Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə16/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Baquvvat va sog‘lom bo‘lish uchun to‘g‘ri ovqatlanish kerak.
Mustahkam uy qurish uchun poydevor, devor, tom va pechka kerak. Sog‘lom bo‘lish uchun ovqatlanishda ham 4 ta ahamiyatli narsaga e’tibor berish kerak.

  1. Asosiy ovqatlar (poydevor) — non, guruch, kartoshka, don mahsulotlari, makaronlar.

  2. O‘stiruvchi ovqatlar (devor) — sutli ovqatlar, (sut, qatiq, qaymoq, pishloq, suzma), go‘sht, loviya, mosh, no‘xat, soya, tuxum va h.k.

  3. Himoyalovchi ovqatlar (tom) — mevalar (anor, qovun, qulupnay, anjir, o‘rik, olma), sabzavotlar (ko‘katlar, sabzi, pomidor, oshqovoq, bulg‘or qalampiri, turp, rediska, bodring, baqlajon).

  4. Quvvat beruvchi ovqatlar (pechka) — yog‘lar, shakar, asal, sariyog‘.

«Asosiy ovqatlar» mustahkam uy uchun zarur bo‘lgan poydevor kabidir.
Odatda asosiy ovqatlar arzon vitaminlar va minerallarga boy bo‘lgan yaxshi quvvat manbayidir. Asosiy ovqatlar, tana uchun kerakli bo‘lgan ko‘pgina zarur narsalarni beradi, lekin salomatlikni saqlash va tananing o‘sishiga yordam berishi uchun (ayniqsa bolalarga) yetarli emas.
Uy uchun devorlar nechog‘lik muhim bo‘lsa, odam uchun «o‘sti- ruvchi ovqatlarni», ya’ni sut, tuxum, go‘sht, baliq va boshqa quvvatli masalliqlar shunchalik muhimdir. Bu ovqatlarsiz tana sog‘lom bo‘lib o‘smaydi (muskullar, suyaklar, a’zolar).
Uyning tomi odamni yog‘in-sochindan himoya qiladi. «Himoya- lovchi ovqatlar» vitaminlarga boydir va ular ham bizning tanamizni kasal bo‘lishdan himoya qiladi. Kasal bo‘lgan paytimizda esa tana- mizning sog‘ayishi uchun zarur narsalar bilan ta’minlaydi.
Pechka qishda uyimizni isitadi, lekin tom va devorlarsiz u befoyda. «quvvat beruvchi ovqatlar» tananing ishlashi uchun quvvat bilan ta’minlaydi, lekin «o‘stiruvchi» va «quvvat beruvchi» ovqatlar yetar- licha iste’mol qilinmasa, u unchalik foydali emas.
Ovqatlanish tartibi degani kunlik ovqat miqdorini belgilangan vaqtda iste’mol qilish uchun maqsadga muvofiq ravishda taqsimlashdir. Ovqatlanish tartibini ishlab chiqishda odamning kasbi, yoshi va organizmning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor beriladi

Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin