Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Kurs ishi jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi, natijalaridan pedagogik fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi.Ushbu kurs ishining ilmiy yangiligi quyidagilarda namoyon bo‘lgan: Odil Yoqubovning tarixiy va zamonaviy romanlari haqida yaratilgan ilmiy-tanqidiy maqolalarida atroflicha o‘rganilib, ularga o‘zimizning ham mulohazalarimizni bildirishga harakat qildik. Roman qahramonlarini o‘zidan oldingi yozilgan asarlar bilan taqqoslab, bir- biriga o‘xshash va farqli tomonlarini yoritishga urindik. Roman yozilgan davrni va asardagi obrazlar yashagan payt, u vaqtdagi ijtimoiy-siyosiy, adabiy badiiy jarayonlar haqida batafsilroq to‘xtalishga harakat qildik. Yozuvchi qalamga olgan davr siyosatining kamchiliklarini, mustamlaka tuzum oqibatlarini, millatimizga xos ijobiy va salbiy jihatlarga to‘xtalib o‘tdik. Asarning xalq og‘zaki ijodi na’munalariga o‘xshashi va bunday deyilishining sabablari nimada ekaniga to‘xtalib o‘tdik. Uni ilmiy , ham asar tahlili jarayonida asoslab berishga harakat qildik.
Asarlar syujeti haqida, syujetning qismlarga bo‘linishi, hamma ijodkorlarga xos umumiy jihatlardan qaysi biridan foydalanilganligi haqida ma’lumotlar berdik va uni ilmiy asoslashga harakat qildik. Yozuvchi ijodidagi o‘ziga xoslik, asarlardagi g‘oyaning mushtarakligi, romanlaridagi obrazlari yangiligi xususida mulohaza yuritdik.
Kurs ishining manbalari:
“Adolat manzili”
“Diyonat”
“Ko`hna dunyo”
“Ulug`bek xazinasi”
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. Odil Yoqubov romanlarida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima.