Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Davolovchi ovqatlanish asoslari



Yüklə 283 Kb.
səhifə13/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

2 Davolovchi ovqatlanish asoslari
3 Parhez taomnoma
To‘g‘ri ovqatlanish — miqdor va sifat jihatidan to‘la qimmatli, bir me’yordagi tartibga asoslanib, sog‘lom odamlarning jinsini, yoshini, mehnat turini va boshqa omillarni hisobga olgan holda odam organizmining hayot faoliyatini, qobiliyatini, tashqi muhitning salbiy omillariga nisbatan chidamini va yuksak himoya qobiliyatini ta’minlaydi.
Biz iste’mol qiladigan ovqat tarkibi, miqdori va sifati qanday bo‘lishi kerakligi hozirgi kunda deyarli barchaga ma’lum. Oqilona ovqatlanish ko‘pgina xastaliklarning, masalan, vitaminlar yetishmasligi tufayli paydo bo‘ladigan shapko‘rlik, zangla (singa), raxit va boshqa ko‘pgina kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Afsuski, ko‘pchilik ovqatlanishning eng asosiy sharti bo‘lmish ovqatlanish tartibiga rioya qilmaydi, palapartish ovqatlanish hazm jarayonining buzilishiga, hatto bezovtalikka, qabziyatga va boshqa nohushliklarga sabab bo‘ladi.
Ba’zan odam uzoq vaqt och yurib, birdan ko‘p ovqat yesa bunda qon bosimi ko‘tarilib, bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin.
Hisoblashlarga ko‘ra, inson 70 yil umri davomida:
11 tonna non mahsuloflarini, 11—12 tonna kartoshka, 6 tonna go‘sht va baliq, 10—12 mingta tuxum va 10—14 ming litr sut, 70 pud (1 pud 16,3 kg ga teng) tuz iste’mol qilar ekan. Ovqatlanishga hayotining 6 yili ketar ekan.
Odam ovqatga bo‘lgan o‘z ehtiyojini odatda oziq-ovqat moddalari aralashmasi: oqsil, yog‘, uglevod, vitaminlar, mineral tuzlar va suvdan iborat ovqat mahsulotlari hisobiga qondiradi. Kunlik ovqat ratsioni- ning energetik qiymati va sifati tarkibi ko‘pgina hollarga odamning yoshi, bo‘yi va tana vazni, kasb-kori, fiziologik holati (masalan, homi- ladorlik, emizikli davr va boshqalar), sog‘lig‘i va iqlim sharoitlariga bog‘liq.
Oqilona ovqatlanish quyidagi shartlarga bog‘liq:

  1. ovqat ratsionining tegishli quvvatiga;

  2. ovqat ratsionining to‘la sifatliligiga (ya’ni barcha oziq-ovqat moddalarining zarur miqdorda bo‘lishiga);

  3. to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga;

  4. oziq-ovqat mahsulotlarining yaxshi saqlanishi va hazm bo‘lishiga imkon beradigan sharoitlarga (bu ovqatni pishirishga, uning hushta’m, hushbo‘yligiga, ko‘rinishiga, xilma-xilligi va tez singishiga);

  5. oziq-ovqat muhsulotlarini patogen organizmlar (mikroblar, mik- roskopik zamburug‘lar va boshqalar)dan zararlanmasligi va zaharli mod- dalar tushishidan ehtiyotlash uchun ularni ishlab chiqarishda, saqlashda va pishirishga tayyorlashda sanitariya qoidalariga amal qilishga.


  6. Yüklə 283 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin