REJA
1. Sanoatda kooperatsiya tushunchasi va uning shakllari
4 Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
3.Sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish
2. Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi va uni kuchaytirishda kichik Biznes imkoniyatlaridan foydalanish;
Kooperatsiya-bu ma’lum mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmat bajarishni birgalikda olib borish bo‘yicha tarmoqlar va ular korxonalarining davomli ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biri. Kooperatsiyada mahsulot etkazib berish tartibi ishlab chiqarish jarayonida buyurtmachining ma’lum ishlab chiqarish-texnikaviy topshiriqni bajarishini hisobga olishini talab etadi. Kooperatsiya xom ashyo, yoqilg‘i va standartashtirilgan yarimfabrikatlar hamda buyurtmalarni etkazib berish bosqichlarini qamragan holda moddiy- texnika ta’minotidan farqlanadi.
Sanoatning rivojlanish davrlarida ishlab chiqarishni kooperatsiyaning bir qancha samarali shakllari vujudga keldi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: - buyumli (agregatli) kooperatsiya; - texnologik kooperatsiya; - tarmoqlararo kooperatsiya - iqtisodiy rayonlararo kooperatsiya.
Buyumli (agregatli) kooperaratsiya: - bu mashina va asbob - uskunalar ishlab chiqaruvchi bosh korxonaga turli butlovchi buyum va detallarni etkazib beruvchi korxonalarning faoliyatidan iborat. Masalan, detallar bo‘yicha kooperatsiya usulida ixtisoslashgan korxonalar bosh korxonaga sharikopods hipniklar, porshenlar, turli uzellar va asbob-uskunalarning qismlarini etkazib berishlari mumkin.
Texnologik kooperatsiya-
bu bir va bir necha korxonalar o‘rtasida alohida jarayonlarlarni bajarish bo‘yicha hamkorlikdir. Ishlab chiqarishning qaysi tarmoqqa taalluqliligi nuqtai nazaridan tarmoq va tarmoqlararo ishlab chiqarish kooperatsiyasi vujudga keladi.