O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 53,56 Kb.
səhifə8/10
tarix31.05.2022
ölçüsü53,56 Kb.
#60167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi. T. B

2.2. “Adolat manzili” asarida Suyun Burgut obrazi.
Adolat manzili” romanining voqeasi oddiy – unda “o‘zbek ishi” deb atalgan ko‘ngilsiz hodisaning ayanchli bir ko‘rinishi haqida hikoya qilinadi: yaqindagina sovxoz direktorligiga ko‘tarilgan halol, g‘ayratli, shijoatkor, tadbirkor yigit chaquv orqali mansabdorga “pora bergan”likda ayblanib qamaladi, markazdan kelgan “desantchi”larning tahdid-u bedodliklari tufayli qamoqxonada o‘zini o‘ldiradi... Asardagi barcha gap-so‘zlar, voqealar mana shu ko‘rgulikka mubtalo bo`lgan shaxs – bosh qahramon Suyun burgut tevaragida aylanadi, yozuvchi bu mudhish hodisaga munosabatda bir talay personajlarning ma’naviy qiyofasini gavdalantiradi, o‘zining hayot, uning chigal jumboqlari xususidagi o‘y-mushohadalarini izhor etadi.
Suyun burgut obrazi – yozuvchining katta yutug‘i. Suyun Burgut barcha roman voqea-hodisalarini birlashtirib turuvchi qahramondir. Asar avvalida bu qahramonnng oilasi, otasi, sinfdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlar Marjonoy tilidan hikoya qilinadi. Burgutning bu laqabni olishi bejiz emas, u xuddi xalq og‘zaki ijodi qahramonlarini esga soladi. Asarning boshida Burgutning ertakmonand oti Duldul tasviri beriladi. Yoshlikdan ot minib, merganlikda, uloq, ko‘pkarilarda toblangan qahramonimiz ko‘z oldimizga keladi. Suyun Burgutga yana bir odat xos bo‘lib, u o‘lan aytishni ham do‘ndiradi. Burgut o‘lan aytganda hammani og‘ziga qaratadi. O‘rtoqlari bilan samimiy, barcha sinfdosh qizlar unga zimdan oshiq bo‘lib yurishadi. E’tibor bersak, bu xatti-harkatlarda o‘zbek millatiga xos barcha urf-odatlar, an’analar, tarbiya maktabining o‘rni aks etib turgani kundek ravshanlashadi.
Suyun Burgut chin vatanparvar inson, haqiqiy o‘zbek, o‘zi-o‘ziga bek bo‘lib yetishdi shu sabab hayot yo‘lida bir zum bo‘lmasin haqiqiy o‘zbekka xos tantilik, mardlik, adolat bayrog‘ini qo‘ldan bermaydi. Burgut obrazi aks etgan o‘rinlarga murojaat etish mobaynida bizning yuqoridagi fikrlarimiz o‘z isbotini topadi. Burgut Marjonoyga ko‘ngil qo‘yadi, sekin-asta bu muhabbat ikki yoshni o‘z og‘ushiga oladi. Suyun Burgut Marjonoyni olib qochadi. U ertaga nima bo‘lishini kutadigan qahramonlardan emas, oldida bo‘lishi mumkin g‘ovlarni avvaldan o‘ylaydi. Bu yigit o‘z bo‘lajak umr yo‘ldoshini begonalar yonida bo‘lishini xohlamaydi. Bu odat ham azal-azaldan ota-bobolarimizga xos o‘zgacha bir fazilatdir. Bu ish Marjonoyni also ranjitmaydi. U ham Burgutni sof muhabbatini to‘g‘ri tushunadi va otaonasidan uzr so‘rab, ishongan kishi qo‘lini tutib katta hayotga yo‘l oladi. Inson shaxs jumbog‘i, bu jumboqni yechishga intilish inson hayoti mohiyatini tavtish va tahlil qilishga intilish romanning umuman badiiy adabiyotning bosh vazifasi: XX asr davomida shakli ifoda usullari juda ko‘p o‘zgarishlarga duch kelsada, inson uzoq vaqt o‘zgarishsiz qolib keldi. Faqat asr so‘ngiga kelibgina ijodkor insonni anglash bobida yakka hokim dunyoqarash, mafkura tazyiqlaridan qutuldi. Shaxsni turli falsafiy estetik
qarashlar nuqtayi nazaridan badiiy talqin qilish imkoniga ega bo‘ldi. Nazarimda so‘nggi yillarda o‘zbek romanchiligidagi o‘sish – o‘sish esa shubhasiz, mavjud ta’min etgan eng muhim omil shu bo‘lsa ajab emas. Bir qarashda keyingi o‘n yil mobaynida yaratilgan romanlarning aksaryati, istiqlol arafasidagi mustabid tuzum davridagi hayotini badiiy tahlil etishga qaratilgan tematik, jihatda torlikday, bir xillikday taasurot qoldirishi mumkin, ehtimol. Biroq, menimcha bunda ham tabiiy, qonuniy holni ko‘rganimiz to‘g‘riroq bo‘ladi. Negaki kechagi kunimiz mana endi-endi ijodkorlarimiz uchun chinakam estetik obyektga aylanib bormoqda. Zero, ijodkor (jumladan, boshqalar ham) endigina u davr hayotidan rostmana uzilib, unga tugal bir bosqich sifatida chetdan qarash xolis va atroflicha chuqur mushohada qilish imkoniga bo‘ldi. Davrdan uzoqlashganimiz barobari, asrdan-asraga uning badiiy talqini chuqurlashib borayotgani buning yorqin dalili bo‘lgandek, hali bu mavzuning “yopilmagan”idan ham dalolatdir. Ikkinchi tamonidan, tematik jihatdan yaqin yuzaki qarganda bir-biriga o‘xshash asarlarda talqinlar turfaligi ijodkor shaxsiy nuqtai-nazarining tobora bo‘rtib borayotganini adabiyotimizning ertasidan xayrli foldir. Aytaylik, o‘sha davr ijtimoiy hayotiy jarayonlarining, absurd voqelikning shaxs tabiati, ruhiyatga tasirini o‘rgangan adiblar ijodida bir qarashda o‘xshash, aslida birbiridan jiddiy farqlanuvchi obrazlar (tiblar) yaratildi.12
Absurd. Bu so‘zning lug‘aviy ma’nosi “bema’nilik” bo‘lib shu asosiga
qurulgan insonlar obrazi, yoki bo‘lmasam voqea hodisalarga keng o‘rin
berilgan adabiy janrdir. Bugungi kunimizda bu janrning ancha murakkab
namunalari yaratilganini e’tirof etganimiz holda, “Adolat manzili” romani
shu janr dastlabki nishonalari deya ayta olamiz. Asardagi biror gunohni bo‘yniga olmagan shaxsni o‘zlari to‘qigan yolg‘on tuhmat bilan qamashlari va qilmagan ishlarini bilib turib bo‘yniga olmaguncha ruhiy qiynoqqa solishlari, hatto Suyun burgutning begunohligini bilib turib, uni yana yangi-yangi bo‘htonlarni yog‘dirish uchun xotinidan pora so‘rashi, buning be’manilikdan hech kam joyi yo‘qdek tuyuladi. Butun umrini, eng kuch-qudratga ega navqiron yigitlik chog‘larini urushda kechirib hatto 80-yillarda ham goh maktabda, goh muassalarda yoshlarnimizni Rossiyaning sodiq askari bo‘lib va’zlar aytganda ham, ko‘ragiga shoda-shoda orden, medallarni taqib hayotdagi eng muhim vazifa haqiqiy vatanparvar, yurtsevar fidoiy, jonkuyar siymo bo‘lib o‘tganidan qanchalik mamnun bo‘lsa, kuyovi aybini bilish, aybdor emasligini hech
qanday gunohsiz qamalganini aytish Burgutni ozod qilish yo‘lidagi dastlabki
harakatidan keyingi holati bu obrazning umri qanchalik besamar kechgani, bema’ni hayot kechirgani absurddan o‘zga narsa emas.
Odil Yoqubov “Adolat manzili”da bu qahramonlari orqali butun
mustamlaka tuzumining bemani ekani hech qanday inson manfaatlariga rioya
qilinmagani. Mustamlaka fuqarosining kim bo‘lishidan qat’iy nazar: xoh u
veteran bo‘ladimi, xoh oddiy bir cho‘pon buni qizig‘i yo‘q baribir shafqatsiz qullardek guvohi bo‘lamiz. Asar qahramonlari shu juhatlarni yuzaga chiqarishda o‘z his – tuyg‘ulari, xatti-harakatlari bilan faollik va o‘ziga xoslik
kasb etadi.Burgutga xos telbalarcha rashki, bitiruv kechasida to‘qigan tush
hikoyasi baxshilarga xos puxta mahorat sohibi shu bilan birga chuqur
bilimdon ekanini bilib olamiz.
Asarning asosiy voqealari, ya’ni syujeti va kompazitsiyasini ta’min
etuvchi vositalardan birinchisi asar tili; ikkinchisi hayot oqimi va obrazlar;
uchinchisi asarda o‘ziga xoslik kasb etuvchi qahramonlar nutqi, muallif
hikoyasi va to‘rtinchisi asar turi janri kabi to‘rt jihatni har bir asarga har bir
ijodkor o‘rin berishi shart. Shu jihatdan “Adolat manzili” romani ham
uchunchi jihati ya’ni o‘ziga xosligini ta’min etuvchi vosita sifatida obrazlar
tilidan aytilgan xalq og‘zaki ijodiga xos vositalar: tush voqealari, o‘lanlar,
motam qo‘shiqlari ushbu asarning o‘ziga xosligini ta’min etgan desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu sabab ham bu asarni tahlil qilgan ko‘plab
adabiyotshunos va tanqidchi asr o‘ziga xosligini xuddi shu xalq og‘zaki ijodi
yaqinligi deb baho beradi. Badiiy asar syujeti hayot haqiqatiga asosida kitobxonni o‘zigatortadigan, jozibador qilib qurulgandagina muayyan ta’sir kuchiga egsa bo‘ldi. 13
Syujet bir necha tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib. Biz yuqorida
to‘xtalgan Suyun Burgutning yoshlik bolalik tasvirlari ekspozitsiyani tashkil
etadi. Ekspozitsiy Suyun Burgutning adolat parvar obraz bo‘lib yetishining
sabablari nimda ekaniga o‘quvchini savollariga javob bo‘ladi. Bu kitobxonda
Burgutning va boshqa qahramonlarning asar davomidagi hatti-harakatlariga
asos bo‘luvchi debocha qismi hisoblanadi.
Asarning asosiy qismi – tuguni esa Suyun Burgutning xibsga olinish
voqeasidan boshlanadi. Asar deyarli shu tugun va buy o‘ldagi
qahramonlarning turli psixologik va ijtimoiy holatlari bilan kechadi.
Shu o‘rinda asosiy voqealar Burgutning savxoz raisi lavozimiga
o‘tirishi bilan boshlanadi. Ammo asarga tugun qilib olinadigan ziddiyat faqat
sanoqli obrazlar emas, balki, barcha kitobxonni dardi ijtimoiy hayot
muammosi bo‘lishi kerak. Shu sababdan 80 yillar oxirida avj oldi ” O‘zbek
ishi” deb qamalgan begunoh vatandoshlarimizdan achchiq hayotini aks
ettirish bo‘lgan asar tugunini Suyun Burgutning qamoqqa olinishi deb talqin
qilsak maqsadga muvofaq bo‘ladi. Burgutning savxoz direktorligiga ko‘tarilishi kutilmas voqea bo‘ldi, bunday deyilishini sababi nazarlarida dunyoni ushlab turgan Mansur Mesh va Najmiddinovlar ichki ziddiyatlarini bilsada xotini marjona qancha jon kuydirib bu yo‘ldan qaytarishga harakat qilsada hatto “iloyo erimning nomzodi o‘tmagay” deb xudoga tavallo qilsada avvalboshi Najmiddinov so‘ngra yaxshi-yomonni shunday ham ajrata oladigan xalq Burgutni direktorlikka ko‘taradi.
Burgut ishni to‘g‘ri boshlab ko‘p savobli ishlarni amalgam oshirdi.
Tez orada el-yurt og‘ziga tushadi. Oila a’zolari, hamqishloq, hamyurtlari faxrlanib yurishadi. Burgutdagi bu ko‘rinmayotgan qobilyatni: tashkilotchilik, uddaburonlik muammolarni tez va oson hal qilish ko‘p holarda haqiqiy boshliq, yurtdoshlari mas’ulyatini o‘z zimmasiga olgan fidoiy shaxs timsolining o‘ziga xos na’munasi bo‘la oladi. Adib har bitta boshliqning shunday xususiyatlarga ega bo‘lishini xohlaydi.
Ko‘p o‘tmay dard ustiga chipqon deganlaridek Darvesh duduqning
qo‘rasiga o‘t ketadi. Sovxoz hisobidagi oltiming qo‘y yonib kul bo‘ladi. Burgutni avvalo yongan qo‘ylar emas tasodif falokat tufayli (balki bu Mansur
Mesh singari alamzada kimsalar ishidir) qamalishi mumkin cho‘ponlar hayoti
sarosimaga soladi bu o‘rinda inson parvarlik birinchi o‘ringa qo‘yiladi.
Qo‘ylar esa bir jonivor uning qadri oldida inson o‘rni yer bilan osmoncha
farq qiladi. Burgut shu narsani aniq biladi, u hech qachon arzimagan oltiming bosh qo‘y uchun umri mehnatda o‘tib ham kosasi oqarmagan, bolalari to‘yib
yoki usti but bo‘lmay ulg‘ayayotgan bitta televizorni mo‘jizadek hang-u mang
bo‘lib tomosha qilayotgan bu insonlarni hech qachon tashlab qo‘ymaydi, qo‘ylar o‘rnini to‘ldirish uchun kerak bo‘lsa, o‘z qo‘ylarini beradi, xalqni yig‘ib ularni yordamga chaqiradi, xullas, hamqishloqlarini nochor ahvolga tushishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bir jihatdan bu voqealar kishilarga oddiy ko‘ringan bo‘lishi mumkin ammo Burgutning bu irodasi, matonati, haqiqat uchun olib borgan harakati orqali adibimiz har bir o‘zbek boshlig‘ining shunday jonkuyar masuliyatli eng asosiysi adolatparvar bo‘lishini xohlaydi. O‘zi qo‘l ostidagi jamoaga mehr qo‘yishni har bitta yoshga alohida e’tibor berishni, ularni o‘sishi, o‘qishi, ulg‘ayi va hayotda yaxshi natijalarga erishishiga o‘z hissasini faqatgina Suyun Burgutga xos fazilat emas, hamma jamiyatning faol a’zosiman degan shaxslarga xos xususiyat bo‘lishini xohlaydi. Agar kishilar o‘z oilalariga o‘ygan mehrni yurtdoshlariga ham ulasha olsa, o‘zgalar taqdirini o‘ziniki bilib yurtimiz, millatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shsa degan maqsad va g‘oya yotadi.
Shunga qaramay, hamma zamonlarda bo‘lgani singari yaxshiga kun
yo‘q, yomonga o‘lim. Burgut bir kishi qilishi kerak bo‘lgan ishni juda qisqa
muddatda amalga oshirdi. Bu esa Mansur mesh – sobiq direktorning
halovatini buzdi. Xalqimizda o‘tdan tushsa ham, egardan tushmaydi, degan
naql bor. Bu aynan Mansur mesh uchun topib aytilgan gapday jaranglaydi.
Axir endi boshliqlik kezlarida soyasiga salom beradigan va og‘zidan chiqqani
muhayyo qiladigan kimsalar ichidan chiqdi. Xalqning Burgutni qilayotgan
ishlaridan mamnunligi Mansur meshning paytavasiga qurt tushuradi. Garchi
bu adovat o‘rnini Burgutga bo‘shatganda paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, endi yana
ham alamga oladi. O‘z maqsadlariga yumaloq xatlar yozib, tuxmat yog‘dirib
erishadi.
Bu gunoh Burgut tergovning dastlabki kunlarida tushkunlikka tushadi. O‘zi yozgan o‘lan so‘zlari diqqatimizni tortadi. Bu so‘zlar Burgut qalbida qo‘zg‘algan adalatsizliklarni isyondek taassurot qoldiradi.
Agar kishilarning boshiga og‘ir kunlar tushsa, eng ,avvalo, o‘z yaqinlari, tug‘ilib o‘sgan yurti, hamqishloqlariga suyanadi, tayanadi. Burgut ham o‘z yurtiga shunday mehr qo‘yadi. Adolatsizliklar eshik qoqayotganda
shu mehnatsevar xalqi ko‘magiga ko‘z tutadi, undan madad kutadi.
Bu adolatsizliklar qanday tog‘larni larzaga solmayapti, axir, uning bag‘rida o‘sib, ulg‘aygan farzandlarining birma-bir kulfatlarga mubtalo bo‘lmoqdaki, yana begunohlar jabr ko‘rib, gunohkorlar suvdan quruq chiqmoqdaki nechun, nimaaga… bu so‘zlar tilga ko‘chganda Burgut yuragidagi norozilik adolatsizlikka qarshi isyon olovining butun tanasiga o‘t oldirganday tuyuladi. Alanga kuchaygan sari, o‘lan ham avjiga chiqadi.Bu
Marjontovga emas, butun xalqqa aytilgandek xalq tilidan aytiladi.
Bukun senga ne bo‘ldi?
Inson g‘amga botganda, ayniqsa, qahramonimiz Suyun Burgut singari
bu tashvishlar yolg‘on, uydurma gaplar bo‘lganda ruhiy dunyosi qaqshatqich
zarbaga uchraganda, yurak dengizi ko‘pirib, toshganda, qirg‘oqlarga sig‘may
quyun ko‘targanda chekkan iztirobi o‘langa ko‘chgan er-u xotinning bu
faryodi dilidan otilib chiqadiki, hech kim befarq eshitmaydigan, katta yosh
bolalar ham chumchuq kabi shoh-shohga qo‘nib, bir-birini pinjiga kirib,
sukut saqlagan holda quloq tutadilar. Bu manzara qahramonlarning ma’naviyatli diyonatli obrazlarining yana bir o‘ziga xosligidir .
Shunga qaramay, ular yashab turgan jamiyat oqni oq emas qora deb o‘z
bilganini, o‘z maqsadini hech bir mubolag‘asiz amalga oshirgan.
Burgut o‘g‘li Lochin bilan xuddi do‘stlardek muomilada bo‘ladi. Ular
bir bo‘lgandan ochiq oydin gaplashib, bahsga munozaraga kirisha oladilar.
Bu ikkovlarining suhbati jarayonida namoyon bo‘ladi.Ular ijtimoiy hayotda
sodir bo‘lgan ,bo‘layotgan nohaqliklarni haqiqiy bahosini beradilar.Lekin ota
hukumatning hazillashib bo‘lmaydigan ayovsiz va adolatsiz ekaniniaytib
bunga bas keluvchi insonni toppish amri mahol ekanini qayta-qayta ta’kidlasa-da Lochin ham ko‘p kitob o‘qigan, vatani tarixini va tarixiga aylangan kechagi kunini yaxshi biladi.Undagi yoshlarcha qiziqqonlik, kitoblardan singgan adolat tantanasiga ishonch dilidagi o‘y-fikrlari otasi aytgan gap asl haqiqat ekanini tan olgisi kelmaydi.Kitoblardan o‘rgangan haqiqat ekaniga shubha qilmaydi.
Suyun Suvonqulov Sharanovskiy, Mirjalolov Mansur mesh (o‘zlaricha
adolat va isbotlarsiz, hech qanday dalillarsiz) qamoqqa olinar ekan xatni Marjonoydan kechirim so‘raydi.
Kechir meni!- dedi o‘pkasi to‘lib-gunohkor Burgutingni kechir,xudoga
topshirdim,seni… u tomog‘i g‘ip bo‘g‘ilib, o‘zini dahlizga urdi.14
“Gunohkor” Suyun Burgut odamlar aytganidek pora bergani uchun
emas, ayolini el-u yurt oldida gapga qolishi nohaq bo‘lsada, besh qo‘l baravar emas, baribir bu tuhmat chin bo‘lib el ichida yoyilishi hamma ularga ola qarashi mumkinligidan xijolat bo‘lib kechirim so‘raydi. Lochinni tarbiyasini yolg‘iz o‘ziga topshirib ketayotganidan, kelajakda ularni juda qiyin kunlar kutishidan iztirib chekib kechirim so‘raydi. Vafodor umr yo‘ldosh, u ayolini hech qachon kimlargadir muhtoj bo‘lishini xohlamaydi, lekin ayni vaziyatda ular bu ko‘rgulikka qaqnday sababdan qanday chidaydi. Shu sabablardan kechirim so‘raydi. Aslo aybini bo‘yniga olib emas xotinini, farzandini qiyinchilik girdobiga solib ketayotganidan qattiq o‘rtanib kechirim so‘raydi. Burgut o‘zi oilasi a`zolaridan-da ko‘proq g‘amga qayg‘uga botadi, balki bunday deyishimiz noo‘rindir. Uqamoqda ligida butun o‘tmishiga nazar tashlaydi. Har qancha o‘ylamasin, o‘rtanmasin nega qamoqda yotibdi, qayerda xatoga yo‘l qo‘ydi anglab yetolmaydi.
Bu o‘sha davrda yigirma besh mingga yaqin “O‘zbek ishi” deb
qamalgan vatandoshlarimizning ko‘pini qiynagan savol bo‘lishi ular ham
ruhiy qiyinchiliklarning omonsiz yomg‘irida sel bo‘lganini bugungi kun
isbotlab turibdi.
Suyun Burgut obrazi yozuvchining, qolaversa butun o‘zbek nasrining
jiddiy yutug‘i undagi isyonkor ruh, haq gapni har qayerda har kimga
qo‘rqmasdan ayta olishi, qamoqda yotganda Sharanovskiyning savollariga
javob berishida boshqa xonaga o‘tkazishganda ham hech qachon e’tiqodini
o‘zgartirmadi. Nohaqlik soyasiga salom bermadi Sharanovskiyning gaplari
izzat nafsini qo‘zg‘atsa-da alamlarini ichiga yutdi. Aybini atrofdan emas o‘z
hayot yo‘lidan izladi. U gunohi nimada uning nima uchun bu xo‘rliklarga
chidashga majbur iztiroblar oloviga jizg‘anak bo‘lsa-da, u yashayotgan jamiyatda buni isbot qilib bo‘lmaydi. Ular to “aybdor”ni o‘z “aybi”ga iqror
qilmaguncha turli-tuman sinovlarga tashlayverishadi.
Burgut uchun keyingi bosqich bir qator xudodan qaytgan Levon,
Bo‘rsiq, Malikai ayyor qamalgan xonaga tashlaydilar. Ularni xattiharakatlaridan seziladiki, u bekorga bu xonaga kelib qolgani yo‘q, bu Burgutga aybini bo‘yniga olishi uchun yana bir sinov, ammo yoshlikdan chiniqqan qahramonimizga bu kimsalarni yer tishlatish uncha qiyinchilik tug‘durmaydi. Qamoqxonadagi to‘polondan militsionerlar Burgutni tartibga chaqirib bu qilmishidan uyaltirmoqchi bo‘lishdi. O‘zlaricha tanbeh ham berishdi.
Burgut bunga javoban shunday dedi:
Bir bo‘hton yetmovdi, ikkinchisini boshlamoqchimisiz? –bo‘g‘ilib dedi u va oyoq ostida yarqirab yotgan ikkita pichoqni ko‘rsatdi.
Avval so‘rab- surishtiring bu pichoqlar kimniki? Kim qamoqxonada
yotgan kallakesarlar qo‘liga pichoq berib qo‘ydi? Maqsadlaring nima? Bo‘htonga uchragan halol insonlarni bukolmagandan keyin ularga mana shu
iflos qimorbozlar yordamida tiz cho‘ktirishmi niyatlaring? Meni bu
kissavurlar orasiga tashlashga kim ruxsat berdi sizlarga? Insof bormi
sizlarda?
O‘g‘risi zo‘r kelsa, qozi muttaham bo‘lur dedi.
–Og‘zingdan chiqqan gaplarga qara! Uyat senga, Burgut, uyat.15
Ha yuqoridagilar qilayotgan qilmishlari bilib turubdi, bularning bari
“Burgutning tan olishi kerak bo‘lgan qilmishi uchun” uyushtirilgan sinov edi. Uni buy o‘l bilan qo‘qitib bo‘lmasligini anglab yetishdi. Shu o‘rinda militsionerni javobiga e’tibor beramiz. O‘g‘ri zo‘r kelsa, bu degani Sharanovskiy boshliq tergovchilar buyrug‘ini bajarishga majburlar,
odamlar ham adolat kim tomonida ekanini yaxshi biladilar, ammo na chora xohlasa xohlamasa ular buyrug‘ini bajarishadi. Aybli bo‘lmasada barcha nohaqliklar ular qo‘li bilan bajariladi. Shu sabab ham muttaham kishilarga aylanishadi.
Suyun Burgutni navbatda turgan sinov-oxirgisidan o‘tkazishdi. Yana tergovqilishdi endi ular o‘ylagan maqsad amalga oshay deb turibdi. O‘sha pora
bergan Najmiddinov ayovsiz azoblardan so‘ng aybini bo‘yniga olgan.
Burgutni pora berganini tan olgan edi. Axir, hayvonga bunchalar azob
bermaydilar va ularni-da bunchalar xo‘rlamaydilar sobiq kotib bu
qiynoqlarga dosh bera olmadi. Ikkita maxbus dialogiga diqqat qarataylik!
Sizga nima bo‘ldi Jamoliddin aka? Yigirma yildan beri viloyatda
dag‘dag‘a solib yurgan odam … qanday qilib bu ahvolga tushdingiz? Bu …
bu jallodlar bilan olishib, uydirma gaplarni, kurakda turmaydigan g‘irt
bo‘xtonlarni o‘z yoqalariga yopishtirish o‘rniga… olmagan porani oldim
deysiz? O‘zingiz yetmagandek meninh ham boshimga mag‘zava to‘kasiz.
Sizga nima bo‘ldi, Jamoliddin aka? Erkakmisiz yo?.. Suyun Burgut so‘zini
tugatmagan ham ediki, Najmiddinov kalovlanib o‘rnidan turdi-da mast
odamday gandiraklab borib Burgutning oyoq ostiga gurs etib yiqildi-yu ko‘z
yoshidan bo‘g‘ilib: Kechir meni, ukajon ! –deb ingradi. Ko‘rib turibsanki ahvolimni !
Xudo hech kimning boshiga solmasin men ko‘rgan azoblarni.
Ha, Mirjalolovlar ularning begunohligini yaxshi bilishadi. Ammo Burgut Najmiddinovdan farqli o‘laroq hech qachon, har qanday qiynoqlarga
solinsada o‘z nomiga dog‘ tushurtirmaydi. Burgutni bu y o‘llar bilan mag‘lub
qilolmagandan so‘ng Sharanovskiy o‘ylagan so‘nggi chorani ishga soloshadi.
U ham bo‘lsa, guvoh qilib xotini Marjonoyni chaqirishgan. Hali bunchalik tubanlikka borishlari xayoliga ham kirib chiqmagan burgutning oldida so‘nggi chora qoladi bu chora bo‘lsa, Marjonoyga hech qanday qora yuqtirmasdan, ham o‘g‘li bir umr elu-yurt oldida izza bo‘lib yurishnini oldini oladigan kishi sifatida o‘z joniga qasd qilishga ahd qiladi. U oila a’zolarini bu iflos joyga kelib, masqara bo‘lishini xohlamaydi. Razil, olchoqlar qo‘lida o‘yinchoq bo‘lishga toqat qiloldi.
Sevimli yoriga xati hech qachon undan xafa bo‘lmasligini, Lochin uni
kechirishini otasi tutayotgan yo‘l eng to‘g‘ri qaror ekanini yozadi, ularni
qog‘ozga tushiradi, eng adolatli yo‘l o‘z joniga qasd qiladi.
“Burgutning o‘limi – mardona o‘lim. U o‘z insonlik sha’nini
yuksaklikka ko‘tarib, sevikli jufti haloli nomusini saqlab qolib el-yurt
ko‘nglida yorqin iz qoldirib, odamlar yuragiga olov yoqib, beshavqat
g‘animlarni lol qoldirib bu foniy dunyodan ketdi. Burgutning dafn
marosimida marhum haqidagi odatdagi savolga “yaxshi odam edi, mard yigit
edi. Suyun Burgut!” deya hayqiradi. Bu hayqiriqdan Marjontov ham yig‘ladiyov, Marjontov ham silkindi-yov!..” – deb yozadi.16
Muallif asardagi yana ikkita shaxs – Veteran va Lochin obrazlari ustida
to‘xtab o‘tilmasa roman va uning bosh pafosi haqidagi tasavvur kemtik bo‘lib
qoladi. Odil Yoqubovning avvalgi romanlarida sho‘ro odam bo‘la turib,
inqilob ideallariga sho‘ro hokimiyatiga sodiq qolgan holda halolligi,
rostgo‘yligi, adolatparvarligi, imon-e`tiqodi, diyonati bilan davrga bot-bot
duch kelganda ham ahdidan e`tiqodidan qaytmagan. Ko‘pni ko‘rgan nuroniy
qariyalar obrazi yaratilgan edi.


XULOSA
Ushbu kurs ishimizning mavzusi “Odil Yoqubovning romanlarida tarixiylik va zamonaviylik” deb nomlandi. Ushbu kurs ishimizda Odil Yoqubovning tarixiy mavzulardagi “Ko‘hna dunyo”, “Ulug‘bek xazinasi” vs zamonaviy mavzulardagi “Diyonat” va “Adolat manzili” asarlarini tahlilga tortishga va yoritishga harakat qildik va xulosalarimiz quyidagicha:
Odil Yoqubov “Ko‘hna dunyo” romanida tarixiy haqiqatni, tarixiy shaxslar taqdirini, davr dramasi, davrning ko‘pqirrali ziddiyatlarini, o‘tmish saboqlarini yangicha, ta’sirchan ochishga, badiiy inkishof etishga muvofiq bo‘lgan.
“Ulug‘bek xazinasi” romani personajlar ruhiy holati tasviri jihatdan adabiyotimizda muhim yangilik. Yozuvchining bu sohadagi mahorati Ulug‘bek, Mavlono Muhiddin, ayniqsa Abdullatif obrazi ifodasida yorqin namoyon bo‘lgan.
“Diyonat” romanida Otaqo‘zining o‘g‘li Normurod domla tarbiyalagan yosh avlod, “Oqqushlar” da Rasul Nuriddinovning farzandlari. Umuman qaysi davrni yoki roman qamrab olgan voqea-hodisa yoshlar obraziga o‘rin beriladi.
Odil Yoqubovning avvalgi romanlarida sho‘ro odam bo‘la turib,
inqilob ideallariga sho‘ro hokimiyatiga sodiq qolgan holda halolligi,
rostgo‘yligi, adolatparvarligi, imon-e`tiqodi, diyonati bilan davrga bot-bot
duch kelganda ham ahdidan e`tiqodidan qaytmagan. Ko‘pni ko‘rgan nuroniy
qariyalar obrazi yaratilgan edi.


Yüklə 53,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin