INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI
ISSN (E) 2181-2993
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
296
www.birunijournal.uz
“YULDUZLI TUNLAR” ROMANIDA TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY
TO‘QIMA
HAMIDOV Mirolimbek
FarDU katta o’qituvchisi,
filoloiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
KOMILOVA Xurshidaxon
FarDU 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-296-303
ANNOTATSIYA
Maqolada Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romani va
“Boburnoma” asari qiyos etilgan. Bobur shaxsiga xos xususiyatlar ochib
berilgan.To‘qima obraz va voqealar izohlangan.
Kalit so‘zlar: tarixiy roman, personaj, badiiy to‘qima, mahorat, Bobur obrazi, tarixiy fakt,
haqiqat.
ABSTRACT
The article compares Pirimkul Kadyrov's novel "Starry Nights" and
"Boburnoma". Characteristic features of Babur's personality are
revealed. Textile image and events are explained.
Key words: historical novel, character, artistic texture, skill, image of Babur, historical fact,
truth.
KIRISH (Introduction)
O‘zbek romanlarida tarixiy
shaxslar talqinida hayotiylik, haqqoniylik asosiy
mezon hisoblanadi. Shuningdek, ularda tarixiy haqiqat badiiy haqiqatga qay darajada
aylanganligi, avvalo, yozuvchilarning mahoratiga,
dunyoqarashi va manbaalarga
yondoshish uslubiga bog‘liqdir. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov qayd
etganidek: “Tarixiy romanda ilmiy haqiqat bilan badiiy haqiqatning munosabati
g‘oyat nozik va munozarali masala. Adabiyot
tarixida shunday asarlar borki, ular
ilmiy jihatdan asoslangan tarixiy faktlarga to‘la mos keladigan xujjatlarga tayanib
yozilgan… Ayni zamonda shunday tarixiy asarlar ham borki, ularda umuman hayotiy
haqiqatga tayanilmagani holda yozuvchi xayoloti – fantaziyasi orqali tarixiy faktni
qayta idrok etish muhim o‘rin tutadi, tarixiy hodisalar, shaxslar muallif badiiy niyati
asosida o‘zgacha talqin etiladi. Adabiyot tarixida bunday misollar ko‘p.
Navoiy
dostonidagi Iskandar tarixiy shaxs Aleksandr Makedonskiydan keskin farq qiladi.
Mariya Styuartni Shipler o‘zgacha, Volter Skott boshqacha, Stefan Sveyg yana
o‘zgacha talqin etadi… Shaxsan men tarixiy asarda yozuvchi xayoloti – fantaziyasiga