yuqorigi buklangan oyoq tagiga yostiq qo‘yiladi (bunda pastki oyoqning boldiri, sonning pastki qismi yoziladi);
oyoq panjalariga 90° burchak ostida tayanch o‘rnatiladi.
Bu vaziyatlarning har birida bemor o‘zini qulay sezishi kerak. Bu ishni majburiy yotoq holatida bo‘lgan bemorlar uchun har ikki soatda takrorlash mumkin.
Bemor shikastlanishining oldini olish Bemor yiqilishining oldini olish — shikastlanishining oldini olish demakdir. Buning uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:
bemor nam pol ustida yurishi mumkin emas;
bemor uchun eng kerakli narsalar unga qulay joylashtiriladi;
bemor chaqirig‘iga tezda javob berish kerak bo‘ladi;
barcha gigiyena muolajalarini o‘z vaqtida o‘tkazish kerak bo‘ladi;
bemordan tez-tez xabar olish zarur bo‘ladi.
Bemor elektr tokidan shikastlanishining oldini olish uchun ishla- tiladigan asboblarning xavfsizligini ta’minlash lozim.
Dori-darmon bilan zaharlanishning oldini olish uchun dorini bemorlarga hamshiraning o‘zi tarqatishi va zaharli dorilarni qulflana- digan shkaflarda saqlashi kerak.
Bemorlar ko‘pincha nazoratsiz issiq muolajalar olganda (issiq grelka, issiq vanna) va ba’zida o‘rinda yotib chekkanda kuyishi mumkin. Buning oldini olish uchun shu fizioterapiya muolajalarining texnik xavfsizligiga rioya qilish lozim.
Bemorlarni bo‘limga olib borish ularning ahvoliga qarab quyidagi usullarda amalga oshiriladi: zambilli aravachada, zambillarda, o‘tiradigan aravachada, qo‘lda, piyoda.
Zambilli aravachada tashish. Zambilli aravachaga oqliq to‘shalgan bo‘lishi lozim. Og‘ir ahvoldagi bemorlarni uch kishi ko‘targani maq- sadga muvofiq. Ko‘tarish qulay bo‘lishi uchun zambilni karavotga nisba- tan to‘g‘ri burchak ostida, parallel taqab qo‘yish mumkin. Uchala xodimning bemor oldida bir tomonlama turgani qulay. Chunki birinchi xodim bemorning boshi, bo‘yni va ko‘kragining yuqori qismidan ushlaydi. Ikkinchi xodim beli va sonlarining yuqori qismidan, uchin- chisi esa son va boldirlaridan tutib turadi. Ko‘tarilgan bemor bilan zambil 90° ga burilib, bemor yotqiziladi va usti yopiladi. Og‘ir yotgan bemorning yuborilayotgani haqida bo‘limga xabar beriladi. Bemorni xonaga olib kelgach, zambilning bosh tomoni karavotning oyoq tomoniga yo‘naltiriladi. 3 yoki 2 xodim bemorni ko‘tarib, 90° ga o‘girilib karavotga yotqizadi.
Bemorni zinapoyadan zambilda ko‘tarilganda, boshi oldinga yo‘- naltirilgan holda olib boriladi va zambilning orqa tomoni ko‘tariladi. Bemorni olib tushilayotganda oyog‘i oldinga yo‘naltiriladi va zambilning oyoq qismi ko‘tariladi, orqa tomoni nisbatan tushiriladi. Yuqoridagi yo‘nalish orqali zambilda yotish muvozanati saqlanadi.