1.1.Odil Yoqubov zamonaviy o‘zbek nasrining yirik namoyandasi. Adibning o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan hissasi. Odil Yoqubov - oʻzbek sovet adabiyotining yirik vakillariidan biridir Dastlabki asari - “Tengdoshlar” qissasi 1951-yilda eʼlon qilingan. Yoqubov mohir tarjimon, munaqqid, publitsist. Uning Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov va boshqalar ijodiga bagʻishlangan adabiy portret va maqolalari bor. Asarlari chet tillarga, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillariga tarjima qilingan.
Ustoz Ozod Sharafiddinov Odil Yoqubov va u kishining asarlari haqida
quyidagi fikrlarni yozib qoldirgan:
“Men cheksiz mamnuniyat bilan ta’kidlashim mumkinki, do‘stim Odil Yoqubov ham o‘z ijodi davomida bir qancha eskirmaydigan, vaqt- soati o‘tganday ko‘rinsada, kitobxonning koriga yaraydigan asarlar yaratish
baxtiga miyassar bo‘lgan adibdir.”4 Odil Yoqubov adabiyot maydoniga kirib kelganiga yarim asrdan oshdi. Tabiiyki, bu yillardagi ijod nog‘ora karnaylar sadosi ostidagi g‘olibona
yurishdan iborat bo‘lgani yo‘q. Unda xatoliklar ham, pasayishlar ham bo‘ldi,
ba’zan esa asarlarida hukmron mafkura tazyiqida yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar
ham mavjud. Albatta, bunday nuqsonlarni pesh qilib to‘ydan keyin nog‘ora
chalib, xinalar qo‘yib Odilning nechog‘lik “yomon” bo‘lgani haqida ham
yayrab gapirish mumkin. Lekin men baxil odam emasman –birovning
kemtikligidan yayrab semirib yurish odatim yo‘q, bundan tashqari o‘zim
farishta emasmanki boshqalarni chalg‘itib yuraversam. Yo‘q, men boshqa bir
narsaga guvohman – Odil Yoqubov eng og‘ir sho‘ro yillarida ham xalq dardi
bilan yashaganini, ona yurtining kelajagi va baxtini orzu qilganini imkon
qadar shu yo‘lda qalam tebratganining guvohiman.5 Yoqubov ijodi haqida adabiyotshunoslar Matyoqub Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, Leonid Terakoyan, Umarali Normashov, Norboy Xudoyberganov, Botir Norboyev va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlari qilishgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977), Doʻstlik”(1994), “El-yurt hurmati” (1998) ordenlari bilan mukofotlangan.
Keyinchalik yozuvchi “Muqaddas”, “Tilla uzuk”, “Bir felyeton qissasi”, “Larza”, “Qanot juft boʻladi”, “Matluba”, “Izlayman”, “Billur qandillar” kabi pishiq qissalar eʼlon qildi.
Odil Yoqubovning “Er boshiga ish tushsa...”, “Oq qushlar, oppoq qushlar”, asarlari oʻzbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin boʻldi. Odil Yoqubov qalamiga mansub “Chin muhabbat”, “Olma gullaganda”, “Yurak yonmogʻi kerak”, “Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim”, “Fotihi Muzaffar yohud bir parivash asiri”, “Bir koshona sirlari” kabi dramalar oʻzbek teatrchiligi tarixida muhim ahamiyat kasb etadi.6 Odil Yoqubov keyin ham samarali ijod qilishda davom etdi. Uning “Ulug`bek xazinasi” va “Diyonat” kabi romanlari o`zbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa bo`lib qo`shildi. Adibning ba‘zi bir kichik asarlari ham adabiyotimiz xazinasidan mustahkam o`rin olgan. Fikrimiz dalili uchun “Muzqaymoq” hikoyasini keltirishimiz mumkin. Yarim xotira, yarim hikoya tarzida yozilgan bu asarda butun umri davomida sho`roga halol xizmat qilgan va buning evaziga “xalq dushmani” degan unvonni olgan otaning unutilmas siymosi chizilgan. Bu odam o`z ishiga shunday fidoiylik bilan berilganki, hatto necha martalab sevimli farzandiga muzqaymoq olib berishga ham fursat topa olmagan. Bir insonning bunday alamli taqdiri haqidagi sahifalarni o`qiganda qalbimiz titrab ketadi. Analitik tasvirga moyillik adib ijodida yetuk realizmga xos yana bir
fazilatning shakllanishiga olib keldi – uning qahramonlari murakkab tabiatli
shaxslarga aylana boshladi. Shaxsga xilma-xil tomondan yondashish, hodisaning ham musbat, ham manfiy tomonlarini yodda tutishga intilish,
odamni osongina “yaxshi” va “yomon” ga “ijobiy” yoki “salbiy” qahramonlarga chiqarib qo‘yishdan o‘zini tiyish, inson qalbini his etgan holda qalam tebratish –adib ijodining yo‘nalishini ko‘rsatib beradi. O‘zbek prozasi balandda uchib borayotgan bir qush desak, Odil Yoqubov bilan Primqul Qodirov uning ikki qanotiga o‘xshaydi, - deydi. Taniqli adabiyotshunos olim va “Sharq yulduzi” bosh muharriri Pirmat Shermuhammedov – “Bularsiz nomimiz ko‘rimsiz, kambag‘al va g‘arib bo‘lib qolar edi. Odil Yoqubov ijodida yana shunday o‘ziga hos bir janr bu nutq deb atalib, ijodkor hayotida muhim o‘rin tutadi. Adibning bu nutqi o‘sha paytda butun Rossiya imperiyasi bo‘ylab yoyilgan. O‘zbek adibining bunchalik g‘ayratiga kerak bo‘lsa, qahramonligiga qoyil qolingan edi. Agar adibning barcha ijod mahsullarini, tarozining bir pallasiga
qo‘yilsa bu nutq-tarozining ikkinchi pallasidan joy oladi. Lekin shunda ham
ikkinchi palla og‘irlik qiladi. Adib ham buni bor ta’kidlab, “Agar barcha
asarlarimni almashtirish imkoni bo‘lganda shu nutqqa almashtirmoqchi
ekaligini aytib o‘tadilar”. “Ba’zan katta-katta kitoblar qilolmagan ishni jimitgina bir nutq qilishi mumkinligiga, minbardan turib aytilgan so‘z yurakdan otilib chiqsa, boshqa odamlar qalbidan ham unitilmas iz qoldirishga imon keltirgan edim”, - deb yozadi. Taniqli ustoz buyuk inson Ozod Sharafiddinov o‘zining “Nutq yoxud hayotining yulduzli onlari” maqolasidir. Bu maqola Odil Yoqubovning mashhur nutqiga bag‘ishlangan bo‘lib, ijodkorning qanchalik jasorat ko‘rsatganining guvohi bo‘lamiz. Bu nutq ko‘pchilik yurtdoshlarimiz tomonidan intizorlik bilan kutilayotgan edi. Har kimga ham butun millat nomidan gapirish ishonib topshirilavermaydi. Odil Yoqubovga shunday mas’uliyatli vazifa ishonib topshirilgan edi. 80-yillarning oxiri Rossiyaga qaram barcha mamlakatlardan deputatlari yig‘ilgan, butun omma e’tiboridagi yig‘in bo‘lmoqda. Adib so‘zga chiqishni 3 kun kutdi, nihoyat uzoq kutilgan fursat yetib keldi. Odil nutqini boshidan boshlamadi. Sho‘ro zamonida katta kichik gapiriladigan nutqining ichki qurilishi muayyan qolipga tushib qolgandi. Odatda nutqni muqaddimadan boshlash kerak edi, ya’ni avvalo partiyaga qulluq qilmoq, keyin erishilgan yutuqlarning olamshumulligini aytish va umuman, 3-4 og‘ir bo‘lsada xushomad gapalarni aytish, hamd-u sanolarga o‘rin berish, shundan keyingina “ammo tarixiy yutuqlarimizga qaramay” degan gapdan keyingina asosiy masalaga mumkin edi. Odil gapni po‘stkallasidan boshladim. U o‘ziga ajratilgan vaqt g‘oyatda tig‘iz ekaninig aytdi-da, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbek dehqonining ahvoli haqida hikoya qila boshladi. Lekin bu gaplar odatdagi “oq oltin” yaratgan. “Oltin qo‘llar” to‘g‘risida yoxud o‘zbek dehqonining bag‘ri kengligi, saxovat peshaligi, mehnat sevarligi haqidagi allaqachon medaga tegib ketgan gaplar emas. Notiq qisqagina qilib, mamlakatning paxta mustaqilligini ta’minlashda o‘zbek paxtakorlarining o‘ta qashshoq va nochor ahvolda yashayotganini, qorni ovqatga, usti kiyimga yolchimayotganini ayta boshladi. Yillar moaynida kuniga 12 soatdan, ba’zan esa undan ham ko‘proq, dam olish, ta’til degan narsalarni bilmay mehnat qilgan dehqon bugun o‘ta shafqatsiz tarzda eksplutatsiya qilinmoqda. “Bir kilo paxtaning kamida erkaklarning ikkita ko‘ylagi” chiqadi. Bu ko‘ylaklar 50 so‘m (o‘sha vaqtning narxida) turadi. Dehqonga esa 1 kilo paxtasi uchun atagi 50 tiyin haq to‘lanadi! Notiq: Bunaqa haq to‘lash mislsiz talonchilikdan o‘zga narsa emasligini zalda o‘tirganlar osongina tasavvur qilishi mumkin edi. Bu nutq davomida yana shunday isbot talab qilmaydigan faktlar keltirildiki, butun zal sukutda edi.
Bu gaplar zaldagilarning ko‘pchilik uchun mudhish bir yangilik bo‘layotgani sezilib turar edi. Chunki bizning matubotimizda, radio, televideniyada ko‘p yillardan beri faqat yolg‘on yashiq havoyi gaplar aytilar, o‘zbek dehqonining “qo‘shiq aytib quvonch bilan” mehnat qilishi madh etilar edi, lekin haqiqiy ahvol to‘g‘risida biror og‘ir ro‘yi-rost gap aytilmas edi. Minbardan esa borgan sari odamning badanini junjuktiradigan, yuraklarni zir titratadigan haqiqatlar yog‘ilmoqda.
Ayniqsa, so‘nggi 2 yil ichida 500 ga yaqin kishi o‘ziga o‘t qo‘yib nobud bo‘lgani aytilganda zaldagilar larzaga tushdi. Bu mashaqqatlar yetmaganday, so‘nggi yillarda “o‘zbek ishi” degan narsa o‘ylab topilganini qattiq qaralib, notiq o‘z xalqining vijdoni pokligini, haloligini aytdi. Xullas, sho‘rolar tuzumi yetmish yildan beri dehqonni quldan battar ezib kelganini endi esa uning ahvolidan mutlaqo xabar olmay, qirilib ketishga mahkum etgaini g‘azab bilan gapiradi.
Nutqni eshitib turib, qo ‘rqqanidan miyamda bir fikr charx urdi – men bu nutq qurultoy arafasida besh-olti kun mobaynida tayyorlangan bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edim. Endi o‘ylasam, bunaqa teran mukammal nutqni besh olti kunda tayyorlash sira mumkin emas. Albatta, nutqni qog‘ozga tushirmoq uchun, ehtimol, 3 kun va hatto 2 kun ham kifoya qilmog‘i mumkin, ammo baribir, bunday nutqlar odatda butun umr davomida yoziladi. Odilning butun hayot yo‘li, 40 yillik ijodi, shu yillar mobaynida boshidan kechirgan jamini murakkabliklar, chekilgan iztiroblari shu nutqqa olib kelishi muqarrar edi.
Bu nutqning ibtidolari, ehtimol, olis bolalik yillariga borib tarqalgai
uchun o‘g‘liga muzqaymoq olib berolmay armonda ketgan otaning
anduhlari, “xalq dushmanining o‘g‘li”deb yakka maxov qilib qo‘yganlarida
murg‘ak qalbida bir umrga cho‘kib qolgan alamlari zuhur etgandir. Odil butun ijodi davomida yaratgan katta-kichik asarlarida, romalari va qissalarida adolatni kuyladi, zulmni nohaqlikni qoraladi butun hayotini qoplagan quyuq zulmatning loqal bir chekkasini yaratishga intildi. Shundoq ekan, qanday qilib o‘sha asarlarda ifodalangan xalq dardlarini adib, minbarga olib chiqmasligi mumkin edi?