzoga olib berib 
o'zaro yarash bitimini tuzadilar. Bu bitim tufayli Hisor aholisi bo'lagigan tala-to'p 
urushlardan xalos bo'lib, mamlakatda sozandalar to'y-tomosha kuylarini chalishadi. 
Demak, fikrimizga shunday yakun yasasak, sharq xalqlarida azaldan ayol 
zotiga o'zgacha nazar tashlangan. Mirzo Bobur ham ayollik latofati-yu malohatini 
alohida lutf ila qadrlagan. Bu nozik xilqat egalariga alohida ehtiromlar ko'rsatgan. 
Bu undagi o'ziga xos odamoxunlik xususiyatlardan biridir.


XULOSA
Zahiriddin Muhammad Bobur o'zbek mumtoz adabiyotining XV asrda 
yashab ijod etgan buyuk namoyondalaridan biridir. Bobur qalamiga mansub 
"Boburnoma" asari XVI asr o‘zbek nasrining eng qimmatli namunasidir.
Bu asar mazmun e'tibori bilan qomusiydir. Unda Markaziy Osiyo, O'rta 
Osiyo, O'rta Sharq va Hindiston o'lkalarining tarixi, etnografiyasi, adabiyoti va
etnik qatlamlari tabiati, o'simliklar va hayvonot dunyosi tili adabiyotiga oid 
qimmatli va ishonarli ma'lumotlar jamlangan. Bu shoh asarda adib Boburning 
yuksak badiiy mahorati, sodda va tushunarli til uslubi, uning o'ziga xos betakror 
go'zalligi o'z aksini topgan. Asarning bosh qaharamoni Zahiriddin Muhammad 
Boburning o'zi. Uning hatti-harakati, amalga oshirgan ishlari, maqsad va 
intilishlari, ularni amalga oshirishdagi qat'iyat va mahorati asar qahramonini ideal 
qahramon darajasiga ko‘taradi.
Boburning eng muhim tomoni shuki, u o‘z asari bo'lmish "Boburnoma"ni 
turkiy (eski o‘zbek tilida) yaratilganligi adibning o‘z ona tili rivojiga qanchalik 
e'tibor qaratganligidan dalolat beradi. Shu bilan birgalikda, Boburning 
"Boburnoma" asari o'zbek adabiy tili tarixini o'rganishda ham noyob manbalardan 
biri sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
"Boburnoma"ni sinchiklab o'qish jarayonida shunday xulosaga kelish 
mumkinki, "Boburnoma"ni o'qigan kitobxon ilm – fanning juda ko'p sohalari 
bo'yicha qimmatli ma'lumotlar olishi bilan birga, Zahiriddin Muhammad 
Boburning nihoyatda murakkab, ayni paytda sarkarda sifatida mard – jasur, inson 
sifatida jozibador, ota sifatida farzandlari uchun mehribon – fidoiy qalbning porloq 
siymosini yaqqol tasavvur qiladi. Shu jihatdan Hindistonning atoqli jamoat arbobi 
Javoharlal Neru’ning "Hindistonning kashf etilishi" asarida Bobur haqida aytgan 
quyidagi so'zlarini keltirish o'rinlidir: "Bobur dilbar shaxs uyg'onish davrining tipik 
hukmdori, mard va tadbirkor odam bo'lgan. U san'atni, adabiyotni sevardi, 
hayotdan xuzur qilishni yaxshi ko’rardi".


 Bobur o`zining ma`lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik 
shoir va ijtimoiy masalalar yechimiga o'z hissasini qo`shgan olim sifatida 
xalqimiz ma'naviy madaniyati tarixida munosib o'rin egallaydi. "Boburnoma"da 
keltirilgan ma'lumotlar ichida katta ahamiyatga ega bo'lgan muallifning 
shajarasidir. Chunki kitobxon temuriyzodar haqidagi zarur ma'lumotlarni shu 
asardan oladi. "Boburnoma"da keltirilgan har bir shaxs tarixiy fakt asosida, hech 
qanday o’zgartirishlarsiz, bo'rttirishlarsiz, ortiqcha jimjimadorliklardan xoli 
tarzda asarga kiritilgan. Boburning ona tomondan ajdodlari, ota tomondan 
ajdodlari ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Muallif ularni ketma- ket joylashtirib 
ismlarini keltiradi, zarur hollarda ularga ta'rif berib, ular bilan bog'liq har bir 
voqeaga urg'u berib o'tadi. Umarshayx mirzo, Qutlug' Nigorxonim, Eson 
Davlatbegim, Xonzodabegim hamda Mirzo Bobur o'z farzandlarini asarning turli 
o'rinlarida alohida boblarda ta'riflaydi. 
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev yuksak ma’naviyatli avlod uchun jon 
kuydirayotgan bir davrda Boburning hayoti va ijodi yuksak namuna maktabi bo'la 
oladi, desak also mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Buyuk Boburning asarlari 
,jumladan, "Boburnoma" o'zining butun malohati, nafosati, tarovati bilan 
yurtdoshlarini vatanga muhabbat ruhida, go'zallikka, ezgulikka da'vat ruhida 
tarbiyalaydi. Bobur asarlarining tarbiyaviy ahamiyati asrlar o'tsa ham also 
pasaymaydi.  
Biz ishda Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub "Boburnoma"dagi 
pokziynat vujudlar, samimiy qalb egalari – ayollarga xos berilgan turli ta'rif-u 
tavsiflarni, ular sha'niga bitilgan turli sharhlarni imkon darajasida tahlil qilishga 
harakat qildik. Asarda nomlari keltirilgan ayollar bilan yaqindan tanishdik. Tahlil 
jarayonida ayollarning qaysi shajaraga mansub ekanligini aniqladik. Mirzo 
Boburning shu nomlarini zikr qilgan ayollariga munosabatini tahlillar jarayonida 
kuzatdik. Muallif tomonidan ayrim ayollarga bildirilgan yuksak ehtiromni ko'rib, 
Mirzo Boburning mahorati a'lo darajada ekanligining guvohi bo'ldik. Asarda bayon 
qilinayotgan biror voqeaning isboti, tasvirlanayotgan biror hududda istiqomat 
qiladigan ayol xilqatiga mansub zotlarga xos turli urf-odat, udumlarning tavsifi 


yoinki, asarda qalamga olinayotgan temuriy hukmdorlarga tegishli ahl-u ayollarga 
bildirilgan xolisona fikrlarni soda, tushunarli jumlalarda kuzatdik va mazkur bitiruv 
malakaviy ishini yozishda quyidagi xulosalarga keldik:
1. Bobur o’zbek adabiyotining buyuk namoyandasidir. 
2. "Boburnoma" mavzusi jihatdan rang – barang tusda yozilgan nodir adabiy 
manbaa. 
3. "Boburnoma" voqeaviyligi, tarixiy davr imkon qadar yoritilganligi bilan 
ajralib turadi. 
4. "Boburnoma" da ijtimoiy hayotning turli manzaralari tasvirlangan. 
5. "Boburnoma"da ayollar tasviri juda mahorat bilan tasvirlangan. 
6. Bobur tomonidan ayollarga bildirilgan fikrlarning mazmuni teran. 
7. Ayollar muallif tomonidan bildirilgan ijobiy yoki salbiy fikriga ko'ra
qiyosan tahlilga tortilgan. 
8. Asarda keltirilgan ruboiylarining tili tushunarli va aniq. 
9. Bobur "Boburnoma" bilan o'zbek adabiyotshunosligini yana bir pag'ona
yuksakka ko’tardi. 
10. "Boburnoma" nihoyatda samimiyligi bilan kishini o’ziga tortadi. 
Xullas, Zahiriddin Muhammad Boburning shaxsiyati, shajarasi,va avlodlarini 
o'rganish yo'lida ushbu nodir asar eng katta tarixiy, yozma manba hisoblanadi.

Yüklə 324,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin