Sanalogiya — kasalliklar, shikastlanish va boshqa patologik holatlar natijasida buzilgan faoliyatni tiklash jarayonini o‘rganadi.
Valeologiya — salomatlik haqidagi ta’limot bo‘lib (atamani 1980- yil I.N.Brexman tavsiya qilgan), sog‘liqni saqlash, mustahkamlash, inson hayotini uzaytirish va mehnat qobiliyatini saqlash yo‘llarini o‘rganadi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi oliy ma’lumotli hamshira salomatlik, shaxsiy va jamiyat salomatligi to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lishi lozim.
JSST salomatlikka quyidagicha ta’rif beradi: «Salomatlik — kasallik yoki jismoniy nuqsonning yo‘qligi emas, balki insonning jismoniy, ruhiy, ijtimoiy jihatdan osoyishtalik holatidir». «Sog‘lom bo‘lish yaxshi, kasallik esa yomon» ekanligi to‘g‘risida hamma aniq tasavvurga ega. Salomatlikni baholash muammosi amaliyot uchun muhimdir.
Jamiyat jismoniy salomatligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri, bu — uzoq umr ko‘rishdir.
Tibbiyot xodimlarining vazifasi inson salomatligini saqlash yoki tiklashgina emas, balki faol uzoq umr ko‘rishiga erishishdir. Insonning sog‘lig‘i, uning subyektiv ko‘rsatkichlari, ya’ni shikoyatlarining yo‘qligi va obyektiv ko‘rsatkichlari — uning yuqori mehnat qobiliyatini saqlashi bilan belgilanadi.
Tibbiyot xodimlari salomatlikni to‘liq va sifatli baholash uchun tibbiyot amaliyotida «sog‘lom» va «deyarli sog‘lom» tushunchalarini ko‘p qo‘llaydilar. Odamni to‘liq tekshirishda biror kasallik holati yoki a’zolar tuzilishida avj oluvchi o‘zgarishlar bo‘lmasa, «deyarli sog‘lom» tushunchasi qo‘llaniladi. Shuni aytish lozimki «deyarli sog‘lom» odamlar sayyoramiz aholisining asosiy qismini tashkil qiladilar. Bular surunkali kasalliklar bilan og‘rib, sog‘ayib ketgan har xil yoshdagi odamlardir.
Kundalik hayotda va klinik amaliyotda «me’yor» iborasi ham juda ko‘p ishlatiladi. Buzilgan faoliyatning dastlabki holatiga qaytishi to‘g‘risida gap ketganda tibbiyot xodimlari «ko‘rsatkichlar me’yorlashdi» iborasini ishlatadilar.
Zamonaviy tekshirishga asoslangan moslashuv nazariyasi bo‘yicha organizmning quyidagi holatlari ajratiladi:
qoniqarli moslashuv holati;
faol taranglik holati;
qoniqarsiz moslashuv holati;
moslashuvning buzilishi.
Bu holatlar salomatlikdan kasallikka o‘tishda o‘tkinchi davr hisob- lanadi. Bu holatlarga tashxis qo‘yish uchun murakkab neyrofiziologik, biokimyoviy, gemotologik va boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi, bu tekshiruvlar maxsus laboratoriyalar va faoliyatni tashxislash xonalarida amalga oshiriladi.
«Nozologik holatlargacha» tashxis qo‘yishda subyektiv (so‘rab- surishtirish) va obyektiv ma’lumotlardan foydalaniladi. Salomatlikni ta’minlashda organizm fiziologik tuzilishining funksional imkoniyatlari juda katta. Demak, salomatlikni baholashda nafaqat tinch holatda, balki faol zo‘riqishda, ya’ni faol sinamalar o‘tkazish jarayonida ham tashxis qo‘yish lozim.
Tibbiyot hamshirasi jamiyat a’zolari salomatligini saqlashda, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda «jamiyat salomatligi» tushun- chalaridan foydalanishi zarur. «Jamiyat salomatligi»ni baholashni o‘rganishda tibbiyot xodimlari sotsial, tabiiy va biologik omillarni inobatga olishi lozim. Tibbiyot hamshirasi aholi salomatligini ta’minlash borasidagi profilaktik ishlarni olib borishda uch guruh ko‘rsatkichlardan foydalanadi:
demografik ko‘rsatkichlar;
aholining jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari;
Tibbiyot hamshirasi aholi orasida profilaktika ishlarini olib borishda ularga salomatlik mezoni va yo‘nalishini tushuntirishi lozim. Chunki butun xalq salomatligining mezoni va yo‘nalishini ishlab chiqish g‘oyat katta, qiyin va mas’uliyatli vazifadir.
Inson salomatligini ta’minlashda nafaqat tibbiyot xodimlari, balki ilm-fanning boshqa tarmoqlari, ishlab chiqarish orqali hukumat ham ishtirok etishi lozim. Qo‘yilgan maqsadga birlamchi profilaktik tadbirlar orqali erishiladi.
Maqsadga erishish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi:
Inson ongi (bolalikdan o‘z sog‘lig‘i masalasida to‘g‘ri tarbiya- lash).
Mehnat va dam olish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish.
Harakat (badan tarbiya, sport, chiniqish).
Ratsional ovqatlanish.
Aholini hamshiralik ishiga o‘qitish Hamshira bemorlarga va ularning oila a’zolariga ular sog‘lig‘iga aloqador masalalarni o‘rgatishi lozim, bu hamshiraning muhim vazifasidir. Ba’zi hollarda bu — o‘z-o‘zini parvarish qilish, biror tekshiruvga tayyorlanish, dorilarni qabul qilish (masalan, insulin yuborish texnikasi), ba’zi o‘rinda esa to‘g‘ri ovqatlanish (parhez)ning aniq ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat bo‘ladi. Hamshira shifokor kuzatib borayotgan bemorlarga yuqoridagilarni o‘rgatar ekan, ular yangicha sharoitga moslashishiga yordam beradi. Odatdagi (kundalik) harakat- larning yangi usullari (yuvinish, yurish va hokazolar)ni o‘rgatadi yoki norasmiy sharoitda, o‘zining kundalik vazifasini bajarayotganida, odamni qiziqtiradigan masalalar haqida suhbat olib boradi (masalan, OITS — infeksiyadan qanday saqlanish kerakligi haqida). Bu bilan hamshira bemorlarga sog‘lom turmush tarzi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni yetkazadi.
Hamshira ba’zi hollarda shifokor kuzatib turadigan bemorga boshqa mutaxassisdan olgan ko‘nikmalarini mustahkamlashga (masalan, davolash-badantarbiya majmuasida) yordam beradi.
Mavzu: O’zbekistonda sog’liqni saqlash va hamshiralik ta’limi tizimidagi isloxatlar.