O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
I BOB. Odil Yoqubov romanlarida tarixiy haqiqat va badiiy to`qima. 1.1.Odil Yoqubov zamonaviy o‘zbek nasrining yirik namoyandasi. Adibning o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi.
1.2. “Ko‘hna dunyo” asarida Ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy siymolarining aks ettirilishi.
1.3. “Ulug‘bek xazinasi”da tarixiy shaxslar obrazlarining yoritilishi.
II.BOB. Odil Yoqubovning romanlarida zamonaviylikning o‘ziga xos uslubi va obrazlar yaratishdagi badiiy mahorati. 2.1. “Diyonat” romanida davr muammolari.
2.2. “Adolat manzili” asarida Suyun Burgut obrazi.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotimizda ulkan o‘zgarishlar, tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda har bir shaxs buyuk o‘tmishimizni yaxshi bilgan holda kelajagimiz ravnaqi uchun eltadigan eng oqilona yo‘llardan borish talab qilinadi. Bunday oqilona yo‘lda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganidek, “Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegalari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik muhitini taʼminlash uchun muhim poydevor boʻldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi”.1. O`zbekiston mustaqilligi o`zbek adiblari oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‘ydi. Badiiy ijodda qalam tebratayotgan ijodkorlarning so`zi millatning ijtimoiy-siyosiy ongini, ma’naviy, axloqiy dunyoqarashini shakllantirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Biz atoqli adib Odil Yoqubov ijodining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rnini tadqiq qilishga qo‘l urar ekanmiz, adib ijodiga mansub asarlarning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasini ko ‘rsatish, bundan tashqari ulkan ajdodlarimiz hayoti va faoliyati, ularning ruhiyatida kechgan muqaddas tuyg‘ularning yozuvchi asarlarida qay darajada aks ettirilganligini ochib berish kurs ishining dolzarbligini belgilaydi.