Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə1/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)



MAVZU; Hamshiralik ishi faniga kirish. Hamshiralik ishining tarixi va rivojlanishi.
REJA;
1 Hamshiralik ishi faniga kirish.
2 Hamshiralik ishining tarixi va rivojlanishi.


Hamshiralik ishi tushunchasi, bu — birinchi navbatda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va geografik joylashuvi bilan bog‘liq mavjud sog‘liqni saqlash tizimi va uning rivojlanish darajasiga nisbatan funksional majburiyatlari aniq belgilangan hamshiralarning, tibbiyot xodimlari va jamoaning hamshiralik ishiga munosabati va inson shaxsiy dunyoqarashining yig‘indisidir. 1980- yillarda JSSTning ekspertlari «Hamshiralik ishi» tushunchasiga quyidagicha ta’rif berishgan: «Hamshiralik ishi — bu insonlar o‘rtasidagi munosabatning amaliyoti- dir, tibbiy hamshira esa, har bir bemorni individual shaxs sifatida o‘rganib, kasallik tufayli ularda yuzaga kelgan ehtiyojlarni aniqlay bilishi lozim».
Afsonaviy Florens Naytingeyl 1859- yili o‘zining mashhur «Bemorlar parvarishi to‘g‘risidagi yozuvlar» kitobida hamshiralar ishini quyidagicha ta’riflagan: «Hamshiralik ishi — bemorni qurshab turgan muhitni, uning sog‘ayishi yo‘lida qollash uchun yo‘naltirilgan harakatidir». Florens Naytingeyl o‘z fikrini davom ettirib shunday deydi: «Hamshiraning vazifasi bemorga shunday sharoit yaratib berishdan iboratki, bunda tabiat o‘zining davolovchi qudratini namoyon qilsin».
Shifokorning amaliy faoliyati, davolash ishi, barcha bilim va harakatlari ma’lum bir bemorning aniq bir kasalligini davolashga qaratilgan bo‘ladi. Hamshiralik ishi kasallikdan ko‘ra ko‘proq bemorga yoki odamlar guruhiga, ya’ni oilaga, jamoaga qaratilgan bo‘lib, insonlar, ularning oilalari, umuman aholi sog‘lig‘i bilan bogliq bo‘lgan muammo va ehtiyojlarni hal qilishga yo‘naltirilganligi bilan shifokorlik faoliyatidan farq qiladi.
O‘zbckistonda hamshiralik ishining rivojlanishi. Sobiq sho‘rolar davrida O‘zbekistonda hamshiralik ishining rivojlanishi Rossiya bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli, shu davrga xos o‘zgarishlarga nazar solishga to‘g‘ri keladi. 1918- yili Turkiston o‘lkasidagi hamma tibbiyot xodimlari (shifokorlar, feldsherlar, doyalar, tibbiyot hamshiralari va boshqalar) ro‘yxatdan o‘tkazildi. Sog‘liqni saqlash bo‘yicha markaziy va mahalliy muassasalar barpo etildi. So‘ngra Sog‘liqni saqlash tashkilotlari faoliyati va mahalliy tibbiyot xodimlarini tayyorlash ishlari yuksalib bordi. 1918- yilda Toshkentda birinchi tibbiyot bilim yurti ochildi (hozirgi Y.Oxunboboyev nomidagi tibbiyot kolleji). 1920-yili mehr-shafqat hamshiralar uyushmalari ishlari to‘xtatiladi va ularni tayyorlash sog‘liqni saqlash tashkilotlariga o‘tkaziladi. Shu bilan birga «mehr-shafqat» so‘zi ham yo‘qoladi. Shu yilda Toshkentda Orta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi ToshDMU) tashkil etildi, uning tibbiyot fakulteti keyinchalik 1931-yil Toshkent Davlat tibbiyot oliygohiga aylantirildi (hozirgi Tibbiyot Akademiyasi).
1922- yili hamshiralarni tayyorlovchi o‘rta tibbiy o‘quv yurtlarida 2 yillik o‘quv muddati belgilanadi. 1926- yildan boshlab yalpi tex- nikalashtirish siyosati o‘rnatilishiga bo‘ysunib, tibbiy maktablarga texni- kum nomi beriladi, hamshiralar esa parvarish bo‘yicha texnik nomi bilan yuritila boshlaydi. 1933- yili hamshiralarga «Shifokor yordam- chisi» nomi beriladi.
1950- yildan tibbiy maktablar «Tibbiyot bilim yurtlari» deb yuritila boshladi.
1988- yildan boshlab «Hamshiralik ishi» mutaxassisligi bo‘yicha yangi o‘quv rejasi kiritildi. Respublikada 1990- yildan boshlab «Hamshiralik ishi»ni yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Yangi turdagi o‘quv rejalari tuzilmoqda. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida hamshiralik ishi tashkilotchilari va o‘qituvchilarini tayyorlovchi oliy ma’lumotli hamshiralar fakulteti ochildi. Hozirgi vaqtda hamshiralarga mo‘ljallangan «Hamshira» jurnali chop etilmoqda. 2001- yildan boshlab yangi dastur bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan hamshiralar tayyorlashga kirishildi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, tibbiy bilim yurtlari Tibbiyot kasb- hunar kollejlari deb nomlana boshladi.
«Hamshiralik ishi»ning yetakchi mutaxassislari Xalqaro uchrashuv- larda qatnashib, bu yo‘nalishlarning rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
1988- yili «Hamshiralik ishi» mutaxassisligi bo‘yicha yangi o‘quv rejasi kiritildi. 1991- yildan boshlab hamshiralar 2, 3 yillik dastur bo‘yicha faqat hamshiralik o‘quv yurtlarida emas, balki 4 yillik dastur bo‘yicha kollejlarda ham tayyorlana boshlandi. Shu yildan boshlab, oliy ma’lumotli hamshiralar fakulteti (OMH) ochildi (o‘qituvchilar va hamshiralik ishini tashkil etuvchilar uchun).
1993- yilda hamshiralar ishini isloh qilish bo‘yicha yana bir katta qadam qo‘yildi. Sog‘liqni saqlash sohasida jumladan hamshiralik ishi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz ko‘pchilik chet ellik mutaxas- sislarni ham qiziqtirib kelmoqda. O‘zbekistonda Xalqaro kengashlar, seminarlar, ilmiy anjumanlar va Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash masalalariga oid ko‘chma yig‘ilishlari o‘tkazib kelinmoqda. O‘zbek shifokor olimlari o‘z ilmiy yutuqlari haqida chet ellik olimlar bilan fikr almashib, hamkorlik qilmoqdalar. Hamshiralar faoliyatida ham ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqga, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining Salomatlik hamma uchun strategiyasini amalga oshirish «LEMON» dasturi asosida hamshiralarni qayta tayyorlashga va hamshiralik ishini yuqori darajaga ko‘tarish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekistonda 35 mingdan ziyod olim va amaliy tibbiyot xodim- larini o‘z ichiga olgan. 35 dan ortiq ilmiy tibbiyot jamiyatlari, Respub- lika tibbiyot ilmiy kutubxonasi (1935- y.), O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muzeyi (1973- y.) faoliyat ko‘rsatmoqda. Hamshiralarga mo‘ljallangan «Hamshira» jurnali, keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan «Sihat- salomatlik» jurnali va boshqa ko‘pgina tibbiy nashrlar chop etilib, xalq salomatligini saqlash va kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tibbiyot hamshirasi va bemor huquqlari
Tibbiyot hamshirasi bemoming obro‘si va qadr-qimmatiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘ladi. Tibbiyot hamshirasi bemorga qo‘lidan kelgan hamma chora-tadbirlar vositasida ko‘mak beradi.
Bemor davo olish davrida zarur bo‘lsa davolanish muassasasini, o‘zini parvarish qilayotgan tibbiyot hamshirasini tanlashi mumkin.
Ehtiyoj tug‘ilganda bemor o‘z oila azolari, qarindoshlari, do‘stlari va diniy shaxslar tomonidan madad yordami olishga haqli.
Tibbiyot hamshirasi eng avvalo hamshiralik parvarishi talab qiluvchi bemorlar oldida javobgardir.
Tibbiyot hamshirasi bemor shaxsiga tegishli bo‘lgan axborot va ma’lumotlarni sir saqlaydi va agar uni biron kishiga bildirishi zarur bo‘lsa, u holda oqilona ish tutmog‘i lozim.
Tibbiyot hamshirasi bemorni davolash uchun qo‘llaniladigan usullarni aytib, uning roziligini oladi. Bemor o‘z navbatida unga qilinayotgan muolaja yoki davolash ishlarini rad etishi mumkin.
Tibbiyot hamshirasi bemorning kasalligi, davolanishi, kasallik tashxisi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sir saqlaydi, bemorni davolayotgan vrach sirlarini oshkor qilmaydi.
Tibbiyot hamshirasi o‘zining kasbdoshlari bilan hamshiralik ishi va boshqa sohalar bo‘yicha hamkorlikda ish olib boradi.
Tibbiyot hamshirasi bemorni himoya qiladi, agar uning sog‘lig‘iga biror xodim yoki boshqa kishi tomonidan xavf tug‘dirilsa, darhol zarur bo‘lgan choralarni ko‘radi.
Tibbiyot hamshirasi va jamiyat
Tibbiyot hamshirasi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarida ishlayot- ganida o‘z xulq-atvori bilan hamshira kasbiga atrofdagilaming hurmat bilan qarashini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shadi.
Tibbiyot hamshirasi o‘zining bilimi va burchi doirasida javobgarlikni his qilgan, vakolatni o‘ziga olgan holda ish tutadi.
Tibbiyot hamshirasi har qanday vaziyatlarda ham hamshiralik parvarishini eng yuqori mezonlar darajasida ta’minlaydi.
Tibbiyot hamshirasi shaxsiy javobgarlikni his etgan holda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilimini doimiy ravishda yangilab boradi.
Tibbiyot hamshirasi kasbiga taalluqli tashkilotlar orqali hamshiralar ijtimoiy-iqtisodiy himoyasi, ishlash sharoitini yaxshilash yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib boradi.
O‘z navbatida bemor ham sog‘liqni saqlash ishlarini yaxshilash bo‘- yicha o‘zi davolanayotgan muassasada o‘z takliflarini berishi mumkin.
V. Xenderson modelini hozirgi davrda amaliyotchi hamshiralar muvaf- faqiyatli qo‘llab kelmoqdalar.
Modelda hamshiralik jarayonining barcha bosqichlarida bemorning ishtiroki ko‘zda tutiladi. Hamshira birinchi baholashda bemor bilan 14 ta asosiy extiyojdan qay birini birinchi navbatda qondirish lozimligini aniqlashi kerak, bunda xamshira bemor mustaqil qaror qabul qila olmagan holdagina uning o‘rniga ish olib borishi mumkin.

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin