Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə51/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Autopsiya (yunon. autos — men va opsis — ko‘rish demakdir) — murdani yorib, o‘lim sabablarini aniqlash yoki a’zo va to‘qimalarni transplantatsiya (ko‘chirish) maqsadida olish tushuniladi.
Inson miyasining o‘limi — yurak faoliyati saqlanib turib, bosh miya barcha faoliyatlarining izdan chiqishi tushuniladi va bu «koma» deb atalib, hozirgi kunda jahon tib adabiyotida «miyaning o‘limi» atamasi bilan tasdiqlangan. Yuz yillar davomida o‘lim belgisi yurak va nafas faoliyati to‘xtagandan so‘ng qayd qilingan. 60-70-yillarda ko‘p davlatlarda miyaning o‘lim holatini — insonning o‘limi deb hisobladilar. Bunday qarashlar oldin shifokorlar orasida tarqalib, so‘ng ularga boshqa jamoatchilik guruhlari qo‘shildi. Lekin bugungi kungacha «miya o‘limi» masalasi jamoatchilik orasida turli fikrlarga ega.
Evtanaziya (yunon. eu — yaxshi va thonatos — o‘lim) — yengil, azobsiz, yaxshi o‘lim ma’nosini anglatadi. Zamonaviy tibbiyotda bu atamaning to‘liq ifodasi — tuzatib bo‘lmaydigan bemorni azoblardan xalos etish maqsadida o‘zi bilgan va tushungan holda hayotdan ko‘z yumdirishdir. Keyingi yillarda tibbiyotda erishilgan yutuqlar tufayli bemor o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan deontologik muammolarga katta e’tibor berila boshlandi.
F. Benon fikricha: «Shifokorning burchi faqat bemor sog‘lig‘ini tiklabgina qolmasdan, balki shu kasallik natijasida paydo bo‘ladigan azob-uqubatlarni, og‘riqni yengillashtirish va davosiz kasallikda bemorning o‘limini yengil, tinch va azobsiz kechishiga yordam berishdan iboratdir». Evtanaziya faol va sust usulda amalga oshirilishi mumkin. Faol evtanaziya biror harakat natijasida amalga oshirilsa, sust evtanaziya bu harakatni bajarishdan bosh tortishdir. Sust evtanaziya bu og‘ir bemorni davolashni to‘xtatish orqali uning o‘limini tezlatishdir. Masalan, sun’iy nafas berishni to‘xtatib qo‘yish. Faol evtanaziya ahvoli og‘ir, uzoq muddat surunkali kasallik, ya’ni xavfli o‘sma kasalligi bilan og‘rib kelayotgan bemorlar, tug‘ma majruhlar, markaziy nerv sistemasi shikastlanganlar o‘limini ma’lum bir vositalar orqali tezlatishdir. Bundan tashqari, ixtiyoriy va ixtiyorsiz evtanaziya farqlanadi. Ixtiyoriy evtanaziya

  • «xabardor qilish» asosida bo‘lsa, ixtiyorsiz evtanaziya, masalan, og‘ir nuqsonlar bilan tug‘ilgan chaqaloqqa bo‘lgan munosabat asosida amalga oshiriladi,

Bugungi kunda evtanaziya haqida turli qarama-qarshi fikrlar mav­jud. Evtanaziya tarafdorlari bu so‘zni - «yoqimli, yengil o‘lim» deb baholasalar, bunga qarshi bo‘lgan davlatlar tibbiyotdagi Gippokrat qasamyodiga to‘g‘ri kelmaydigan qotillik sifatida izohlaydilar. Bundan tashqari, evtanaziyani shifokor yoki hamshira o‘tkazishga ma’nan tayyormi va haqlimi? Transplantatsiya maqsadida evtanaziyadan foy- dalanmaslikka kim kafolat bera oladi? Hozirda faqat Gollandiya dunyo bo‘yicha «Evtanaziya»ni mamlakat miqyosida rasman qonunlashtirgan davlat hisoblanadi. Bu juda qaltis va nozik muammo bo‘lib, shifokor deontologiyasi nuqtayi nazaridan, boshqa davlatlarning tajribasini, tibbiyot an’analarini bemorlar va ularning qarindosh-urug‘lari, yaqin- lari munosabatini, psixologiyasini, jamoatchilik fikrini o‘rganishni ta- qozo etadi. Hozirgi kunda ko‘p davlatlarda bu usulni nisbatan xohlovchilar kam emas, lekin dunyo miqyosida uni inkor etuvchilar soni ko‘proq.
7.2. Hamshiralik ishida uchraydigan etika muammolari va ularni hal etish yo‘llari
Bemorning kasalligini sezishi, o‘z salomatligidagi o‘zgarishlarni farqlay bilishi va ko‘z oldiga keltirishi, xastalik sabablarini anglab ye- tishi, davolash-diagnostika muolajalariga yondoshishi - umumlashgan holda kasallikning ichki mohiyati haqidagi tushunchalar deb qaraladi

Ana shu tushunchaga ega yoki ega emasligini hisobga olgan holda bemorlar ikki toifaga bo‘linadi:

  1. Ijobiy qarashga ega bo‘lgan kishilar yoki kasallik ichki mohiyatini tushunadigan, shu bilan birga o‘z salomatligiga to‘g‘ri (adekvat) munosabatda bo‘luvchi bemorlar.

  2. Salbiy qarashga ega bo‘lgan kishilar yoki kasallik ichki mohiyatini tushunmaydigan, shu bilan birga salomatligiga va kasalligiga noto‘g‘ri (noadekvat) munosabatda bo‘luvchi bemorlar.

Birinchi toifadagi bemorlar bilan tibbiyot hamshirasining ish yuritishi ancha oson kechadi. Ular buyurilgan hamma vazifalar, ko‘rsatmalar va maslahatlarni to‘la-to‘kis bajaradilar va bu bilan davolash-diagnostika ishiga yordam beradilar.

Ikkinchi toifadagi kishilar esa tibbiyot hamshirasi faoliyatida muayyan qiyinchiliklar tug‘dirib, davolash-diagnostika jarayoniga zarar yetkazadilar. Bunday bemorlarning quyidagi xillari mavjud:


  1. Yüklə 283 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin