Hamshiraning roli va vazifalari
Hamshiralik ishi mustaqil yo‘nalishga ega bo‘lib, davolash ishi bilan bir qatordan joy olishga haqlidir. Bu esa o‘z navbatida tibbiyot hamshirasining vazifalari doirasini kengaytiradi, uni shifokor bergan topshiriqlarning oddiy ijrochisi mavqeyidan juda yuqori pog‘onaga ko‘taradi.
Bugungi kun hamshirasiga quyidagi majburiyatlar yuklatilgan:
bemorlar parvarishi;
kasallikning oldini olish;
sog‘liqni saqlash;
bemorlarni oyoqqa turg‘azish va reabilitatsiya masalalari.
Hamshiraning kuchli tashkilotchi, menejer, pedagog va psixolog bo‘lishi
zamon talabidir. Zamonaviy hams
hira. mezonlariga mos kelish uchun hamshira salomatlik me’yorini va bemorlar parvarishi
asoslarini bilib qolmasdan, balki bemorlarning ruhiy holatini ham baholay bilishi zarur.
Hamshira kasallik simptomi va sindromlarini, kasallikka olib keluvchi omillarni emas, balki har bir bemor uchun alohida:
individual parvarishning kompleks dasturini ishlab chiqishi;
albatta, shifokor maslahatiga asoslanishi;
bemorga ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatishni tashkillash- tirishni rejalashtirishi lozim.
Bugungi kunda hamshiralik ishining asosiy maqsadlari:
aholiga va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlariga hamshiralik ishining hozirgi davrda dolzarbligi va ustuvor yo‘nalishga ega ekanligini tushuntirish;
hamshiraning professional majburiyatlarini kengaytirish yo‘li bilan uning imkoniyatlarini o‘stirish va undan unumli foydalanish, aholining hamshira xizmatiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish;
yuqori saviyali tibbiyot hamshiralarini, hamshiralik ishi menejerlarini hamda o‘rta va oliy ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash uchun o‘quv jarayonini ta’minlash va o‘tkazish;
tibbiyot hamshiralarida o‘ziga xos fikr yuritishni shakllantirish.
Hamshiralik ishining vazifalari esa:
xodimlar bilan ishlash bo‘yicha boshqaruv va tashkilotchilik ishlarini kengaytirish va rivojlantirish;
aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida sog‘liqni saqlash va boshqa tashkilotlar faoliyatini uyg‘unlashtirish;
tibbiyot xodimlarining malaka va kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha ishlar olib borish;
hamshiralik ishi bo‘yicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va amalda tatbiq etish;
hamshiralik ishi bo‘yicha maslahat ishlarini amalga oshirish;
hamshiralarni zamonaviy tibbiy axborot bilan taAminlash;
profilaktika, sanitariya-targ‘ibot ishlarini olib borish;
hamshiralik ishi sohasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish;
hamshiralik ishini yaxshilash bo‘yicha sifat mezonlarini ishlab chiqish va uni amalda qo‘llash va boshqalardan iborat.