O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 53,56 Kb.
səhifə2/10
tarix31.05.2022
ölçüsü53,56 Kb.
#60167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi. T. B

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Odil Yoqubov ijodi turli aspektlarda ancha jiddiy tadqiq etilgan2. Ayniqsa, adibning portret yaratish, rivoyatlardan foydalanish mahorati, romanlardagi psixologizmlar masalalari alohida-alohida o‘rganilgan. Jumladan, A.Xolmurodovning “Odil Yoqubov romanlarida psixologizm”3 mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida uchta masala-ijtimoiy hayot va tarixiy taraqqiyot o‘rtasidagi ziddiyatlarning psixologik tahlili, inson va jamiyat munosabatlarining psixologik tahlili, zamon psixologiyasi va uning badiiy haqiqatga aylanishi muammolari adib romanlari misolida tadqiq etilgan. Bulardan tashqari A.S.Ergashev T.J.Qurbanov, Z.Rahimov, Sh.Isayevalarning tadqiqotlarida adib ijodiga oid muammolar tadqiq qilingan. Yuqorida qayd etilgan tadqiqotlarda adib ijodining o‘ziga xos jihatlari ochib berilgan. Biz mazkur kurs ishimizda adabiyotshunos olimlarning Odil Yoqubov ijodiga bag`ishlangan ilmiy ishlariga tayangan holda o‘z fikr mulohazalarimizni ilgari surdik.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishimizdan maqsad Odil Yoqubovning atoqli adib sifatida o`zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasini aniqlash, adibning romanlarini tahlil qilish orqali yozuvchi uslubi ва adibning tarix haqiqatini jonli, haqqoniy tasvirlash mahoratini ochib berishdir. Yuqorida keltirilgan maqsaddan kelib chiqib, ishda quyidagilar asosiy vazifa qilib belgilandi:
– Odil Yoqubovni atoqli o‘zbek adibi sifatida yangi o`zbek adabiyotining
rivojlanishiga qo‘shgan hissasini ko`rsatib berish;
– Adibning o‘zbek romanchiligi sohasiga qo`shgan hissasini romanlari
misolida kuzatish.
– Yozuvchi ijodida tarixiy mavzuning o‘rni, tarix haqiqatining jonli, haqqoniy gavdalantirilganligi orqali o`tmish saboqlarini yodga tushirganligini ko`rsatish.
– Odil Yoqubov hikoyalarining o‘ziga xos uslubi va obrazlar yaratishdagi
badiiy mahoratini yoritish.
Kurs ishining obyekti. Kurs ishimizning manbayi sifatida Odil Yoqubov romanlarini oldik. Kurs ishining obyekti bo‘lgan zabardast adib Odil Yoqubov asarlari adabiy hayotimizdagi an’analarni o`ziga xos badiiy tajribalar bilan boyitdi, bundan tashqari yozuvchi ijodiga mansub bo`lgan asarlari o‘zbek romanchiligi rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Ishda adib romanlarida tarix haqiqatining jonli, haqqoniy gavdalantirish orqali o`tmish saboqlarini yodga tushirganligi ochib berildi.
Kurs ishi predmeti: Odil Yoqubovning romanlarida tarixiylik va zamonaviylik bilan tanishtirish ko‘nikmalari.

Yüklə 53,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin