Fakulteti 60410500 – “Bank ishi va auditi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi



Yüklə 168,31 Kb.
tarix08.09.2023
ölçüsü168,31 Kb.
#142058
hisobot


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BANK ISHI FAKULTETI





60410500 – “Bank ishi va auditi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
2-kurs BIA- 91 guruh talabasi
Alimov Oybekning


MALAKAVIY AMALIYOT
HISOBOTI

Toshkent-2023
Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki
Reja:

  1. “Mikrokreditbank” A haqida ma’lumot

  2. Bank asosiy moliyaviy ko’rsatgichlari

  3. Bankning zamonaviy chakana xizmatlari

  4. Bankning mobil ilovalari haqida malumot

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Qarori va Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida”gi 78-sonli qarori bilan tashkil etilgan.


Bank Missiyasi - Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish. Bank o‘z faoliyatini mijozlar talablarini to‘liq qondirish, zamonaviy va raqobatbardosh moliya muassasasiga aylanish, xalqaro kapital bozoridagi ishtirokini kengaytirishni o‘z oldiga maqsad deb qo‘ygan.
Bankni rivojlantirish strategiyasining asosiy ustuvor yo‘nalishlari:

  • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi va sharoitlarini rivojlantirish;

  • Korporativ boshqaruvni takomillashtirish;

  • Moliyaviy boshqaruvni rivojlantirish;

  • HR funksiyalarini rivojlantirish;

  • Biznes-jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish;

  • Sotuv tarmoqlari va bank mahsulotlarini rivojlantirish.

Hozirgi kunda bank «BB-» darajasidagi «Fitch Ratings Ltd.» tashkilotining reytingiga ega. Reyting bahosi - «Barqaror» boʼlib, u aktivlar sifatining qoniqarli darajada ekanligini, daromadning yaxshiligini, likvidlilik va kapital yetarlilik darajasining talablarga mos ekanligini oʼzida aks ettiradi. 2021-yil iyul oyida “Ahbor-Reyting” reyting agentligi bankning “uzA” milliy shkalasi bo‘yicha individual kredit reytingini “barqaror” prognoz bilan tasdiqladi. Bank hamkorlari: Jahon banki, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi, Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha islom korporatsiyasi (ICD), Germaniya jamg‘arma banki fondi, Yevropa Investitsiya Banki, Fransiya taraqqiyot agentligi, «Xalqaro moliya klubi» ATB, Qayta qurish kredit institute, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi, Bunge S.A. «Oltin bank» AJ, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Invest International capital B.V. Incofin CVSO, Osiyo taraqqiyot banki, Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA)
Yüklə 168,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin